84
3-sinfda yoziladigan hamma bayonlarni, asosan, ikki turga boʻlish
mumkin. Birinchi turi oʻqituvchi
tavsiya qilgan tayyor reja,
ikkinchi
turi esa oʻqituvchi rahbarligida oʻquvchilar bilan hamkorlikda tuzilgan
reja asosida yoziladi.
Ikki turda bayon yozishga oʻrgatish ishlari butun oʻquv yili
davomida olib boriladi.
Oʻqituvchi oʻquvchilarga tayyor reja asosida bayon matnlari ustida
ishlash va bayon rejasini tuzishga oʻrgatishni oʻz
tizimiga kiritadi
hamda matn hajmining katta-kichikligiga qarab ularni joylashtiradi.
Bayonga oid boʻlgan topshiriqlarni murakkablashtirib boradi.
Tayyor
reja asosida bayon yozish butun oʻquv yilida davom etadi.
Oʻqituvchi taqvim reja tuzishdan oldin matnlarni tanlaydi.
Matndagi soʻzlar, gaplar oʻrganilayotgan qaysi mavzuga koʻproq mos
ekanligini ham aniqlaydi. Shundan kelib
chiqib matnlarni taqvim -
mavzu rejasiga joylashtirish kerak.
Oʻqituvchi 3-sinf oʻquvchilarini bayon yozishga oʻrgatar ekan,
dastur va matnlarning mazmuni orasidagi bogʻlanishlarni
nazarda
tutadi. Ishni yengillashtirish maqsadida matndagi imlo qoidalariga oid
soʻzlar beriladi.
Oʻquvchilarning tayyor reja asosida yozadigan bayon matnlarining
hajmi 60-80 soʻzdan tuzilishi moʻljallanadi.
Ishning bunday turi
oʻquvchilarni toʻrtinchi sinfda oʻtkaziladigan
matn mazmunini
qisqartirib yozishga tayyorlaydi.
Tayyor reja asosida bayon yozishda rejaning har bir qismiga javob
bir yoki ikki gapdan iborat boʻlishi kerak.
Shu bilan birga reja
sarlavhasi koʻproq soʻroq gap shaklida boʻlsa maqsadga muvofiqdir.
• Bu mashqlar uchun tanlangan matnlarning hajmi
oldingi bayon matnlariga qaraganda kengroq
bo`ladi. Savollar esa shunday yozilishi kerakki,
ularga
berilgan
javob
oʻquvchilarning
imkoniyatlariga mos boʻlsin. Bunday mashqlar
o`quvchilarning butun matnni tahlil qilishdagi
tushunchalarini
oʻstiradi.
Birgalikda
tuzilgan
javoblar oʻquvchilarning fikrlash qobiliyatlarini
tartibga soladi va gap tuzish koʻnikmalarini
mustahkamlaydi.
Dostları ilə paylaş: