66
sodda, til tomondan ham mos matn tanlanadi. Bayon matni asta-sekin
murakkablashtira boriladi: avval hikoya
tarzidagi bir epizodni
ifodalovchi matn tanlansa, unga epizodlar, tasvir elementlari kiritila
boradi, qatnashuvchilar
soni orttiriladi, muhokama elementlari ham
qoʻshiladi; keyinroq shaxsini oʻzgartirib bayon yozishga oʻtiladi.
Shunday qilib, bayon asta-sekin ijodiy tus ola boradi.
Mashq sifatida bayonning ahamiyati katta: bayon bolalarda adabiy
nutqni toʻgʻri shakllantirishga yordam beradi, nutq madaniyatini
yaxshilaydi, badiiy uslubni
singdiradi, tilga sezgirlikni oshiradi.
Qayta hikoyalash va bayonda bolaning tabiiy nutqi eshitilishi,
ya’ni berilgan namunani koʻr-koʻrona yodlamasligi, namuna
leksikasidan, sintaktik qurilishidan foydalana olishi zarur.
Til vositalari matnni oʻqish, suhbat,
matn tahlili davomida
oʻzlashtiriladi; matndagi soʻzlar bolalarning “oʻziniki” boʻlib qoladi,
qayta hikoyalashda namunadagi u yoki bu gapni bola esga tushirishga
harakat qiladi, oʻzlashtirgan mazmunni toʻliqroq, aniqroq berish uchun
gaplar tuzadi. Bu bilan oʻquvchining mustaqillik darajasi va bilish
faolligi oʻsadi, ijodiy elementlar qoʻshila boradi.
Qayta hikoyalashda namunadagi izchillik, bogʻliqlik saqlanishi,
asosiy
faktlar berilishi, ayniqsa, ilmiy matnni qayta hikoyalashda
barcha muhim oʻrinlar toʻliq bayon qilinishi zarur.
Vaqti-vaqti bilan ilgari eshitilgan, oʻqituvchi oʻqib bergan yoki
radio, televizordan yozib olingan matnni qayta hikoyalatish, oʻquvchi
bir marta ovoz bilan yoki ichda oʻqigandan soʻng qayta hikoyalatishdan
foydalanishni tajribada qoʻllab turish ham mumkin.
Koʻpincha qayta hikoyalashga maxsus tayyorgarlik koʻriladi,
bunda quyidagilarga rioya qilinadi:
1. Qayta hikoyalash va uning turi haqida oʻquvchilar
ogohlantiriladi: toʻliq,
detallari bilan, tilning tasviriy vositalaridan
foydalanib matnga yaqin qayta hikoyalash; tanlab (masalan, bir
qatnashuvchi shaxsga tegishli oʻrinlarinigina) qayta hikoyalash,
qisqartib qayta hikoyalash.
2. Suhbat, matn mazmunini tahlil qilish, matn tili ustidagi xilma-
xil ishlar, qayta hikoyalashda zarur boʻlgan soʻz,
nutq oborotlari va
gaplarni ajratish – aniqlash.
3. Qayta hikoyalashda ifodalilikni berish uchun ifodali oʻqishni
puxtalash.
67
4. Hikoyani mantiqiy va kompozitsion qismlarga boʻlish, har bir
qismga sarlavha topish, matnni qayta hikoyalashga moʻljallangan rejani
tuzish.
5. Matn qismlarini qayta hikoyalash, uning kamchiliklarini tahlil
qilish.
6. O´quvchilarning hayotiga bogʻlash (oʻrni bilan), ya’ni oʻqilgan
matn mazmuniga bogʻliq holda oʻquvchilarning
shaxsiy tajribasida
uchraydigan va uchragan tanish holatga e’tibor berish. Boshqacha qilib
aytganda, har bir darsda ma’lum ta’lim maqsadida qayta hikoyalashga
muntazam oʻrgatib borish zarur.
Tekshiruv
bayoni
asosan
oʻquvchilarni
bilimini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi. Oʻquvchi
bilimidagi sayoz oʻrinlarni belgilab olish, xato
kamchiliklarni
bartaraf
etish
choralarini
rejalashtirish. Tekshiruv bayoni bir oʻquv yilida 2-3 marta oʻtkaziladi.
Uning turi toʻliq ta’limiy bayonniki kabi oʻtkazilish tartibi ham bayon
turidan kelib chiqib, ta’limiy bayon kabi uyushtiriladi. Farqi shundaki,
yozish jarayonida oʻqituvchi oʻquvchilarga yordam koʻrsatmaydi, bu
bayon turi 3-4-sinflarda chorak oxirida yoki biror katta boʻlim oʻtib
boʻlingach oʻtkaziladi. Masalan: ona tilidan soʻz turkumlaridan ot, sifat,
son, olmosh, fe’l oʻtib boʻlingach, ularga doir bilimlarni aniqlash
maqsadida oʻtkaziladi.
Oʻqituvchi qaysi sinfda ishlashidan qat’iy nazar, u bogʻlanishli
nutqdagi tadrijiylikni aniq tasavvur etishi,
uch sinfga oid barcha
metodik maqolalar bilan tanishib chiqishi lozim. Oʻqituvchiga avvalo
turli xil bayonlar toʻplamidagi matnlardan tanlab olish, soʻngra
choraklik taqvim reja tuzish maslahat beriladi. Matn tanlashda
oʻqituvchi quyidagi talablarga amal qiladi:
1. Bayon turi oʻquvchilarning bilim saviyasiga qarab belgilanadi.
2. Matnlar mazmuni oʻquvchilar uchun mos boʻlishi shart.
3. Bayon ustida ishlash oʻquvchilarning bogʻlanishli nutqini
oʻstirishga qaratilgan mashgʻulotlarning
boshqa turlari - insho, qayta
hikoyalash, ijodiy topshiriqlar bilan chambarchas boʻglangan boʻlishi
zarur. Shunda bayon yozishga qaratilgan mashgʻulotning samaradorligi
yanada oshadi.
Dostları ilə paylaş: