Darsning borishi: I. Qisqagina suhbat. Arining turli joylarda uchib yurishi, uning
qanotlari nozik boʻlishi, kabutarning tadbirkorligi, bir-biriga yaxshilik
qilish, yaxshilikka-yaxshilik qaytishi haqida qisqacha soʻzlanadi.
II. Oʻqituvchi matnni ifodali oʻqiydi va savollar asosida tahlil qiladi. “Hikoyaning uchinchi qismidagi “ ... falokatdan qutildi” iborasi
qanday ma’noni anglatadi? Oʻylab koʻring-chi? “Ari suvda oqib
ketmadi” ma’nosini bildiradi. Kabutar Arining suvdan chiqishi uchun
nima qildi? (Bu savol kabutarning arini qutqarish uchun qilgan ishini
gapirishni talab qiladi.)
Kabutar bir choʻpni suvga tashladi. Ari choʻpni kema qilib falokatdan qutildi”. III. Ari soʻzini takrorlamaslik uchun oʻqituvchi quyidagilarni soʻraydi: “Matnda ishtirok etuvchilarni ayting (ari, kabutar, bola). Hamma oʻrinlarda ari soʻzi ishlatilganmi? (Yoʻq.) Oʻylab koʻring-chi,
hikoyaning qaysi qismida
ari yoki
ari oʻrnida
u soʻzini ishlatish ma’qul.
Shuningdek, matnda
kabutar soʻzini doimo ishlatish kerakmi yoki
matnning qaysi qismida
u soʻzini ishlatish oʻrinli boʻladi.
Bola soʻzi
hamma oʻrinlarda ishlatilganm?
(Ha, ishlatilgan.) ”
Shundan keyin oʻqituvchi matnni qismlar boʻyicha ifodali oʻqiydi.
Oʻquvchilar esa qismlararo qaysi soʻzlar ishlatilganini koʻrsatadilar.
Oʻqituvchi koʻrsatilgan soʻzlarni reja qismlariga moslaydi va
savolning qatoriga yozib, tik chiziq bilan ajratadi.
Birinchi qism oʻqiladi.
Ari soʻzi ajratiladi. Bu qismda hikoyaning
boshlanishi va arining qayerda uchib yurganligi, hikoya qahramonining
nomini koʻrsatish lozimligi aytiladi. Ikkinchi qism oʻqiladi va bu
qismdagi voqea ariga tegishli boʻlganligi uchun
ari soʻzi oʻrnida
u soʻzi
qoʻllanganligi aytiladi. Uchinchi qismda
kabutar haqida gapirilgan.
Shuning uchun kabutar soʻzi ishlatilganligini aytadilar. Toʻrtinchi
qismda
ari haqida gap boradi. Bunda
ari soʻzining berilishi toʻgʻriligi
uqtiriladi.
Beshinchi qism oʻqiladi. Bu qismdagi voqea
bolaga tegishli.
87 Oltinchi, yettinchi qismlar ham oʻqiladi.
Ari, bola soʻzlarining
berilishi toʻgʻri ekanligi aytiladi.
Sakkizinchi qism oʻqiladi. Bunda kabutar soʻzi berilgan. Bu
oʻrinda shu nom mos kelgan. Chunki gap kabutar haqida boradi.