75
Agar oʻquvchilar savollarga javob tanlashda qiynalsalar,
oʻqituvchi yordam beradi. Oʻquvchilar tanlagan gaplarni oʻqiydilar
(ichlarida va birgalikda xor boʻlib).
Oʻqituvchi har bir savolga berilgan javobni yozuv taxtasiga yozib
borishi lozim. Chunki oʻquvchilar bogʻlanishli matn tuzishni (gaplarni
ketma-ket joylashtirishni) oʻz koʻzlari bilan koʻradilar.
II.
Ishni xulosalash:
Oʻqituvchi oʻquvchilardan:
“Biz aralash berilgan gaplardan nima
tuzdik?
(Biz aralash berilgan gaplardan hikoya tuzdik.)
Biz buni qanday
bajardik?
(Gaplarning mazmuniga qarab tartib bilan joylashtirdik.)
Bu
hikoyaga qanday sarlavha qoʻyish mumkin? “A’lochilar” deb sarlavha
qoʻyilishi toʻgʻrimi?”
deb soʻraydi.
Oʻquvchilar mashqning maqsadini ogʻzaki tushunib oladilar.
Hikoyalashda mazmunning bogʻlanishiga, ketma-ket kelishiga
ahamiyat berishni oʻrganadilar.
Oʻqituvchi
tayyorgalik
jarayonida
tartibsiz
matnlardan
foydalanishi yaxshi samara beradi. Bunday mashqlar ikki ta’limiy
maqsadni nazarda tutadi: birinchidan, bolalar matnni hikoyalashda
mazmunning ketma-ket bogʻlanishi haqidagi tushunchaga ega
boʻladilar va nutqlarida izchillikka ahamiyat berishga odatlanadilar.
Ikkinchidan, bunday mashqlar oʻquvchilarni ma’lum fikrni aniq va
sodda qilib ifodalaydigan gaplar tuzish malakasini hosil qilishga
oʻrgatadi.
Ikkinchi sinf ona tili dasturida oʻquvchilarni oʻqituvchi
rahbarligida hajmi uncha katta boʻlmagan (40-50 soʻzli) matnlardan
savollar yordamida bayon yozishga oʻrgatish tavsiya etiladi.
Oʻqituvchining oldida ikkinchi sinf oʻquvchilarini berilgan tayyor
reja asosida bayon yozishga oʻrgatish vazifasi turadi. Oʻquvchilar
yozuv taxtasiga yozilgan savollarni toʻgʻri oʻqishi va ularning
ma’nosini tushunishi, rejadagi savolga aniq javob berishi, qayta
hikoyalashda va yozma bayonda oʻzining javoblarini rejadagi savollar
tartibida berishi lozim.
Yozma nutq malakalarini mustahkamlash uchun oʻquvchilarni
bayonda oʻzlari yoza oladigan soʻzlardan foydalanishga oʻrgatish
lozim.
•
Dostları ilə paylaş: