79
mazmuni va uslubi tavsiya etilgan bayon matniga yaqin boʻladi. Agar
ikkinchi sinf oʻquvchilari bayonni oxirigacha yoza olmasalar, ularning
baholarini pasaytirish tavsiya etilmaydi, sababi, ular hali juda sekin
yozadilar. Rejada berilgan bitta yoki ikkita bandni tushirib qoldirish
natijasida bayon izchilligi buziladi. Bu esa qoʻpol xato hisoblanadi.
Oʻqituvchi avval oʻquvchilar tomonidan bajarilgan ishga umumiy
baho beradi. Hikoya mazmuni va topshiriqning mazmunini eslatadi.
Soʻngra ikkita-uchta yaxshi yozilgan ishni oʻqib beradi. Ishga qoʻyilgan
baho toʻgʻri ekanligini asoslaydi. Shundan soʻng oʻqituvchi boshqa
ishlardagi umumiy kamchilikni koʻrsatadi, chunonchi, rejadan chiqib
ketish, gapni notoʻgʻri tuzish va boshqalarni sharhlaydi. Xatosiz yoki
xatosi juda kam boʻlgan ishlardan bittasi muhokama qilinadi va
oʻqituvchi oʻquvchilar ishiga qoʻyilgan bahoga loyiq-noloyiqligini
tushuntiradi. Oʻquvchilar esa yoʻl qoʻyilgan xatolarni qanday tuzatish
yoʻlini aniqlaydilar: gapni qanday tuzish; tushirib qoldirilgan soʻz yoki
gapni oʻrniga qoʻyish; qaysi soʻzlarni almashtirish va boshqalar haqida
fikr yuritadilar. Kimning ishi muhokama qilingan boʻlsa, oʻsha
oʻquvchi oʻz bayonini yoki uning bir qismini soʻzlab beradi. Shundan
soʻng oʻqituvchi oʻquvchilarni ragʻbatlantiradi va muhokamani
tugatadi.
Ikkinchi sinfda birinchi yarim yilning boshidan qismlarga
boʻlingan matnlar bilan ogʻzaki mashqlar oʻtkazish tavsiya etiladi.
Oʻquvchilar qismlari aralash, ya’ni oʻrni almashtirilib berilgan
gaplardan hikoya tuzishda mazmundagi ketma-ketlikni (izchillik)
ogʻzaki oʻzlashtiradilar. Shunday ish uchun beriladigan matnlar yoki
hikoyani hosil qiladigan gaplar tartibi buzilgan holda yozuv taxtasiga
yoziladi. Bunda 1-sinfdagi ish turidan foydalanish mumkin.
Dostları ilə paylaş: