74
yozuv taxtasiga yoziladi yoki monitor orqali koʻrsatiladi. Bu birmuncha
qulaylik tugʻdiradi.
Sinf yozuv taxtasida ishlash, oʻquvchilarning
qoʻlyozma matnlarini oʻqish koʻnikmalarini mustahkamlaydi, texnika
vositalarining imkoniyatini koʻradi, hikoya mazmunini tushunishni
osonlashtiradi.
Oʻquvchilar aralash berilgan
gaplardan hikoya tuzishda
bogʻlanishli nutqning muhim talabini - mazmundagi ketma-ketlikni
ogʻzaki oʻzlashtiradilar. Masalan,
“A’lochilar”
matnidagi gaplar
tartibi buzilgan holda sinf yozuv taxtasiga yoziladi.
U oltinchi sinfda oʻqiydi. Barcha fanlardan a’lo baho oladi.
Ra’noning Tal’at degan akasi bor. Singlisi Ra’no ham a’lochi, odobli
qiz. Tal’at – aqlli, odobli bola.
Darsning borishi:
I.
Oʻqituvchi oʻquvchilarga a’lochi, odobli bola qanday boʻlishi
kerakligi haqidagi tushunchalarni qisqacha eslatadi. A’lochi, odobli,
tartibli bolalar tasvirlangan rasmlarni koʻrsatadi.
II.
Oʻqituvchi yozuv taxtasidagi matnni oʻqiydi va tahlil qiladi.
Hikoyada kimlar haqida gap boradi?
(Ra’no va Tal’at
haqida gap
boradi.)
Kim 6-sinfda oʻqiydi?
(Tal’at oltinchi sinfda oʻqiydi.)
III.
Hikoya tuzish uchun tayyorgarlik.
Oʻqituvchi oʻquvchilarga aralash berilgan gaplardan hikoya
tuzishni aytib, yozuv taxtasidagi matnda nechta gap borligini aniqlashni
uqtiradi va hikoyani oʻqiydi, soʻngra quyidagi savollarga javob oladi:
“Hikoyada nechta gap bor? Hikoyada beshta gap borligini qanday
bildingiz? Gaplarning oʻrnini almashtirish mumkin ekanmi? Nega
oʻrnini almashtirish mumkin emas?”
Xulosa:
Hikoyaning oʻziga xos tartibi boʻlib, uni buzib boʻlmaydi. Tartib
buzilsa, hikoyaning mazmuni chiqmaydi.
I.
Hikoyacha tuzish:
Oʻquvchilar yozuv taxtasidagi gaplarni oʻqiydilar.
Ularning
joylashishida tartib yoʻqligini aniqlaydilar. Shundan keyin oʻqituvchi
quyidagi savollarga javob beradi:
Hikoya hosil boʻlishi uchun nima
qilish kerak?
(Hikoya hosil boʻlishi uchun gaplarni oʻrniga qoʻyib
oʻqish kerak.)
Hikoyani qaysi gapdan boshlash kerak?
(“Ra’noning
Tal’at degan akasi bor” gapidan.)
Undan keyin-chi?
(U oltinchi sinfda
oʻqiydi.)
Hikoya qaysi gap bilan tugadi?
“Singlisi Ra’no ham a’lochi,
odobli qiz” gapi bilan.
75
Agar oʻquvchilar savollarga javob tanlashda qiynalsalar,
oʻqituvchi yordam beradi. Oʻquvchilar tanlagan gaplarni oʻqiydilar
(ichlarida va birgalikda xor boʻlib).
Oʻqituvchi har bir savolga berilgan javobni yozuv taxtasiga yozib
borishi lozim. Chunki oʻquvchilar bogʻlanishli matn tuzishni (gaplarni
ketma-ket joylashtirishni) oʻz koʻzlari bilan koʻradilar.
II.
Ishni xulosalash:
Oʻqituvchi oʻquvchilardan:
“Biz aralash berilgan gaplardan nima
tuzdik?
(Biz aralash berilgan gaplardan hikoya tuzdik.)
Biz buni qanday
bajardik?
(Gaplarning mazmuniga qarab tartib bilan joylashtirdik.)
Bu
hikoyaga qanday sarlavha qoʻyish mumkin? “A’lochilar” deb sarlavha
qoʻyilishi toʻgʻrimi?”
deb soʻraydi.
Oʻquvchilar mashqning maqsadini ogʻzaki tushunib oladilar.
Hikoyalashda mazmunning bogʻlanishiga,
ketma-ket kelishiga
ahamiyat berishni oʻrganadilar.
Oʻqituvchi
tayyorgalik
jarayonida
tartibsiz
matnlardan
foydalanishi yaxshi samara beradi. Bunday mashqlar ikki ta’limiy
maqsadni nazarda tutadi: birinchidan, bolalar matnni hikoyalashda
mazmunning ketma-ket bogʻlanishi
haqidagi tushunchaga ega
boʻladilar va nutqlarida izchillikka ahamiyat berishga odatlanadilar.
Ikkinchidan, bunday mashqlar oʻquvchilarni ma’lum fikrni aniq va
sodda qilib ifodalaydigan gaplar tuzish malakasini hosil qilishga
oʻrgatadi.
Ikkinchi sinf ona tili dasturida oʻquvchilarni oʻqituvchi
rahbarligida hajmi uncha katta boʻlmagan (40-50 soʻzli) matnlardan
savollar yordamida bayon yozishga oʻrgatish tavsiya etiladi.
Oʻqituvchining oldida ikkinchi sinf oʻquvchilarini berilgan tayyor
reja asosida bayon yozishga oʻrgatish vazifasi turadi. Oʻquvchilar
yozuv taxtasiga yozilgan savollarni toʻgʻri oʻqishi va ularning
ma’nosini tushunishi, rejadagi
savolga aniq javob berishi, qayta
hikoyalashda va yozma bayonda oʻzining javoblarini rejadagi savollar
tartibida berishi lozim.
Yozma nutq malakalarini mustahkamlash uchun oʻquvchilarni
bayonda oʻzlari yoza oladigan soʻzlardan foydalanishga oʻrgatish
lozim.
•
Dostları ilə paylaş: