70
asosida hikoya qilish ham yordam beradi. Bunda tanlab hikoya qilish
(hikoya qilishning oʻzaro uzviy bogʻlangan boshqa turlari ham)
yordamchi vazifani bajaradi. Tilda kambagʻallikka yoʻl qoʻymaslik
uchun lugʻat, tasviriy vositalar va gap ustida izchil ishlab borish talab
etiladi. Toʻliq yoki matnga yaqin bayon yozish savod oʻrgatish
davridanoq boshlanadi va barcha sinflarda oʻtkaziladi.
Bolalarni oʻz fikrini mustaqil yozishga (oʻqilgan
matnni hikoya
qilishga) oʻrgatishni, iloji boricha, erta boshlash ma’qul. Buning uchun
oʻquvchilar ogʻzaki hikoya qilayotganda qoʻllagan alohida soʻzni
yozishdan gapni yozishga, soʻng matn qismlarini yozishga va 2-sinfdan
boshlab maxsus tanlangan kichik matn asosida bayon yozishga
oʻrgatiladi.
Ish quyidagicha uyushtiriladi: bayon
uchun tanlangan matnni
oʻquvchilar bir-ikki marta oʻqiydilar (oʻqituvchi oʻqib berishi ham
mumkin); bolalarning matn mazmunini toʻgʻri tushunganliklarini
aniqlash, oʻqilgan matnni, uning gʻoyaviy
mazmunini, qismlari
orasidagi bogʻlanishni toʻliq bilib olishga qaratilgan suhbat oʻtkaziladi;
matn rejasi tuziladi (reja suhbat vaqtida tuzilishi ham mumkin); lugʻat
ishi oʻtkaziladi (soʻzning ma’nosi va yozilishi tahlil qilinadi),
muhimroq sintaktik tuzilmalarga va tilning tasviriy vositalariga diqqat
jalb qilinadi. Ayrim gaplar, hatto matn qismlari tuzdiriladi; oʻquvchilar
bayon matnini mustaqil yozadilar, oʻqituvchi esa ular ishini kuzatadi,
sinfdagi boshqa oʻquvchilarga xalaqit
bermay ayrim bolalarga
individual yordam beradi; bolalar yozgan bayonlarini oʻzlari
tekshiradilar, takomillashtiradilar va
daftarni tekshirish uchun
oʻqituvchiga topshiradilar.
Oʻquvchilar yozgan bayon muhokama qilinayotganda, ular yozgan
matnni bayon matniga qiyoslash maqsadga muvofiq boʻlib, mazmunda
va bolalar bayoni tilida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni aniqlashga
yordam beradi.
Tanlab hikoya
qilish matndan tor mavzuga, kichik soʻroqqa oid
qismini tanlab qayta hikoyalashdir.
Masalan, oʻqilgan matndan faqat
personajning tashqi koʻrinishi tasvirlangan qismnigina qayta hikoya
qilish, faqat ikki personajning uchrashish manzarasini qayta
hikoyalash, faqat tabiat tasvirini hikoya qilish
kabi.
Dostları ilə paylaş: