Buxoro davlat universiteti qodirova saodat abduraximovna


 Atrofni oʻrab olgan muhitni: tabiatni, kishilarning hayoti va



Yüklə 44,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/115
tarix20.11.2023
ölçüsü44,74 Kb.
#161849
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   115
12686 2 B75AA9F34EE58F3B5753CA8B6D3DACA248374806

1. Atrofni oʻrab olgan muhitni: tabiatni, kishilarning hayoti va 
mehnat faoliyati, bolalarning oʻyini va oʻqish faoliyatini, kattalar 
bilan munosabatni kuzatish.
Tabiat qoʻyniga, turli joylarga, 
muassasalarga ekskursiya vaqtida bolalar narsa va hodisalarni kuzatish 
bilan koʻpgina yangi nom va iboralarni oʻrganadilar. Bu ekskursiyalar 
yuzasidan oʻtkazilgan suhbat vaqtida ularning bilimi chuqurlashtiriladi, 
ayrim soʻzlar ma’nosiga aniqlik kiritiladi. 
2. Badiiy asarlar orqali oʻquvchilar lugʻatini boyitish.
Oʻquvchilar lugʻatini va nutqini boyitishda eng ishonarli manba 
badiiy asarlar hisoblanadi. Oʻqish darslarida oʻquvchilar Oybek, 
H.Olimjon, M. Shayxzoda, Gʻ.Gʻulom, H.Hakimzoda, Zulfiya, 
Uygʻun, A.Qahhor, P.Moʻmin, Q.Muhammadiy, Sh. Sa’dulla, Z.Diyor 
kabi koʻpgina soʻz ustalarining asarlarini oʻqiydilar. Oʻzbek tilini 
yuksak badiiy obrazlar yordamida oʻzlashtiradilar. Oʻqish darsida 
bolalar lugʻati ma’lum mavzularga oid soʻzlar hisobiga ham boyiydi. 
Ular lugʻatiga axloqiy tushunchalarni ifodalovchi 
yoqimtoy, shirinsoʻz, 


34 
mehribon, haqqoniy, botir, mard, jasur, mehnatsevar
kabi koʻpgina 
soʻzlar qoʻshiladi. Matn ustida ishlash jarayonida koʻp ma’noli soʻzlar, 
ma’nodosh soʻzlar, koʻchma ma’noda ishlataladigan soʻzlarni, ba’zi 
frazeologik birikmalarni bilib oladilar. 
3. Gazeta va jurnal materiallari orqali oʻquvchilar lugʻat 
boyligini oshirish.
Bolalar mustaqil oʻqishga oʻrganganlaridan keyin ular lugʻatiga 
kitob, gazeta, jurnal materiallari katta ta’sir qiladi. Shuning uchun ham 
sinfdan tashqari mustaqil oʻqish va unga rahbarlik shakllari oʻquvchilar 
lugʻatini boyitishning, nutqini oʻstirishning eng muhim manbalaridan 
hisoblanadi. 

Yüklə 44,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin