68
Qayta hikoya qilish - hikoya qilishning birinchi turi hisoblanadi.
Qayta hikoya qilish tinglangan badiiy asarlarni ma’noli ogʻzaki nutqda
takroriy aytishdir. Qayta hikoya qilish oʻquvchilar
badiiy nutqining
rivojlanishiga, emotsional va obrazli soʻzlarni tanlashga oʻrgatadi, jonli
soʻzni egallashga yordam beradi,
asarni tinglay bilish, uning
mazmunini tushunish koʻnikmasini oʻstiradi,
ularni bayon qilishdagi
izchillikni, muallifning ifoda usulini eslab qolishga,
asarni tushunib,
jamoa oldida ogʻzaki aytib bera olish malakasini shakllantiradi.
Qayta hikoya qilishga oʻrgatish samarali boʻlishi uchun, eng
avvalo, qayta hikoya qilish ushun matnlarni toʻgʻri tanlash lozim.
Har bir asar oʻquvchilarda jamiyatimiz uchun zarur boʻlgan
sifatlarni tarbiyalashi va rivojlantirishi kerak. Qayta hikoya qilish
uchun asar tanlanganda quyidagi talablarga amal qilish kerak:
yuqori
badiiy qimmatga, gʻoyaviy-mantiqiy yoʻnalishga ega boʻlishi,
joʻshqinligi, fikrning yangiligi va bayonning obrazliligi, voqealarning
ketma-ketligi, mazmunining qiziqarliligi, shu bilan bir qatorda, badiiy
asarning hajmi va uning oʻquvchi yoshiga mos kelishini ham hisobga
olish muhim ahamiyatga ega.
Ushbu
talablarga xalq ertaklari, hajmi uncha katta boʻlmagan
hikoyalar misol boʻla olishi mumkin. Shuningdek,
dasturda
oʻquvchilarning qayta hikoyalariga bir qancha talablar qoʻyilgan:
l) ma’nosiga tushungan holda, ya’ni matnni toʻliq tushunib hikoya
qilish;
2) asarni toʻliq bayon etish, ya’ni asardagi muhim joylarini tashlab
ketmasdan bayon etish;
3) izchillik (ketma-ketlik) bilan hikoya qilish;
4) muallif matnidagi lugʻatlardan
va iboralardan foydalanish,
ayrim soʻzlarni ularning sinonimlari bilan almashtirish;
5) toʻgʻri ohangdan foydalanish, uzoq pauzalarning boʻlmasligi;
6) ogʻzaki nutq madaniyatiga e’tibor berish: qayta hikoya
qilayotganda gavdani toʻgʻri tutish,
tinch turish, tinglovchilarga
murojaat qilish, nutqning intonatsion ma’nodorligidan (ifodaliligidan)
foydalanish, yetarlicha baland ovozda tovushlarni aniq talaffuz etish.
•
Dostları ilə paylaş: