Buxoro davlat universiteti qodirova saodat abduraximovna


Namunaviy matnni qayta hikoyalash va bayon yozishga



Yüklə 44,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/115
tarix20.11.2023
ölçüsü44,74 Kb.
#161849
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   115
12686 2 B75AA9F34EE58F3B5753CA8B6D3DACA248374806

Namunaviy matnni qayta hikoyalash va bayon yozishga 
qo
ʻ
yiladigan talablar
Bayon


66 
sodda, til tomondan ham mos matn tanlanadi. Bayon matni asta-sekin 
murakkablashtira boriladi: avval hikoya tarzidagi bir epizodni 
ifodalovchi matn tanlansa, unga epizodlar, tasvir elementlari kiritila 
boradi, qatnashuvchilar soni orttiriladi, muhokama elementlari ham 
qoʻshiladi; keyinroq shaxsini oʻzgartirib bayon yozishga oʻtiladi. 
Shunday qilib, bayon asta-sekin ijodiy tus ola boradi. 
Mashq sifatida bayonning ahamiyati katta: bayon bolalarda adabiy 
nutqni toʻgʻri shakllantirishga yordam beradi, nutq madaniyatini 
yaxshilaydi, badiiy uslubni singdiradi, tilga sezgirlikni oshiradi. 
Qayta hikoyalash va bayonda bolaning tabiiy nutqi eshitilishi, 
ya’ni berilgan namunani koʻr-koʻrona yodlamasligi, namuna 
leksikasidan, sintaktik qurilishidan foydalana olishi zarur. 
Til vositalari matnni oʻqish, suhbat, matn tahlili davomida 
oʻzlashtiriladi; matndagi soʻzlar bolalarning “oʻziniki” boʻlib qoladi, 
qayta hikoyalashda namunadagi u yoki bu gapni bola esga tushirishga 
harakat qiladi, oʻzlashtirgan mazmunni toʻliqroq, aniqroq berish uchun 
gaplar tuzadi. Bu bilan oʻquvchining mustaqillik darajasi va bilish 
faolligi oʻsadi, ijodiy elementlar qoʻshila boradi. 
Qayta hikoyalashda namunadagi izchillik, bogʻliqlik saqlanishi, 
asosiy faktlar berilishi, ayniqsa, ilmiy matnni qayta hikoyalashda 
barcha muhim oʻrinlar toʻliq bayon qilinishi zarur. 
Vaqti-vaqti bilan ilgari eshitilgan, oʻqituvchi oʻqib bergan yoki 
radio, televizordan yozib olingan matnni qayta hikoyalatish, oʻquvchi 
bir marta ovoz bilan yoki ichda oʻqigandan soʻng qayta hikoyalatishdan 
foydalanishni tajribada qoʻllab turish ham mumkin.
Koʻpincha qayta hikoyalashga maxsus tayyorgarlik koʻriladi, 
bunda quyidagilarga rioya qilinadi: 
1. Qayta hikoyalash va uning turi haqida oʻquvchilar 
ogohlantiriladi: toʻliq, detallari bilan, tilning tasviriy vositalaridan 
foydalanib matnga yaqin qayta hikoyalash; tanlab (masalan, bir 
qatnashuvchi shaxsga tegishli oʻrinlarinigina) qayta hikoyalash, 
qisqartib qayta hikoyalash. 
2. Suhbat, matn mazmunini tahlil qilish, matn tili ustidagi xilma-
xil ishlar, qayta hikoyalashda zarur boʻlgan soʻz, nutq oborotlari va 
gaplarni ajratish – aniqlash. 
3. Qayta hikoyalashda ifodalilikni berish uchun ifodali oʻqishni 
puxtalash. 


67 
4. Hikoyani mantiqiy va kompozitsion qismlarga boʻlish, har bir 
qismga sarlavha topish, matnni qayta hikoyalashga moʻljallangan rejani 
tuzish. 
5. Matn qismlarini qayta hikoyalash, uning kamchiliklarini tahlil 
qilish. 
6. O´quvchilarning hayotiga bogʻlash (oʻrni bilan), ya’ni oʻqilgan 
matn mazmuniga bogʻliq holda oʻquvchilarning shaxsiy tajribasida 
uchraydigan va uchragan tanish holatga e’tibor berish. Boshqacha qilib 
aytganda, har bir darsda ma’lum ta’lim maqsadida qayta hikoyalashga 
muntazam oʻrgatib borish zarur. 
Tekshiruv 
bayoni 
asosan 
oʻquvchilarni 
bilimini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi. Oʻquvchi 
bilimidagi sayoz oʻrinlarni belgilab olish, xato 
kamchiliklarni 
bartaraf 
etish 
choralarini 
rejalashtirish. Tekshiruv bayoni bir oʻquv yilida 2-3 marta oʻtkaziladi. 
Uning turi toʻliq ta’limiy bayonniki kabi oʻtkazilish tartibi ham bayon 
turidan kelib chiqib, ta’limiy bayon kabi uyushtiriladi. Farqi shundaki, 
yozish jarayonida oʻqituvchi oʻquvchilarga yordam koʻrsatmaydi, bu 
bayon turi 3-4-sinflarda chorak oxirida yoki biror katta boʻlim oʻtib 
boʻlingach oʻtkaziladi. Masalan: ona tilidan soʻz turkumlaridan ot, sifat, 
son, olmosh, fe’l oʻtib boʻlingach, ularga doir bilimlarni aniqlash 
maqsadida oʻtkaziladi. 
Oʻqituvchi qaysi sinfda ishlashidan qat’iy nazar, u bogʻlanishli 
nutqdagi tadrijiylikni aniq tasavvur etishi, uch sinfga oid barcha 
metodik maqolalar bilan tanishib chiqishi lozim. Oʻqituvchiga avvalo 
turli xil bayonlar toʻplamidagi matnlardan tanlab olish, soʻngra 
choraklik taqvim reja tuzish maslahat beriladi. Matn tanlashda 
oʻqituvchi quyidagi talablarga amal qiladi: 
1. Bayon turi oʻquvchilarning bilim saviyasiga qarab belgilanadi. 
2. Matnlar mazmuni oʻquvchilar uchun mos boʻlishi shart. 
3. Bayon ustida ishlash oʻquvchilarning bogʻlanishli nutqini 
oʻstirishga qaratilgan mashgʻulotlarning boshqa turlari - insho, qayta 
hikoyalash, ijodiy topshiriqlar bilan chambarchas boʻglangan boʻlishi 
zarur. Shunda bayon yozishga qaratilgan mashgʻulotning samaradorligi 
yanada oshadi. 

Yüklə 44,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin