Buxoro davlat universiteti qodirova saodat abduraximovna


Boshlangʻich sinflar metodikasida bogʻlanishli nutqdan mashq



Yüklə 44,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/115
tarix20.11.2023
ölçüsü44,74 Kb.
#161849
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   115
12686 2 B75AA9F34EE58F3B5753CA8B6D3DACA248374806

Boshlangʻich sinflar metodikasida bogʻlanishli nutqdan mashq 
turlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
Bog‘lanishli nutqqa oid asosiy koʻnikmalar


62 
Yozilgan matnni takomillashtirish koʻnikmasi. Bu koʻnikma oʻz 
ijodiga tanqidiy munosabatda boʻlish asosida tarbiyalanadi. Shuning 
uchun oʻquvchilarning bogʻlanishli nutqini oʻstirishga oid mashq 
turlarining bir yillik rejasini tuzib olish tavsiya etiladi. Rejada 
oʻquvchilar yoshiga mos bayon va inshoning barcha turlari hisobga 
olinishi zarur.
Bayon va insho janrlari.
Matnli mashqlar, metodik traditsiyaga 
koʻra, tasvirlash, hikoya qilish va muhokamaga boʻlinadi. Boshlangʻich 
sinflarda bular, asosan, tasvir yoki muhokama elementlari boʻlgan 
hikoya tarzida uchraydi. Har uchala janr uchun foydalanilgan material 
xarakterida ham, qurilishida ham, til vositalarini tanlash ham oʻz 
xususiyatlari mavjud. 
Insho yoki bayonga tayyorlanayotganda oʻqituvchi (yoki oʻquvchi) 
matnning janr xususiyatlarini hisobga oladi.
Hikoya boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun mos janr hisoblanadi. 
Tasvirda syujet, qatnashuvi shaxslar boʻlmaydi; unda tabiat, ayrim 
predmet va hodisalar tasvirlanadi. 
Muhokama bogʻlanishli matnning anchagina qiyin shakli 
hisoblanadi, shuning uchun boshlangʻich sinflar dasturida muhokama 
tarzida insho yozdirish tavsiya etilmaydi; oʻquvchilar inshoda 
muhokama elementlaridangina foydalanadilar. Masalan, “Qushlar 
uyasini nima uchun buzish mumkin emas” mavzularida ogʻzaki hikoya 
tuzdirilsa yoki insho yozdirilsa, muhokama elementi, albatta, boʻladi.
Oʻqituvchi bogʻlanishli nutqni rejalashtirganda, turli janrda mashq 
qilinishi koʻzda tutadi va oʻquvchilarga hikoya, tasvir va muhokama 
elementlarini oʻrgata boradi. 
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 
1.
 
Bogʻlanishli nutq va uni maktabda egallash deganda nimani 
tushunasiz? 
2 Boshlangʻich sinf oʻquvchilarida bogʻlanishli nutqni shakllantirish 
qanday amalga oshiriladi.
3. Boshlangʻich sinflarda bogʻlanishli nutqni shakllantirishga doir 
qanday mashq turlaridan foydalanish mumkin? 
4. Bogʻlanishli nutqqa oid asosiy koʻnikmalarni ayting. 
5. Insho va bayon haqida ma’lumot bering. 

Yüklə 44,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin