Buxoro davlat universiteti qodirova saodat abduraximovna



Yüklə 44,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/115
tarix20.11.2023
ölçüsü44,74 Kb.
#161849
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   115
12686 2 B75AA9F34EE58F3B5753CA8B6D3DACA248374806

MATN 
BO`LAKLARINING 
TO
ʻ
LIQ 
MAZMUNINI 
QAMRAB 
OLMAGAN HOLDA 
SAVOLLARGA 
JAVOB YOZISH 

Bayon ustida ishlash metodikasi
3-sinf


85 
Bu ish usuli ikkinchi sinfda ham qoʻllanilgan. Bunday matnlar mumkin 
qadar yozuv taxtasi, monitor yoki qogʻozda berilishi lozim. 
Matnning rejasi qismlar va uning mazmuniga muvofiq boʻlishini 
oʻquvchi doim oʻz diqqat-markazida tutishi zarur. Boshqacharoq 
aytganda, u reja bandiga javob nechta gapdan iborat, qaysi xat boshi 
yoki qaysi gap rejada aniq ifodalanmagan, nima uchun ifodalanmagan, 
yozuv taxtasidagi gaplardan foydalanish lozimligi ustida bosh qotiradi. 
Dastlabki bayonlarga tayyorgarlik koʻrishda oʻquvchilarni matnni 
qismlarga boʻlib gapirtirishga koʻproq e’tibor berish kerak va reja 
savollariga sodda gaplar bilan toʻgʻri javob olishga erishish lozim. Shu 
bilan birga, bayonga puxta imloviy tayyorgarlik koʻriladi. Bu bayon 
darsning oʻzida va oldingi ona tili darslarida xuddi ikkinchi sinfdagidek 
olib boriladi. 
Asta-sekin atov va ikki tarkibli gaplar, shuningdek, umumiy 
xarakterdagi soʻroq gaplardan iborat rejalar beriladi. Bu hol 
oʻquvchilarga doimo qulaylik tugʻdirmaydi. Chunki reja bandlarining 
(yuqoridagidek) ifodalanishi butun xat boshini (qismni) kengaytirib 
bayon qilishni talab qiladi. Bunday reja boʻyicha ishlash oʻquvchilarga 
qulay boʻlishi uchun bayonning biror qismini birgalashib puxta tahrir 
qilish taqozo etiladi. Reja bandidagi savollarga bir nechta gap javob 
boʻlishi mumkin. Bunda bayon mazmunini oʻquvchi ongiga toʻliq 
yetkazish maqsadida quyidagicha yordam beriladi. Ushbu parcha 
(javob boʻlgan gaplar) oldindan yozuv taxtasiga yoziladi. Oʻquvchilar 
parchani ichda oʻqiydilar, soʻng hikoya qiladilar. 
Rejaning bu qismida yana boshqacha ish turini qoʻllash mumkin. 
Berilgan qismga toʻliq javob olishda oʻquvchilarga yordamchi savollar 
beriladi. Soʻng yozuv taxtasiga yozilgan matn bilan oʻquvchilarning 
hikoyasi taqqoslanadi. Berilgan parchani toʻliq bayon qilishda 
oʻquvchilarga shu tarzda yoʻllanma berib boriladi. 
Matnning bir-ikki qismi ustida xuddi shunday mashgʻulot olib 
borish natijasida oʻquvchilar, birinchidan, oʻqituvchining oʻqigan 
hikoyasini diqqat bilan tinglashga, ikkinchidan, reja sarlavhalarini 
puxta oʻylashga va bayon matnini toʻliq qayta hikoyalashga oʻrgatiladi. 
Birinchi yarim yilda toʻliq qayta hikoyalashga oʻrgatish uchun 
M.Umarova, М.Nabiyevalarning boshlangʻich sinf oʻqituvchilari va 
oʻquvchilari uchun tayyorlangan “Bayonlar toʻplami”dan “Yaxshilik 
yerda qolmas” matni yuzasidan tayyorgarlik koʻrish darsini 
namuna sifatida koʻrsatamiz. 


86 
Bayonga tayyorgarlik koʻrishda sinfdan tashqari oʻqish dasrlarida 
yaxshilik qilish, bir-biriga yordam berish haqida suhbat oʻtkazish 
ma’qul. Ona tili darslarida joʻnalish va chiqish kelishiklari 
qoʻshimchalarining yozilish qoidasi eslatiladi. 
Holatga, falokatdan, 
tuzoqqa 
soʻzlari mashq qilinadi. 

Yüklə 44,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin