85
Bu ish usuli ikkinchi sinfda ham qoʻllanilgan. Bunday matnlar mumkin
qadar yozuv taxtasi, monitor yoki qogʻozda berilishi lozim.
Matnning rejasi qismlar va uning mazmuniga muvofiq boʻlishini
oʻquvchi doim oʻz diqqat-markazida tutishi zarur.
Boshqacharoq
aytganda, u reja bandiga javob nechta gapdan iborat, qaysi xat boshi
yoki qaysi gap rejada
aniq ifodalanmagan, nima uchun ifodalanmagan,
yozuv taxtasidagi gaplardan foydalanish lozimligi ustida bosh qotiradi.
Dastlabki bayonlarga tayyorgarlik koʻrishda oʻquvchilarni matnni
qismlarga boʻlib gapirtirishga koʻproq e’tibor berish kerak va reja
savollariga sodda gaplar bilan toʻgʻri javob olishga erishish lozim. Shu
bilan birga, bayonga puxta imloviy tayyorgarlik koʻriladi.
Bu bayon
darsning oʻzida va oldingi ona tili darslarida xuddi ikkinchi sinfdagidek
olib boriladi.
Asta-sekin atov va ikki tarkibli gaplar, shuningdek,
umumiy
xarakterdagi soʻroq gaplardan iborat rejalar beriladi. Bu hol
oʻquvchilarga doimo qulaylik tugʻdirmaydi. Chunki reja bandlarining
(yuqoridagidek) ifodalanishi butun xat boshini (qismni) kengaytirib
bayon qilishni talab qiladi. Bunday reja boʻyicha ishlash oʻquvchilarga
qulay boʻlishi uchun bayonning biror qismini birgalashib puxta tahrir
qilish taqozo etiladi. Reja bandidagi savollarga
bir nechta gap javob
boʻlishi mumkin. Bunda bayon mazmunini oʻquvchi ongiga toʻliq
yetkazish maqsadida quyidagicha yordam beriladi. Ushbu parcha
(javob boʻlgan gaplar) oldindan yozuv taxtasiga yoziladi. Oʻquvchilar
parchani ichda oʻqiydilar, soʻng hikoya qiladilar.
Rejaning bu qismida yana boshqacha ish turini qoʻllash mumkin.
Berilgan qismga toʻliq javob olishda oʻquvchilarga yordamchi savollar
beriladi. Soʻng yozuv taxtasiga yozilgan matn bilan oʻquvchilarning
hikoyasi taqqoslanadi. Berilgan parchani toʻliq
bayon qilishda
oʻquvchilarga shu tarzda yoʻllanma berib boriladi.
Matnning bir-ikki qismi ustida xuddi shunday mashgʻulot olib
borish natijasida oʻquvchilar, birinchidan, oʻqituvchining oʻqigan
hikoyasini diqqat bilan tinglashga,
ikkinchidan, reja sarlavhalarini
puxta oʻylashga va bayon matnini toʻliq qayta hikoyalashga oʻrgatiladi.
Birinchi yarim yilda toʻliq qayta hikoyalashga oʻrgatish uchun
M.Umarova, М.Nabiyevalarning boshlangʻich sinf oʻqituvchilari va
oʻquvchilari uchun tayyorlangan “Bayonlar toʻplami”dan “Yaxshilik
yerda qolmas” matni yuzasidan tayyorgarlik koʻrish
darsini
namuna sifatida koʻrsatamiz.
86
Bayonga tayyorgarlik koʻrishda sinfdan tashqari oʻqish dasrlarida
yaxshilik qilish, bir-biriga yordam berish haqida suhbat oʻtkazish
ma’qul. Ona tili darslarida joʻnalish va chiqish kelishiklari
qoʻshimchalarining yozilish qoidasi eslatiladi.
Holatga, falokatdan,
tuzoqqa
soʻzlari mashq qilinadi.
Dostları ilə paylaş: