Buxoro davlat universiteti raxmatullayeva f. M., Abdulloyev a. J., Giyazova n. B., Narzullayeva g. S


Jahon xo’jaligi tushunchasi, uning asosiy sub'ektlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/93
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210759
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   93
12740 2 A33B8B49E6EAD09463E261CBFE4E14A01B14D4D4

4.2. Jahon xo’jaligi tushunchasi, uning asosiy sub'ektlari
Adabiyotlarda jahon xo’jaligi tushunchasining ta'rifiga turli xil 
yondashuvlar mavjud.
Ularning eng muhimlarini ajratib ko’rsatish mumkin: 
1) jahon xo’jaligi – xalqaro mehnat taqsimoti tizimi bilan bir-
biriga bog'liq bo'lgan milliy xo'jaliklarning majmui. Bunday ta'rif jahon 
iqtisodiyotining milliy iqtisodlar yig’indisi sifatida namoyon bo'lishiga 
asoslanadi va to'liq hisoblanmaydi; 
2) jahon xo’jaligi – ishlab chiqarish va moliyaviy 
munosabatlarning 
jahon 
tizimi. 
Ushbu 
yondashuvda 
jahon 
iqtisodiyotining asosiy tarkibiy qismlari – real ishlab chiqarish sohasi 
va aylanma sohasi aks ettirilgan; 
3) jahon xo’jaligi – milliy davlat va nodavlat tuzilmalar majmui, 
shuningdek, ularning xalqaro mehnat taqsimoti va siyosiy aloqalar 
asosida o'zaro munosabatlari. Ushbu izohda jahon iqtisodiyoti yagona 
iqtisodiy makon (megaiqtisodiyot) bo'lib, unda iqtisodiy munosabatlar 
sub’ektlari quyidagilar hisoblanadi: 
-
dunyo mamlakatlarining milliy iqtisodiyotlari; 
-
jahon biznesining sub’ektlari – transmilliy korporatsiyalar (TMK) va 
ularning ittifoqlari;


41 
-
jahon xo’jaligi institutlari – xalqaro iqtisodiy tashkilotlar va 
integration birlashmalar. 
Milliy iqtisodiyotlar jahon iqtisodiyotining asosiy sub'ekti 
sanaladi. Dunyoda 180 dan ortiq davlat mavjud. Iqtisodiy 
rivojlanishning turli ko'rsatkichlariga ega bo'lgan ko'plab davlatlar 
orasida muhim xususiyatlarga ko'ra tasniflanadigan turli mamlakatlar 
guruhlarini ajratib ko’rsatiladi. 
Transmilliy korporatsiyalar (TMK) – dunyodagi eng yirik 
kompaniyalar, faoliyat sohasini xalqaro miqyosda olib boruvchi, ammo 
tashkil topgan mamlakatida milliy kapitalga ega hisoblanadi. 
XXI asrning boshlarida dunyoda 70 mingga yaqin TMK va 850 
ming filiallari bor edi. 50 mingga yaqin bosh-kompaniyalar rivojlangan 
mamlakatlarda joylashgan. Jahon ishlab chiqarishining 50% va dunyo 
tashqi savdosining 2/3 qismi TMK ulushiga to'g'ri keladi. Birinchi 
o'ntalikda turuvchi dunyoning eng yirik TMK larining kapitallashuvi 
bir necha yuz ming dollarni tashkil etadi.
Transmilliy korporatsiyalar mezonlari:
1)
Transmilliy korporatsiyalar faoliyat yuritadigan mamlakatlar soni;
2)
Transmilliy korporatsiyalar ishlab chiqarish quvvatlari joylashgan 
mamlakatlar soni;
3)
korporatsiya hajmi;
4)
daromad va sotishdagi xorijiy operatsiyalarning ulushi;
5)
bir necha mamlakatlarda aktsiyalarga ega bo'lish;
6)
xodimlarning xalqaro tarkibi. 
Kompaniyaning ma'lumotlariga asoslanib, transmilliylashuv 
indeksi – kompaniyaning xorijiy aktivlarining umumiy aktivlari 
hajmiga nisbati o’rtacha qiymati – hisoblab chiqiladi. 
Zamonaviy 
transmilliy 
korporatsiyalarning 
xususiyatlari 
quyidagilardan iborat: 

TMK ning yirik o’lchamlari. Ular bir necha milliard dollarlik 
aylanmaga ega yirik sanoat-moliya komplekslari bilan ifodalanadi;

TNKning roli. Bu korporativ manfaatlar mujassamlashgan 
iqtisodiyot tarmoqlarining muhim ahamiyati bilan belgilanadi. 
Bular ilmiy va texnik taraqqiyot bilan bog'liq ilg'or ilmiy-intensiv 
qayta 
ishlash 
tarmoqlari: 
avtomobil, 
elektron, 
kimyo, 
farmatsevtika va boshqalar hisoblanadi.
Transmilliy korporatsiyalar rivojlanishida bir nechta bosqichni 
ajratib ko’rsatish mumkin: 


42 
1)
XIX asrning oxiri va Birinchi jahon urushi boshlanishi. Ushbu 
davrda rivojlanayotgan mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan 
kartellar va sindikatlar ko’paydi va asosan xom ashyo ishlab 
chiqarish bilan shug'ullandi; 
2)
Birinchi jahon urushi – Ikkinchi jahon urushi oralig’idagi davr. 
Ushbu davrda asosan harbiy ehtiyojlarni qondirish uchun trestlar 
hukmron edi; 
3)
Ikkinchi jahon urushidan keyin va mustamlakachilik tizimining 
parchalanishigacha bo’lgan davr. Ushbu bosqichda zamonaviy 
qayta ishlab chiqarish sanoatida konsern va konglomeratlar 
ustunlik qildi; 
4)
XX asrning 70-80 yillari va XXI asrning boshlanishi. Ko'p tarmoqli 
konsernlar TMKning asosiy shakliga aylanadi. 
Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar – bu jahon xo’jaligi institutlari 
bo’lib, ularning roli so'nggi o'n yilliklarda ayniqsa oshdi. 
Xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning aksariyati nodavlat bo’lib, ular 
taxminan 3000 taga yaqin. Ular orasida JST, XVF, OECD va boshqalar 
kabi mashhur tashkilotlar mavjud. Tashkilotlarning yana bir guruhi – 
davlatlararo, ular 400 ga yaqin. Ular orasida Evropa Ittifoqi, NAFTA, 
ASEAN va boshqalar bor. 
Dunyoning eng muhim integratsiya birlashmalari – jahon 
iqtisodiyoti sub’ektlarini ajratib ko’rsatish mumkin.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin