141
turlari, urgʻuli va urgʻusiz boʻgʻinlar, tovushlarning bir-biriga ta’siri
haqida amaliy bilim oladi. Bularning barchasini oʻzlashtirib
olish bir
qator murakkabliklar tugʻdiradi. Shu tufayli boshlangʻich sinflarda
fonetikaga oid didaktik oʻyinlardan
nafaqat darslarda, balki sinfdan
tashqari mashgʻulotlarda ham foydalanish qoʻl keladi.
Oʻyin savod oʻrgatish davrida oʻtkaziladi. Bu oʻyinlarni bajarish
oʻquvchilarga tovushning soʻz
hosil
qilishidagi ahamiyatini
toʻlaroq tushunib olish imkonini
beradi. Oʻquvchilar ushbu oʻyinda ishtirok etar ekan, soʻzlarning turli-
tuman usullar bilan hosil boʻlishi katta qiziqish uygʻotadi. Oʻzlari hosil
qilgan yangi soʻzlardan bevosita zavq olishga muvaffaq boʻladi. Soʻz
tuzish oʻyini savod oʻrgatishning tarkib-tahrir (analitik-sintetik) tovush
metodi asosida bajariladi. Ushbu metodning ikkinchi qismi tuzish,
qurish, birlashtirish singari ma’nolarni bildiradi. Soʻz tuzish oʻyini ham
aynan soʻzga
xilma-xil tovushlarni, boʻgʻinlarni qoʻshish orqali hosil
boʻladi. Bu oʻyinni bajarishda soʻzga turli
xil usullar bilan tovush
qoʻshib yangi soʻz hosil qiladi.
Bu oʻyinning talabiga asosan oʻquvchi ma’lum bir olingan
soʻzning boshidan bir tovush qoʻshib yangi soʻz hosil qiladi. Ba’zi
undosh bilan boshlangan soʻzdan avval unli tovushni qoʻshish yoki unli
bilan boshlangan soʻzdan oldin undosh tovush qoʻshish
orqali yangi
soʻz hosil qilinadi.
Son - o +son oʻlka - yoʻlka
ayiq - qayiq or - bor - tor
oʻroq - soʻroq
osh - qosh - mosh
Ushbu oʻyinda ayrim soʻzlarga tovush qoʻshish orqali bitta soʻz
hosil qilish mumkin boʻlsa (son - oson), ba’zi soʻzlardan bir qator
soʻzlar tuzish mumkin. Oʻyinni
butun sinf bilan ham, oʻquvchilar
guruhlari tuzib, musobaqa tarzida ham oʻtkazish mumkin.
Oʻyinni oʻtkazish tartibi soʻz tuzish oʻyinlari bilan deyarli bir xil.
Bunday soʻzlarni hosil qilishda ba’zan bir harf bilan ifodalangan soʻz
yasovchi qoʻshimchalar ham ishtirok etadi. Savod oʻrgatish davrida
“
Dostları ilə paylaş: