Buxoro davlat universiteti qodirova saodat abduraximovna


“yashil chiroq yonishini”



Yüklə 44,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/115
tarix20.11.2023
ölçüsü44,74 Kb.
#161849
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   115
12686 2 B75AA9F34EE58F3B5753CA8B6D3DACA248374806

“yashil chiroq yonishini” 
soʻzi topib yoziladi. 
Reja savollariga javob tayyorlash sintaktik ishni talab qiladi. 
Ikki-uch gapni oʻz ichiga olgan savollarga javob tayyorlash vaqtida 
keyingi gap ma’nosini tushuntirib beradigan qoʻshimcha savollar 
berilishi mumkin. 
Sintaktik ishni bajarganda ba’zan yozuv taxtasiga yozilgan 
parchani yoki gapni qisman tahlil qilishga toʻgʻri keladi. Koʻpincha, 
bolalar gapdagi soʻzlar tartibini buzadilar. Oʻqituvchi bolalarga 


77 
gapdagi soʻzlarni tartib bilan joylashtirishni oʻrgatishi shart. Shu 
maqsadda quyidagi usullar ishlatiladi: 
1.
 
Yozuv taxtasiga biror-bir soʻzi tushirilgan va uning oʻrnida 
savol ma’nosini bildirgan soʻz turgan gaplar yoziladi. Soʻngra 
shularga javob beruvchi soʻzlar qoʻyib gaplar yoziladi. 
Masalan: 
Chumoli nima topib oldi? Chumoli don topib oldi. 
2.
 
Gap soʻzlar tartibi oʻzgartirilgan holda yozuv taxtasiga 
yoziladi. 
Masalan: 
chumoli, chaqirdi, oʻrtoqlarini. 
Shu soʻzlarning 
tartibiga mos chizma yozuv taxtasida beriladi. 
Chizma: 
nima 
nimalarini nima qildi? Endi soʻroqlar oʻrniga mos soʻzlarni qoʻyib, 
Chumoli oʻrtoqlarini chaqirdi 
gapi tuziladi. 
Matn mazmunini toʻliq hikoyalash uchun oldindan mukammal 
sintaktik tayyorgarlik koʻriladi. Toʻliq hikoyalash vaqtida esa 
oʻqituvchi qoʻshimcha savollar bermasligi kerak. Rejaning keyingi 
bandini yoki kerakli soʻzni eslatib oʻtish bilan kifoyalanish lozim. 
Bayon yozishga tayyorlanish maxsus dars bosqichini talab qilmasa 
ham bunda lugʻat ishlarini bajarish oʻrinlidir. Barcha hollarda 
hikoyalashda va bayon yozishda shu hikoyalarda mavjud soʻzlardan 
foydalanish tavsiya qilinadi. Oʻquvchilar hikoya lugʻatidan ongli 
foydalanishlari kerak. 
Oʻquvchilarning hikoyadagi har bir soʻz va ifodani tushunishlari 
katta ahamiyatga ega. Buning uchun ba’zi hollarda soʻz ma’nosini 
tushuntirib berishga qaratilgan qisqa suhbatlar oʻtkaziladi. Qoʻshimcha 
soʻzlarni oʻquvchilarning oʻzlari darsda olgan bilimlariga suyanib 
talqin etadilar 
Oʻqituvchi oʻquvchilarning diqqatini savollar yordamida ayrim 
soʻz va soʻz birikmalariga qaratadi.
Bundan tashqari, darsda imlo xatolarining oldini olish uchun 
bayonlar oʻtkaziladi. Buning uchun yozuv taxtasiga yozilgan kichik 
hajmdagi matnlar yaxshi yordam beradi. Oʻquvchilar yozuv taxtasidan 
kichik hajmdagi matnni oʻqib, yangi soʻzlarning toʻgʻri yozilishini 
eslab qoladilar va oʻzlariga tanish boʻlgan boshqa qoidalarni 
tushuntiradilar. Matnni imlo tomonidan tahlil qilishda quyidagi usullar, 
ya’ni oʻquvchilarga gapdagi soʻz sonini aniqlashtirish; talaffuzi qiyin 
yangi soʻzlarni talaffuz qilishni mashq qildirish; oʻtilgan qoidaga doir 
soʻzlarni toptirish; shuningdek, oʻqituvchi tomonidan ajratib 


78 
koʻrsatilgan soʻzlarning talaffuzi, imlosi, ma’nosi ustida ish olib borish 
tavsiya etiladi. 
Ikkinchi sinfda xatolarning oldini olish uchun oʻquvchilarga 
talaffuzi qiyin boʻlgan soʻzlarni boʻgʻinlab aytishni mashq qildirish 
muhim ahamiyat kasb etadi. Qator kelgan undoshli soʻzlarni yozishdan 
oldin bolalar soʻzni boʻgʻinga boʻladilar, boʻgʻinlardan soʻz yasaydilar, 
uni oʻqiydilar yoki qisqa gap tuzadilar. 
Agar matn oʻquvchilarga oʻqib berilsa, u holda xatoning oldini 
olish uchun yozuv taxtasiga yozilgan reja savollaridan va matnning 
mazmunini ochadigan tayanch soʻzlardan foydalanish mumkin. Aslo bu 
soʻzlarning soni koʻp boʻlmasligi kerak, aks holda, oʻquvchi chalgʻishi 
turgan gap. Reja savollari bilan bir qatorda, bayon matnida uchragan 
imlosi qiyin boʻlgan soʻzlarni yozuv taxtasiga, qalin qogʻozga yozib 
koʻrinadigan joyga qoʻyilsa, yoki monitorda koʻrsatilsa oʻquvchiga 
qulaylik tugʻdiriladi. Ayrim vaqtlarda oʻquvchilarga yozuv taxtasida 
yozilgan toʻliq gaplarni koʻchirib yozishga ruxsat beriladi. Chunki bu 
gaplar matn mazmunini ochib berish uchun xizmat qiladi. 
Bayon darsigacha va shu darsda oʻtkazilgan imloviy tayyorgarlik 
oʻquvchilarda bayon yozishga zamin hozirlaydi. Oʻquvchilar butun 
fikrlarini ishning mazm uniga qaratadilar, har bir soʻz va gapni xotirjam 
oʻylab yozadilar. 
Shunday boʻlsa-da, ikkinchi sin f oʻquvchilarining ishlarida xatolar 
uchraydi. Xatolarni bartaraf qilish uchun oʻqituvchi oʻquvchilarning 
bilimiga mos alohida topshiriqlar beradi va ular yoʻl qoʻygan xatolarni 
tuzatadi. Ikkinchi sinf oʻquvchilarining tipik xatolari ustida ishlash 
uchun navbatdagi ona tili darslarida ish olib boriladi. Tipik xatolarga 
quyidagilar kiradi: 
1. Oʻquvchilar gapning boshi va oxirini aniqlashda qiynaladilar. 
2. Gapda bir soʻzni takror ishlatadilar. 
3. Ba’zi harf va boʻgʻinlarni tushirib qoldiradilar. 
4. Tipik xatolarni tuzatish tahlil va tarkibiy ish olib borishni talab 
qiladi. 
Ikkinchi sinf oʻquvchilari yozgan bayon oʻqituvchi tomonidan 
tekshiriladi va albatta, darsda tahlil qilinadi. Lekin unga alohida dars 
ajratilmaydi. Bunga navbatdagi darsning 10-15 daqiqasini ajratish 
kifoya. Yaxshi tayyorlangan oʻquvchining ishida xato boʻlmaydi: 
koʻpchilik oʻquvchilar tayyor reja savollarigagina javob beradilar. 
Ma’lum soʻzlarnigina ishlatadilar. Shuning uchun yozilgan ishning 


79 
mazmuni va uslubi tavsiya etilgan bayon matniga yaqin boʻladi. Agar 
ikkinchi sinf oʻquvchilari bayonni oxirigacha yoza olmasalar, ularning 
baholarini pasaytirish tavsiya etilmaydi, sababi, ular hali juda sekin 
yozadilar. Rejada berilgan bitta yoki ikkita bandni tushirib qoldirish 
natijasida bayon izchilligi buziladi. Bu esa qoʻpol xato hisoblanadi. 
Oʻqituvchi avval oʻquvchilar tomonidan bajarilgan ishga umumiy 
baho beradi. Hikoya mazmuni va topshiriqning mazmunini eslatadi. 
Soʻngra ikkita-uchta yaxshi yozilgan ishni oʻqib beradi. Ishga qoʻyilgan 
baho toʻgʻri ekanligini asoslaydi. Shundan soʻng oʻqituvchi boshqa 
ishlardagi umumiy kamchilikni koʻrsatadi, chunonchi, rejadan chiqib 
ketish, gapni notoʻgʻri tuzish va boshqalarni sharhlaydi. Xatosiz yoki 
xatosi juda kam boʻlgan ishlardan bittasi muhokama qilinadi va 
oʻqituvchi oʻquvchilar ishiga qoʻyilgan bahoga loyiq-noloyiqligini 
tushuntiradi. Oʻquvchilar esa yoʻl qoʻyilgan xatolarni qanday tuzatish 
yoʻlini aniqlaydilar: gapni qanday tuzish; tushirib qoldirilgan soʻz yoki 
gapni oʻrniga qoʻyish; qaysi soʻzlarni almashtirish va boshqalar haqida 
fikr yuritadilar. Kimning ishi muhokama qilingan boʻlsa, oʻsha 
oʻquvchi oʻz bayonini yoki uning bir qismini soʻzlab beradi. Shundan 
soʻng oʻqituvchi oʻquvchilarni ragʻbatlantiradi va muhokamani 
tugatadi. 
Ikkinchi sinfda birinchi yarim yilning boshidan qismlarga 
boʻlingan matnlar bilan ogʻzaki mashqlar oʻtkazish tavsiya etiladi. 
Oʻquvchilar qismlari aralash, ya’ni oʻrni almashtirilib berilgan 
gaplardan hikoya tuzishda mazmundagi ketma-ketlikni (izchillik) 
ogʻzaki oʻzlashtiradilar. Shunday ish uchun beriladigan matnlar yoki 
hikoyani hosil qiladigan gaplar tartibi buzilgan holda yozuv taxtasiga 
yoziladi. Bunda 1-sinfdagi ish turidan foydalanish mumkin.

Yüklə 44,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin