72
qisqartib qayta hikoyalashga, undan soʻng matn mazmunini toʻliq qayta
hikoya qilishga oʻrgatilishi ham mumkin.
Qayta hikoyalash bogʻlanishli nutqni oʻstirishning
zaruriy
bosqichidir. Boshlangʻich sinflarda matn mazmunini qisqartirib bayon
yozishni 3-sinfda oʻrgatish koʻzda tutiladi. Qisqartirib bayon yozishga
tayyorgarlik matn qismlariga sarlavha topish,
matn rejasini jamoa
boʻlib tuzish bilan bogʻliq holda 2-sinfdan boshlanadi.
Qisqartirib bayon yozish uchun oʻqituvchi yoki oʻquvchilarning
oʻzlari matnni bir-ikki marta oʻqiydilar, soʻng matn mazmuni yuzasidan
suhbat oʻtkaziladi va yoziladigan asosiy fikr hamda tushirib
qoldiriladigan oʻrinlar ajratiladi. Qisqartirib bayon yozishga ogʻzaki
tayyorgarlik jarayonida matn rejasi tuziladi, lugʻat ustida ishlanadi, gap
va matnning ayrim qismlari tuzdiriladi. Ogʻzaki
qisqa qayta
hikoyalashdan matnni qisqartib bayon yozishga oʻtiladi. Qisqartib
bayon yozishga ogʻzaki tayyorgarlik
mashqlari asta kamaytirib
boriladi.
Metodikada ijodiy qayta hikoyalashning bir necha turi ajratiladi.
Boshlangʻich sinflarda ijodiy qayta hikoyalashning quyidagi turlaridan
foydalaniladi:
1. Shaxsni oʻzgartirib qayta hikoyalash va bayon.
Boshlangʻich
sinflarda I shaxs tilidan berilgan hikoyani III shaxs tilidan qayta hikoya
qilishdan koʻproq foydalaniladi, ijodiy qayta hikoyalashning bu turida
oʻquvchilar hikoyadagi gaplarni qayta tuzadilar. Masalan,
I shaxs
tilidan berilgan matnni oʻquvchilar shaxs tilidan qayta hikoya qilishlari
uchun oʻqituvchi rahbarligida gapning kesimini oʻzgartiradilar, unga
mos ravishda gapning oʻzini qayta tuzadilar; hikoya qiluvchi shaxsning
nomini va u yoki ular soʻzini ishlatadilar. Shaxsini oʻzgartirib qayta
hikoyalash va bayon yozish oʻqish darslarida
olib borilgan bunday
ogʻzaki tayyorgarlikning davomi sifatida oʻtkaziladi.
Dostları ilə paylaş: