23
Tashqi iqtisodiy faoliyat ob’ektlari.
Oldi-sotdi
yoki
ayirboshlash ob’ekti bo‘lgan
tovarlar, ishlar (xizmatlar), har qanday
mol-mulkka,
shu
jumladan,
qimmatli
qog‘ozlar,
valyuta
qimmatliklariga, elektr, issiqlik energiyasi
va boshqa turdagi
energiyaga, transport vositalariga, intellektual mulk ob’ektlariga
nisbatan, tashqi iqtisodiy faoliyatda foydalanilishi
qonun hujjatlari
bilan taqiqlanganlarini istisno etganda, tashqi iqtisodiy faoliyat amalga
oshirilishi mumkin.
Bundan tashqari mazkur qonunda tashqi iqtisodiy faoliyatning
asosiy tamoyillari keltirib o’tilgan va ular quyidagilardan iborat:
-
tashqi iqtisodiy faoliyat sub’ektlarining
erkinligi va iqtisodiy
mustaqilligi;
-
tashqi iqtisodiy faoliyat sub’ektlarining tengligi;
-
savdo-iqtisodiy munosabatlarni amalga oshirishda kamsitishlarga
yo‘l qo‘yilmasligi;
-
tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishdan o‘zaro
manfaatdorlik;
-
tashqi iqtisodiy faoliyat sub’ektlarining
huquqlari va qonuniy
manfaatlari davlat tomonidan himoya qilinishi.
O’zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga
solishda quyidagi hujjatlar qabul qilindi:
•
O‘zbekiston Respeblikasi Prezidentining 2017 yil 29
sentabrdagi
“O‘zbekiston Respeblikasi tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada
tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-3303-sonli qarori;
•
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28
yanvardagi
"Investisiya va tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini
takomillashtirish
chora-tadbirlari
to'g'risida"gi
PF-5643-sonli
farmoni;
•
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 yanvardagi
"O'zbekiston Respublikasi Investisiyalar
va tashqi savdo vazirligi
faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi PQ-4135-sonli qarori va h.
Dostları ilə paylaş: