Buxoro davlat universiteti qodirova saodat abduraximovna



Yüklə 44,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/115
tarix20.11.2023
ölçüsü44,74 Kb.
#161849
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   115
12686 2 B75AA9F34EE58F3B5753CA8B6D3DACA248374806

Erkin bayon
oʻtkazishning birinchi darsida oʻquvchilarni boshqa 
soʻzlarni 
ishlatmaslikka, 
rejadagi 
savollarga 
javob 
berishda 
shoshilmaslikka oʻrgatish kerak. Chunki bu ta’limiy xarakterdagi 
asosiy ish hisoblanadi. 
Ayrim vaqtlarda bayonga tayyorgarlik koʻrishda rasmli rejadan 
foydalanish mumkin. Rasmli reja rejaning eng oddiy shakli hisoblanadi. 
Buning uchun bolalar avval kitobda berilgan rasmlardan matn qismiga 
mosini tanlashga va uni nomlash (sarlavha qoʻyish)ga oʻrgatiladi. Bu 
ish 
oʻquvchilarning qismlar orasidagi oʻzaro bogʻlanishini 
belgilashdagi va ketma-ketlikni aniqlashdagi faolligini oshiradi. 
Oʻqituvchi toʻplamdagi matnlardan foydalanib bayon yozdirishda 
hikoyaning mazmunini keng ochib beruvchi mazmunli rasmlardan 
foydalanishi mumkin. Ammo ikkinchi sinfda tasvirli rasmlarni ishlatish 
mumkin emas. 
Tabiat manzarasi tasvirlangan rasmlar oʻquvchilarni bayon 
matnidan chalgʻitadi, imlo xatolar ustida oʻylash hamda til qoidalariga 
(adabiy til me’yorlariga) rioya qilishdagi diqqatini boʻshashtiradi. Matn 
qismlarining mazmunan oʻzaro bogʻlanishi va qismlarning ketma-ket 
joylashtirilishi oʻquvchilarning mustaqilligini oshiradi. Shunday 
hollarda matn yozuv taxtasida boʻlaklarga (qismlarga) boʻlingan holda 
beriladi: uch-toʻrt qism ketma-ketligi buzilgan holda (tartibsiz) yozuv 
taxtasiga yoziladi.
Ikkinchi sinf dasturida oʻqilgan kichik hajmdagi matn qismlariga 
oʻqituvchi rahbarligida soʻroq gap tartibida sarlavha qoʻyish nazarda 
tutiladi. Matnlarning murakkabligini hisobga olib, taxminan oyda bir 
marta shunday ish turlarini bajarish tavsiya qilinadi. 


83 
2-sinfda yozish uchun tavsiya qilingan bayon turlari 
 
 
 

Yüklə 44,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin