92
Bu ishni yoʻlga qoʻyish uchun matnni tahlil qilish paytida
oʻquvchilar bulardan qayta hikoyalashda, ba’zan yozma ish vaqtida
foydalanishlari uchun yozuv taxtasiga ular oʻrnini bosa oladigan qator
soʻzlarni yozib qoʻyish kerak.
2. Almashtirish yoʻli bilan turgʻun birikmalarni tushuntirish.
Ikki boʻlak qildi, koʻp urindi, hech qanday kuch kabi matndan
olingan iboralar ustida bayon yozishdan oldin imloga oid tayyorgarlik
koʻrish zarur. Bu tayyorgarlik qisman ona tili darslarida bajariladi.
Uchinchi sinfda bayonlar muhokamasiga maxsus dars ajratmay,
navbatdagi ona tili darsida bayon matnining mazmunini yoritishda va
gaplarni tuzishda yoʻl qoʻyilgan xatolarni tu zatish ishiga 12-15 daqiqa
vaqt ajratish kifoya qiladi. Oʻquvchilarning bayonda yoʻl qoʻyadigan
xatolari ustidagi ishni shunday rejalashtirish kerak-ki, bu ona tili
darsida navbatdagi grammatik imloviy mashqlar bilan qoʻshilib ketsin.
Dostları ilə paylaş: