Buxoro davlat universiteti qodirova saodat abduraximovna



Yüklə 44,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/115
tarix20.11.2023
ölçüsü44,74 Kb.
#161849
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   115
12686 2 B75AA9F34EE58F3B5753CA8B6D3DACA248374806

HIKOYA 
QISMLARIGA 
BIRGALIKDA 
SARLAVHA 
QO
ʻ
YIB BAYON 
YOZISH
•Bu ish turi oʻquvchilarning matn mazmunini ketma-ket bayon qilish 
borasidagi bilimlarini mustahkamlaydi. Rasm hikoya qismlarining 
mazmuniga qarab yozuv taxtasiga ketma-ket joylashtiriladi. Bolalar 
rasmni kuzatib, uning mazmuniga qarab bayon yozadilar. Bu mashqdan 
maqsad, oʻquvchilarni hikoya qismlari orasidagi bogʻlanishni bilishga va 
hikoyaning mazmunini chuqur anglab olishga oʻrgatishdan iborat
RASMLI 
REJADAN 
FOYDALANIB 
BAYON YOZISH 


84 
 
 
3-sinfda yoziladigan hamma bayonlarni, asosan, ikki turga boʻlish 
mumkin. Birinchi turi oʻqituvchi tavsiya qilgan tayyor reja, ikkinchi 
turi esa oʻqituvchi rahbarligida oʻquvchilar bilan hamkorlikda tuzilgan 
reja asosida yoziladi. 
Ikki turda bayon yozishga oʻrgatish ishlari butun oʻquv yili 
davomida olib boriladi. 
Oʻqituvchi oʻquvchilarga tayyor reja asosida bayon matnlari ustida 
ishlash va bayon rejasini tuzishga oʻrgatishni oʻz tizimiga kiritadi 
hamda matn hajmining katta-kichikligiga qarab ularni joylashtiradi. 
Bayonga oid boʻlgan topshiriqlarni murakkablashtirib boradi. Tayyor 
reja asosida bayon yozish butun oʻquv yilida davom etadi. 
Oʻqituvchi taqvim reja tuzishdan oldin matnlarni tanlaydi. 
Matndagi soʻzlar, gaplar oʻrganilayotgan qaysi mavzuga koʻproq mos 
ekanligini ham aniqlaydi. Shundan kelib chiqib matnlarni taqvim - 
mavzu rejasiga joylashtirish kerak.
Oʻqituvchi 3-sinf oʻquvchilarini bayon yozishga oʻrgatar ekan, 
dastur va matnlarning mazmuni orasidagi bogʻlanishlarni nazarda 
tutadi. Ishni yengillashtirish maqsadida matndagi imlo qoidalariga oid 
soʻzlar beriladi.
Oʻquvchilarning tayyor reja asosida yozadigan bayon matnlarining 
hajmi 60-80 soʻzdan tuzilishi moʻljallanadi. Ishning bunday turi 
oʻquvchilarni toʻrtinchi sinfda oʻtkaziladigan matn mazmunini 
qisqartirib yozishga tayyorlaydi. 
Tayyor reja asosida bayon yozishda rejaning har bir qismiga javob 
bir yoki ikki gapdan iborat boʻlishi kerak. Shu bilan birga reja 
sarlavhasi koʻproq soʻroq gap shaklida boʻlsa maqsadga muvofiqdir. 
• Bu mashqlar uchun tanlangan matnlarning hajmi
oldingi bayon matnlariga qaraganda kengroq
bo`ladi. Savollar esa shunday yozilishi kerakki,
ularga
berilgan
javob
oʻquvchilarning
imkoniyatlariga mos boʻlsin. Bunday mashqlar
o`quvchilarning butun matnni tahlil qilishdagi
tushunchalarini
oʻstiradi.
Birgalikda
tuzilgan
javoblar oʻquvchilarning fikrlash qobiliyatlarini
tartibga soladi va gap tuzish koʻnikmalarini
mustahkamlaydi.

Yüklə 44,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin