Buxoro davlat universiteti qodirova saodat abduraximovna


Toʻliq yoki matnga yaqinlashtirib qayta hikoyalash va



Yüklə 44,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/115
tarix20.11.2023
ölçüsü44,74 Kb.
#161849
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   115
12686 2 B75AA9F34EE58F3B5753CA8B6D3DACA248374806

Toʻliq yoki matnga yaqinlashtirib qayta hikoyalash va 
bayon qilish


70 
asosida hikoya qilish ham yordam beradi. Bunda tanlab hikoya qilish 
(hikoya qilishning oʻzaro uzviy bogʻlangan boshqa turlari ham) 
yordamchi vazifani bajaradi. Tilda kambagʻallikka yoʻl qoʻymaslik 
uchun lugʻat, tasviriy vositalar va gap ustida izchil ishlab borish talab 
etiladi. Toʻliq yoki matnga yaqin bayon yozish savod oʻrgatish 
davridanoq boshlanadi va barcha sinflarda oʻtkaziladi. 
Bolalarni oʻz fikrini mustaqil yozishga (oʻqilgan matnni hikoya 
qilishga) oʻrgatishni, iloji boricha, erta boshlash ma’qul. Buning uchun 
oʻquvchilar ogʻzaki hikoya qilayotganda qoʻllagan alohida soʻzni 
yozishdan gapni yozishga, soʻng matn qismlarini yozishga va 2-sinfdan 
boshlab maxsus tanlangan kichik matn asosida bayon yozishga 
oʻrgatiladi. 
Ish quyidagicha uyushtiriladi: bayon uchun tanlangan matnni 
oʻquvchilar bir-ikki marta oʻqiydilar (oʻqituvchi oʻqib berishi ham 
mumkin); bolalarning matn mazmunini toʻgʻri tushunganliklarini 
aniqlash, oʻqilgan matnni, uning gʻoyaviy mazmunini, qismlari 
orasidagi bogʻlanishni toʻliq bilib olishga qaratilgan suhbat oʻtkaziladi; 
matn rejasi tuziladi (reja suhbat vaqtida tuzilishi ham mumkin); lugʻat 
ishi oʻtkaziladi (soʻzning ma’nosi va yozilishi tahlil qilinadi), 
muhimroq sintaktik tuzilmalarga va tilning tasviriy vositalariga diqqat 
jalb qilinadi. Ayrim gaplar, hatto matn qismlari tuzdiriladi; oʻquvchilar 
bayon matnini mustaqil yozadilar, oʻqituvchi esa ular ishini kuzatadi, 
sinfdagi boshqa oʻquvchilarga xalaqit bermay ayrim bolalarga 
individual yordam beradi; bolalar yozgan bayonlarini oʻzlari 
tekshiradilar, takomillashtiradilar va daftarni tekshirish uchun 
oʻqituvchiga topshiradilar. 
Oʻquvchilar yozgan bayon muhokama qilinayotganda, ular yozgan 
matnni bayon matniga qiyoslash maqsadga muvofiq boʻlib, mazmunda 
va bolalar bayoni tilida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni aniqlashga 
yordam beradi. 
 
Tanlab hikoya qilish matndan tor mavzuga, kichik soʻroqqa oid 
qismini tanlab qayta hikoyalashdir. 
Masalan, oʻqilgan matndan faqat 
personajning tashqi koʻrinishi tasvirlangan qismnigina qayta hikoya 
qilish, faqat ikki personajning uchrashish manzarasini qayta 
hikoyalash, faqat tabiat tasvirini hikoya qilish 
kabi. 

Yüklə 44,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin