QISMLARGA BOʻLINGAN MATNLAR USTIDA ISHLASH Ikkinchi sinfda
tayyorgarlik mashqlari
bilan ishlash birinchi
sinfdagidek olib
boriladi. Ammo yozuv
bilan bogʻlanadi.
Bunday mashqlar ikki ta'limiy
maqsadni nazarda tutadi:
bolalar, birinchidan, matnni
hikoyalashda mazmunning
ketma-ket bogʻlanishi haqida
tushunchaga ega boʻladilar va
izchillikka ahamiyat berishga
odatlanadilar.
Ikkinchidan, mashqlar
jarayonida oʻquvchilar
ma'lum fikrni aniq va
sodda qilib
ifodalaydigan gaplar
tuzish malakasini hosil
qilishga oʻrganadilar.
HIKOYA QISMLARINI BIRGALIKDA YOZISH • Bu mashqning maqsadi hikoyani birgalikda bayon qilishdir.
Rejadagi har bir bandga berilgan javob yozuv taxtasiga yoziladi.
Soʻngra oʻqituvchi boshchiligida tahlil qilinib, daftarga yoziladi.
SAVOLLARDAGI SO ʻ
ROQ SO ʻ
ZLAR O ʻ
RNIGA BERILGAN SO`ZLARNI QO`YIB YOZISH • Bu mashqning asosiy maqsadi - oʻquvchilami matn
mazmunini aniq bayon qilish uchun ravon va toʻgʻri gap
tuzishga odatlantirish. Shuningdek, ularni sodda hikoyalar
tuzishda tayyor rejadan foydalanishga oʻrgatish.
•Bu mashqlar bayonga juda yaqin turadi. Matnning mazmunini
bayon qilish uchun oʻquvchilar mustaqil ravishda matndagi
so`zlarni oʻzgartirishlari va unga soʻz qoʻshishlari mumkin.
•Bu ish turining asosiy maqsadi oʻquvchilarga oʻz fikrlarini turli
usullarda bayon qilishlari mumkinligini ko`rsatishdan iborat.
SAVOLLAR ASOSIDA ERKIN BAYON YOZISH • Bu ishning maqsadi - matnni hikoyalashdagi ketma-ketlikni
kuzatishda oʻquvchilarning ongini oshirish. Shu bilan birga
o`qish darslarida o`rgangan parchaning mazmuniga mos
savollar tuzish haqida o`quvchilar bilimini mustahkamlashdan
iboratdir.