Buxoro davlat universiteti qodirova saodat abduraximovna



Yüklə 44,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/115
tarix20.11.2023
ölçüsü44,74 Kb.
#161849
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   115
12686 2 B75AA9F34EE58F3B5753CA8B6D3DACA248374806

Qayta hikoyalash turlari
Adabiy asarlarni qayta hikoya qilish 


69 
Ushbu talablarning barshasi bir-biri bilan uzviy ravishda bogʻliq 
boʻlib, bulardan birortasini ham e’tibordan chetda qoldirish mumkin 
emas.
Qayta hikoya qilish va bayonning bu turi boshqa turlariga nisbatan 
boshlangʻich sinflarda koʻp oʻtkaziladi, chunki bu oʻqilgan matnni 
butun detallari va bogʻlanishlari bilan bolalar yodida mustahkamlash, 
namunaviy matnning mantiqi va tilini oʻzlashtirish vositasi boʻlib ham 
xizmat qiladi. Bolalar tez yodlab oladigan kichik matnni, she’riy 
misralarni buzmaslik uchun she’rni, ayniqsa, butun bir poetik obrazni 
tasvirlovchi lirik she’rni hikoya qilish tavsiya etilmaydi. 
Toʻliq hikoya qilish uchun dastlab aniq sujetli, hikoya uslubida 
yozilgan matn tanlanadi, keyin bolalar hikoyaga tasviriy (tabiat tasviri, 
kishilar va boshqa predmetlarning tashqi koʻrinishi tasviri) va 
muhokama elementlarini kiritishni oʻrganadilar. 
Hikoya qilishga oʻrgatish vaqtida oʻquvchilarni “Bu fikr yozuvchi 
matnida qanday ifodalangan?” savoliga javob berishga oʻrgatish 
maqsadga muvofiqdir. 
Bola hikoya qilishga qiziqsa, agar hikoyani oʻqituvchigina emas, 
sinfdagi barcha bolalar eshitsa, bunday hikoyalash jonli va qiziqarli 
boʻladi. Hikoya qilishga oʻquvchilarning qoʻshimchasi, ma’lum 
qismini qayta hikoya qildirish, hikoyachini ragʻbatlantirish sinfda 
ijodiy muhitni vujudga keltiradi. 
Matnga yaqin hikoya qilishda savollar matn mazmunigagina 
qaratilmasligi, oʻquvchilar mustaqillik darajasini pasaytiradigan matn 
mazmuni yuzasidan beriladigan savollarni asta-sekin kamaytira borish, 
bolalarni kengroq, umumiyroq savollarga javob berishga oʻrgata borish 
zarur. 
Toʻliq hikoya qilishda hikoyani qanday boshlashni bilmaslik: 
boshlanishi berilgan matn mazmunini davom ettira olmaslik, toʻliq 
bayon qila olmaslik yoki notoʻgʻri bayon qilish; bayon tilining 
kambagʻalligi kabi kamchiliklar uchraydi. Hikoya qilishdagi ikkinchi 
kamchilikni yoʻqotish, uning oldini olish uchun matn butunicha puxta 
tahlil qilinadi, koʻpincha asosiy mazmunni ifodalaydigan qismi alohida 
tahlil qilinadi. Bunday kamchilikni yoʻqotishga matnni qismlarga 
boʻlish, har bir qismga sarlavha topib, matn rejasini tuzish va reja 

Yüklə 44,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin