73
4. Soʻz bilan tasvirlash yoki sahnalashtirish.
Ijodiy qayta
hikoyalashning bu turi savollar yoki quyidagi kabi topshiriqlarni
bajartirish asosida oʻtkaziladi: “Siz shu vaziyatda oʻzingizni qanday
sezasiz? Bular rasmda tasvirlangan deb oʻylang. Shu voqealar koʻz
oldingizdan oʻtyapti, siz koʻryapsiz, eshityapsiz va oʻzingiz
tasvirlayapsiz deb oʻylang”. Matndagi tabiat tasviri, qahramonlarning
tashqi koʻrinishi, portreti soʻz bilan tasvirlashga topshirilishi mumkin.
Bu asosan ogʻzaki bajariladi, ayrim hollardagina bayon shaklida
yozdiriladi.
Toʻla savodxonlikka erishishning muhim omillaridan biri,
oʻquvchilar nutq madaniyati ustida ishlash, ularni ogʻzaki va yozma
nutqlaridagi kamchiliklami oʻz vaqtida aniqlash va tuzatishdan
iboratdir. Shuning uchun 1-4-sinf oʻquvchilariga dars berish jarayonida
bir turdagi yozma ishlar bilan chegaralanib qolmay, balki yozma
ishning barcha turlari ustida mashgʻulot olib borish, oʻquvchilarda
fikrni keng koʻlamda va xilma-xil ravishda bayon eta bilish qobiliyatini
oʻstirish lozim.
Yozma ish turlaridan biri bayondir.
Bayon oʻqib berilgan namunaviy matn mazmunini ma’lum
tayyorgarlikdan soʻng yozma ravishda qayta hikoyalashdir.
Birinchi sinfda matnni qayta hikoyalash mashqlari berilmaydi.
Faqat aniq bir mavzuda rasmlarga qarab gap va kichik hikoya tuzish
(inshoga tayyorgarlik mashqlari) oʻrganiladi.
Tayyorgarlik mashqlarini oʻtkazish oʻquvchilarda sodda gap tuzish
koʻnikmasini hosil qiladi. Oʻquvchilar gapda soʻzlarning tartibini, gap
oxirida nuqta qoʻyishni, bir gapni ikkinchi gapdan ajratishni
oʻrganadilar.
Tayyorgarlik mashqlari uchun tanlanadigan matnda gapdagi
soʻzlar soni koʻpi bilan 4 - 5 ta boʻlishi mumkin. Bunday matnlarni
bolalar uchun yozilgan asarlardan (kitoblardan) tanlash qiyin. Shuning
uchun tayyorgarlik mashqlariga mos matnni oʻqituvchining oʻzi tuzishi
yoki “Alifbe” kitobida berilgan matnlardan tanlashi mumkin.
Tayyorgarlik mashqlarining aksariyatida “Alifbe” kitobidagi matnlar
berilgan.
Tayyorgarlik mashqlarining dastlabki bosqichida matn yoki
hikoyani hosil qiladigan gaplar tartibi buzilgan holda (aralash) sinf
•
Dostları ilə paylaş: