93
Ma’lumki, uchinchi sinfda bayon oʻqituvchi tomonidan tavsiya
qilingan tayyor reja hamda oʻqituvchi rahbarligida jamoa boʻlib
tuzilgan reja asosida oʻtkaziladi.
Toʻrtinchi sinfda esa yuqoridagi bayonning
ikki turi bilan birga,
mustaqil tuzilgan reja asosidagi bayon; qisman tasvir boʻlgan bayon;
grammatik topshiriqli bayon; matn mazmunini qisqartirishga oid bayon
va nazorat bayonlaridan foydalaniladi.
Qisman tasvir boʻlgan bayon; grammatik
topshiriqli bayon va
qisqartirilgan bayonlar alohida boʻlim qilib ajratilmaydi. Qisman tasvir
boʻlgan bayon, grammatik topshiriqli bayon uchinchi boʻlimga,
qisqartirilgan bayon esa birinchi hamda uchinchi boʻlimga kiritilgan.
Tayyor reja va jamoa boʻlib tuzilgan reja asosidagi bayon ustida
ish ikkinchi sinfda ham oʻrganilgan. Ishning bu turi toʻrtinchi sinfda
matn mazmunining chuqur tahlil qilinishi va murakkabligi bilan ajralib
turadi.
Oʻqituvchi oʻquvchilarning diqqatini koʻproq asarning hamma
tafsilotlarini kuzatib, matn qismlaridagi
voqealarni izohlab berishga
qaratadi.
Bayon ustida ishlashda
Dostları ilə paylaş: