Yevropa Ittifoqi (YeI).
1950 yilda birlashma shakllanishining
boshlanishi va 1951 yilning Parij shartnomasiga ko’ra (Parijda tuzilgan)
6 ta Yevropa davlatlarini o'z ichiga olgan Ko'mir va po'latning Yevropa
Ittifoqi yaratilgan. 1957 yilda Rim shartnomasiga ko’ra tashkilot
Yevropa iqtisodiy hamjamiyatiga aylantirildi va 1992 yildan buyon esa
Yevropa Ittifoqi degan nom oldi.
NAFTA – AQSh, Kanada va Meksika o'rtasidagi Shimoliy
Amerika erkin savdo uyushmasi (1994 y.).
ASEAN – 1967 yilda tashkil etilgan Osiyo-tinch okeani Ittifoqi.
Bu Osiyo-tinch okeani mintaqasining 10 davlatlarini o'z ichiga oladi.
Jahon savdo tashkiloti (JST) BMT tizimining ixtisoslashtirilgan
muassasasi bo’lib, uning faoliyati orqali butun jahon savdosining 9/10
qismini tartibga solinadi. Tashkilot 1995 yilda GATSning (General
Agreement on Trade in Services, Xizmatlar savdosi bo'yicha umumiy
bitim) vorisi sifatida tashkil etilgan.
43
4.3. Xalqaro mehnat taqsimoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar
Ma'lumki, butun jahon iqtisodiyoti, jahon bozori, xalqaro
iqtisodiy munosabatlar milliy iqtisodiyotlarning o'zaro bog'liqligining
chuqurlashuvi
va
takror
ishlab
chiqarish
jarayonining
baynalmilallashuvi natijasida xalqaro mehnat taqsimoti asosida
shakllangan. Tovarlar, xizmatlar, texnologiyalar xalqaro almashinuvi,
kapital va mehnatning xalqaro harakati butun dunyo iqtisodiyoti va
uning sub'ektlari – alohida mamlakatlarning yanada rivojlanishiga olib
keladi.
Mehnat taqsimoti – tarixiy ijtimoiy mehnat tizimi. Jamiyat
rivojlanishi jarayonida mehnat faoliyatining sifat jihatidan farqlanishi
tufayli yuzaga kelgan. Mehnat taqsimoti turli shakllarda mavjud
bo’ladi.
Xalqaro mehnat taqsimoti ishlab chiqarish jarayonini shunday
tashklillashtiradiki unda turli mamlakatlarning korxonalari muayyan
texnologik jarayonlarga, muayyan tovarlar va xizmatlarni ishlab
chiqarishga ixtisoslashadi va ularni o’zaro almashadi.
Xalqaro mehnat taqsimotining mohiyati ishlab chiqarish
jarayonini ajratish va birlashtirishning dialektik birligida namoyon
bo'ladi. Ishlab chiqarish jarayoni bir tomondan, turli xil mehnat
faoliyatlarini ajratish va ixtisoslashtirishni, ikkinchi tomondan, ularning
hamkorligi va o'zaro ta'sirini o'z ichiga oladi. Boshqacha qilib aytganda,
mehnat taqsimoti nafaqat ajratish jarayoni, balki mehnatni, ayniqsa,
jahon miqyosida, birlashtirish usuli sifatida ham namoyon bo'ladi.
Xalqaro mehnat taqsimotining ahamiyati jahon iqtisodiyotida
kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda
uning ortib borayotgan roli bilan belgilanadi. Buning sababi shundaki,
xalqaro mehnat taqsimoti birinchi navbatda ushbu jarayonlarning o'zaro
bog'liqligini ta’minlaydi, ikkinchidan, tegishli xalqaro tarmoq va
mintaqaviy-tarmoq nisbatlarini shakllantiradi.
Har bir milliy iqtisodiyot xalqaro mehnat taqsimotidan yutadi.
Jahon bozoriga mamlakatning milliy ishlab chiqarish xarajatlari jahon
narxidan past bo'lgan mahsulotlari chiqarilib va milliy ishlab chiqarish
xarajatlari jahon narxidan yuqori bo'lgan mahsulotlar import qilinadi.
Xarajatlarga kelsak, ular asosan uchta asosiy ishlab chiqarish omilining
qiymati – mehnat (ish haqi darajasi), kapital (foiz), yer va tabiiy
resurslar (yer rentasi) bilan belgilanadi.
44
Shunday qilib, xalqaro almashinuv jarayonida xalqaro mehnat
taqsimotining afzalliklarini amalga oshirish har qanday mamlakatni
qulay sharoitlarda, birinchi navbatda, eksport qilinadigan tovarlar va
xizmatlarning xalqaro va ichki narxlari o'rtasidagi farqni olish va
ikkinchidan, arzon importdan foydalanib, qimmatbaho milliy ishlab
chiqarishdan voz kechish evaziga ichki xarajatlarni tejash imkonini
beradi.
Xalqaro mehnat taqsimotini tarixan va mantiqan ravishda 3 turga
ajratiladi:
1)
umumiy XMT – xalq xo'jaligining ishlab chiqarish sohalari va
tarmoqlari bo'yicha (tarmoq ixtisoslashuvi). Bundan esa eksport
qiluvchi mamlakatlarni industrial, xomashyo yetkazib beruvchi,
agrar va boshqalarga bo’linishi kelig chiqadi;
2)
xususiy XMT – tayyor mahsulot va xizmatlarning ayrim
turlari bo'yicha (predmetli) ixtisoslashuv;
3)
Detal
boʻyicha
ixtisoslashish
–texnologik
jarayon
bosqichlarida individual qismlar, ularning komponentlarini ishlab
chiqarish bo'yicha ixtisoslashuv. Bu eng murakkab, ammo istiqbolli
ixtisoslashuv turi, chunki u o'sib borayotgan darajada milliy
iqtisodiyotlarning umumiy, alohida korporatsiyalar va firmalarning
o'zaro ta'sirini belgilaydi.
Xalqaro ixtisoslashuv va ishlab chiqarish kooperatsiyasining
kengayishi xalqaro mehnat taqsimoti rivojlanishining asosiy yo'nalishi
bo’lib, uning mohiyatini ifodalaydi.
Xalqaro hamkorlikning ob'ektiv asoslari ishlab chiqarish
kuchlarining o'sib borayotgan rivojlanish darajasi va mustaqil
korxonalar o'rtasida barqaror samarali aloqalarni o’rnatishdan iborat.
Ushbu jarayon mamlakat ichida yoki xalqaro maydonda sodir bo’lishi
mumkin.
Shunday qilib, xalqaro ixtisoslashuv va xalqaro kooperatsiyani
ishlab chiqarish munosabatlarining shakli sifatida keng tarqalishi
sheriklar o'rtasida barqaror va uzoq muddatli aloqalarga bog'liq bo'lib,
bu sheriklarga ishlab chiqarish va muomala xarajatlarini, ya'ni ishlab
chiqarilayotgan mahsulotning tannarxini tejashga yordam beradi.
Ishlab chiqarish xarajatlarining pasayishi mahsulot, firma,
mamlakat jahon bozorlarida raqobatbardoshligini oshirishga olib keladi
va bu o'z navbatida xalqaro mehnat taqsimotini zamonaviy xalqaro
45
iqtisodiy
munosabatlarni
rivojlantirishning
zarur
elementiga
aylantiradi.
Dostları ilə paylaş: |