Buxoro davlat universiteti qodirova saodat abduraximovna


Sinfdan tashqari mashgʻulotlarda grammatik oʻyinlarning



Yüklə 44,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/115
tarix20.11.2023
ölçüsü44,74 Kb.
#161849
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   115
12686 2 B75AA9F34EE58F3B5753CA8B6D3DACA248374806

Sinfdan tashqari mashgʻulotlarda grammatik oʻyinlarning 
ahamiyati, mazmuni ulardan foydalanish usullari


140 
muvaffaqiyatli oʻzlashtirilib olinishi ham bevosita yozma va ogʻzaki 
nutqiy koʻnikmalarning qay darajada rivojlanganligiga bogʻliq. 
Shuning uchun ham yoshlarni oʻqitish va ularni hayotga tayyorlashda 
savod oʻrgatish mashgʻulotlariga alohida e’tibor beriladi. Har bir 
tovush-harfning 
talaffuz 
qilinishi 
va 
yozilishini 
mukammal oʻzlashtirib olishlari 
uchun xilma-xil mashgʻulotlarni dars jarayoniga singdirish oʻquvchida 
mustaqil fikrlash va ijodiy ishlash koʻnikmasini shakllantirishga 
bogʻliq. Savod oʻrgatish davrida qoʻllaniladigan grammatik oʻyinlar 
oʻquvchi imkoniyatlarini toʻla ishga solish, har bir tovush va harfning 
eng nozik tomonlariga alohida diqqat bilan qarashga undaydi. Bu 
davrda qoʻllaniladigan grammatik oʻyinlar ham xilma-xil boʻlib, 
oʻquvchiga bilim berish, uni toliqishdan saqlash, oʻzi bajargan ishdan 
zavqlanish imkoniyatini yaratadi. 1-sinf bolalariga bilim berish oʻyin 
asosiga qurilsa, samarali natijalarga erishish mumkin.
Bu yoshdagi bolalarni toliqtirmaslik, oʻqish va yozuv darslarini 
qiziqarli tashkil etish, sidirgʻali oʻqish, husnixat malakalarini 
shakllatirish va mustahkamlash uchun yozuv mashgʻulotlarini toʻgʻri 
tashkil qilsh, oʻyin shaklida uyushtirish zarur. 
Oʻquvchilar 
bilan 
grammatik 
oʻyinlar 
uyushtirilar ekan, ularga barcha oʻquvchilarni 
toʻgʻri va chiroyli yozuvda xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻyadigan 
oʻquvchilarni koʻproq jalb qilish kerak. Savod oʻrgatish davrida 
qoʻllaniladigan grammatik oʻyin turini tanlashda sinf oʻquvchilarning 
xususiyatlari, qiziqish va imkoniyatlarini hisobga olish lozim. 
Respublikamiz maktablarida mehnat qilayotgan ilgʻor boshlangʻich 
sinf oʻqituvchilari birinchi sinf oʻquvchilarini savodga oʻrgatish 
jarayonida foydalanish uchun koʻplab didaktik oʻyinlarni ijod qildilar. 
Ulardan dars jarayonida foydalanib yaxshi natijalarga erishmoqdalar. 
Boshlangʻich sinf oʻquvchilari fonetika-dan bir qator bilimlarni 
egallaydilar. Unli, undosh tovushlarni talaffuz qilish va taqqos-lash 
asosida farqlaydilar. Undosh tovushlarning jarangli va jarangsiz 
talaffuz etilishi, jufti bor va jufti yoʻq jarangli va jarangsiz undosh 
tovushlar haqida amaliy bilim oladilar. Bu borada boshlangʻich 
sinflarda qoʻllaniladigan tekshirish metodi tovushlarning jarangli yoki 
jarangsiz ekanligini anglab olish imkonini beradi. Bu, oʻz navbatida
toʻgʻri yozishda qoʻl keladi. Shuningdek, bu sinflarda boʻgʻin va uning 


Yüklə 44,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin