33
2) soʻzning kinoyali ma’nosini, koʻp ma’noli soʻzlarni
oʻzlashtirish;
3) soʻzlarning ma’nodoshlarini, ma’nodosh soʻzlarning ma’no
qirralarini oʻzlashtirish;
4) ayrim frazeologik birliklarning ma’nosini oʻzlashtirish.
3. Lugʻatni faollashtirish, ya’ni oʻquvchilar ma’nosini
tushunadigan, ammo oʻz nutq faoliyatida ishlatmaydigan nofaol
lugʻatidagi soʻzlarni faol lugʻatiga oʻtkazish.
Buning uchun shu
soʻzlar ishtirokida soʻz
birikmasi va gaplar tuziladi, ular oʻqiganlarni
qayta hikoyalash, suhbat, bayon va inshoda ishlatiladi.
4. Adabiy tilda ishlatilmaydigan soʻzlarni oʻquvchilar faol
lugʻatidan nofaol lugʻatiga oʻtkazish.
Bunday soʻzlarga
bolalarning
nutq muhiti ta’sirida oʻzlashib qolgan adabiy til me’yoriga
kirmaydigan, ayrim adabiy asar va soʻzlashuv tilida qoʻllanadigan
sodda soʻz va iboralar, sheva va ijtimoiy guruhga oid soʻzlar kiradi.
Adabiy til me’yori degan tushunchani oʻzlashtirgach, oʻquvchilar
yuqorida izohlangan soʻzlar oʻrniga adabiy tildagi soʻzlardan foydalana
boshlaydilar. Adabiy tilga oid malakalari
mustahkamlangan sayin
shevaga, jargonga oid soʻzlar, soʻzlashuv tilida ishlatiladigan sodda
soʻz va iboralar oʻquvchilarning faol lugʻatidan chiqib keta boshlaydi.
Oʻquvchilar lugʻati quyidagi manbalar
asosida boyitiladi va
takomillashtiriladi:
Dostları ilə paylaş: