80
taxtasidagi gaplarni izchillikka rioya qilgan
holda yoza olishlariga
ishonch hosil qilgach, yozishga ruxsat etadi. Tayyorlov mazmunidagi
mashqlarning xususiyati shundaki, bunda matn qismlarini har bir
oʻquvchi yozadi.
Bunday ish uslubini “Yaxshi fazilat” matniga tatbiq qilamiz.
Hikoyani soʻzlab berish va yozishda boʻgʻinli hamda ketma-ket
kelgan, talaffuzi bir xil va yozilishi farq qiladigan jarangli undoshli
soʻzlar uchrashi aytiladi. Shundan soʻng oʻqituvchi hikoyani oʻqiydi va
savollar orqali uni tahlil qiladi:
Zarifjon qayerdan kelayotgan edi? Yoʻlda qanday voqea yuz berdi?
Hikoyaning
oxirgi gapida
“rahmat”
oʻrniga qanday soʻz
ishlatilgan?
Endi oʻqituvchi oʻquvchilarga: “Matnni diqqat bilan tinglang va
matndan yozilishi oʻrganilgan soʻzlarni aniqlang” deb topshiriq beradi
va matnni qayta oʻqiydi.
Shundan soʻng matndan oʻquvchilar bilan birgalikda kelayotgan,
ketayotgan ayolni, ayol pulni, chiqarib, minnatdor soʻzlari
ajratilib
yozuv taxtasiga yoziladi. Bu soʻzlarni oldindan yozuv taxtasiga yozib,
ustini berkitib qoʻysa ham boʻladi. Ularni imlo jihatdan tahlil
qilayotganda ochish mumkin. (Matndan imlosi eslatilgan soʻzlarni
toʻgʻri ajratib olganliklarini tekshirishda foydalaniladi).
Shundan soʻng oʻquvchilar yozuv taxtasiga yozilgan quyidagi
savollarga javob beradilar:
1. Zarifjonning odati qanday?
2. Bu haqida ikkinchi gapda nima deyilgan?
3. Yoʻlda qanday voqea yuz berdi?
5. Zarifjon pulni nima qildi?
6. Ayol kimdan minnatdor boʻldi?
Oʻqituvchi oʻquvchilarning hikoyasini eshitgach: “Biz bu qisqa
hikoyani yozsak, bayon hosil boʻladi. Buning uchun har bir qismni
navbat bilan yozamiz”, deydi. Oʻquvchilar
daftarlarini bayon yozish
uchun tayyorlaydilar. Oʻqituvchi esa oʻquvchilar uchun yozuv taxtasiga
namuna yozadi. Ish shunday izchillikda davom etadi.
Oʻqituvchi oʻquvchilarga tanish savollarni beradi. Har bir savolga
olingan javob tezda tahlil qilinib, yozuv taxtasiga hamda daftarga
yoziladi. Bundan oldin, oʻquvchilarga hikoyaning qismlari,
ayrim
soʻzlarni yozishda qanday qoidalardan foydalanish eslatiladi.
81
Bayon yozib boʻlingach, qoidasi takrorlangan soʻzning tagiga
chizish topshirilishi mumkin. Yuqorida koʻrsatilgan ish turi, ya’ni
gaplarni bir-biriga bogʻlab yozish usuli oʻquvchilarni bayon yozishga
tayyorlaydi.
Ikkinchi sinfda bayon yozish darslari ikki turda oʻtkaziladi:
Avval oʻquvchilar 30-40 soʻzli matnni savollar va javob
mazmunini ochuvchi soʻzlar orqali ifodalaydilar. Savollarda faqat
matnni bayon
qilish tartibi aniqlanmay, balki har bir gapning soʻz
tarkibi ham aniqlanadi. Shu bilan birga oʻquvchilarni jamoa boʻlib
rejadagi savollar asosida javob topishga oʻrgatiladi.
Bayonning ikkinchi turi oʻquvchilarga bayon matnini yozma
ifodalashda koʻproq erkinlik beradi. Savol-javob matnlariga qaraganda
bayon matnlarining hajmi koʻproq boʻladi (50-60 soʻz). Tayyor reja
bayon matnining tartibini aniqlab beradi, biroq bayon matnining har bir
qismi uchun oʻquvchilar matnning oʻzida yoki savollarida
qatnashmagan turli xildagi gaplardan va boshqa soʻzlardan
foydalanishlari mumkin.
Bayonning ikkala turi uchun matnlarning rejasi beriladi. Imlo
ustida ishlash, matnni tahlil qilishda esa metodik qismda bayon yozish
uchun berilgan namunadan foydalanish tavsiya etiladi.
Ikkinchi sinf
oʻquvchilarini bayon yozishga oʻrgatish savollarga berilgan soʻzlar
bilan javob yozishdan boshlanadi. Bu xildagi bayonlarda matnda nechta
gap boʻlsa, xuddi shu mazmundagi savollar beriladi. Savollarga javob
berishda javob mazmunini ochuvchi soʻzlar savolning qatoriga yozilib,
tik chiziq bilan ajratiladi. Oʻquvchilar yuqoridagi ish turini bajarishga
koʻnikma hosil qilganlaridan soʻng rejadagi berilgan savollarni
yetishmagan soʻzlar bilan toʻldirib yozish topshiriladi.
Bayon yozish davomida koʻpchilik oʻquvchilarda mustaqillik
seziladi. Bu mustaqillik ikki xil yoʻnalishda (usulda) namoyon boʻladi:
1. Oʻquvchilar rejadagi savollarga javob berishda matn mazmunini
toʻliq ifodalashga harakat qiladilar.
2. Ayrim oʻquvchilar esa savollarga oʻz soʻzlari bilan javob
berishga intiladilar.
Koʻpincha oʻquvchilar gapni notoʻgʻri tuzadilar. Ba’zi oʻquvchilar
esa shunday soʻzlarni ishlatishadiki, bu soʻzlarning imlosi,
mazmuni
hali oʻrganilmagan. Shu sababli oʻquvchilar imloviy va uslubiy
xatolarga yoʻl qoʻyadilar. Shuning uchun bu bosqichda oʻquvchilardan
82
savol mazmuniga qat’iy e’tibor berish va matn tilidan chetga
chiqmaslik talab qilinadi.
Bayon turi soddagina boʻlsa ham, uni yozishda ogʻzaki va yozma
ifodalashda adabiy til me’yorlariga rioya qilish hamda imlo xatolarga
yoʻl qoʻymaslikka oʻrgatish kerak.
Oʻquvchilar uchinchi chorak oxirida 50-60 soʻzli matndan iborat
bayon yozadilar. Rejada 3-4 band beriladi. Shu bandlarning har biriga
oʻquvchilar ikki-uch gap bilan javob beradilar. Bayon darsining asosiy
bosqichi savollar orqali matn mazm unini qayta hikoyalash, hikoyaning
har bir qismida koʻzda tutilgan maqsadni aniqlash, qoʻshma gaplarning
imlosi
oʻzlashtirilmagan soʻzlarni ishlatishning oldini olish
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: