Buxoro davlat universiteti raxmatullayeva f. M., Abdulloyev a. J., Giyazova n. B., Narzullayeva g. S


 Zamonaviy jahon bozori. Jahon bozorining kon'yunkturasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/93
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210759
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   93
12740 2 A33B8B49E6EAD09463E261CBFE4E14A01B14D4D4

5.1. Zamonaviy jahon bozori. Jahon bozorining kon'yunkturasi. 
Mamlakatlar o’rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi 
bozor munosabatlarining o’ziga xos sohasi bo’lgan, tovar ishlab 
chiqarishning shakllanishi va tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi 
bilan bog'liq bo'lgan jahon bozorining shakllanishiga olib keldi. 
Mamlakatlarning milliy bozori va jahon bozori o'rtasidagi farqni 
ta’kidlash lozim.
- milliy bozor – bu muyyan mamlakat bozori bo'lib, uning bir 
qismi xalqaro ayriboshlash (mahsulot va xizmatlar eksporti va importi) 
bilan bog'liq; 
- jahon bozori – bu jahonning barcha mamlakatlari bozorlarini 
umumlashtiruvchi tushuncha. 
Shunday qilib, har bir mamlakatda ma'lum darajada ishlab 
chiqarish kuchlari, ish haqi, o'rtacha foyda me’yori va boshqalar 
shakllanadi. Milliy bozorda tovarlar harakati ushbu mamlakat bo’ylab 
sodir bo’ladi, bir xil mahsulotga bo’lgan narxlar esa tengashtiriladi. 
Milliy bozorda tovarlar bahosining harakatiga, odatda, ichki iqtisodiy 
omillar ta'sir qiladi, garchi siyosiy qarorlar ham ta’sir qilishi mumkin: 
masalan, hukumat tomonidan ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan tovarlar 
narxlarining yoki tariflarning o'sishiga cheklovlarning joriy etilishi. 
Jahon bozorida esa boshqacha vaziyat kuzatiladi. Bu yerda milliy 
chegaralararo 
tovarlarning 
harakatlanishi 
davlatlar, 
xalqaro 
tashkilotlar, mintaqaviy guruhlarlarning tashqi savdo siyosatiga va 
boshqa ko'plab tashqi omillarga bog'liq. Ularning ta'siri ostida jahon 
bozori va jahon narxi shakllanadi. 


47 
Jahon bozori
– xalqaro mehnat taqsimotida ishtirok etish bilan 
oʻzaro bogʻlangan mamlakatlar oʻrtasidagi barqaror tovar-pul 
munosabatlari tizimi. 
Jahon tovar bozorida yuz berayotgan jarayonlarga ham xalqaro 
savdoga ta'sir ko’rsatadigan bir xil omillar ta’sir ko’rsatadi: 
-
jahon iqtisodiy aloqalarining globallashuvi; 
-
ilmiy-texnik taraqqiyot yutuqlaridan foydalangan holda 
ehtiyojlarning yangi tarkibining shakllanishi; 
-
davlatlarning tashqi savdo siyosati; 
-
dunyodagi siyosiy jarayonlar; 
-
ishlab chiqarish va kapitalning davomiy konsentratsiyasi; 
-
integratsion tuzilmalar va xalqaro savdo tashkilotlarining savdo-
iqtisodiy munosabatlarni tartibga solish masalalariga ta'siri. 
Jahon bozorlarida kuchayib borayotgan raqobat va jahon narxlari, 
talab va taklifning o’zgarishi ta’siri ostida, jahon iqtisodiy aloqalarini 
xalqarolashtirish va globallashuvi jahon iqtisodiyotida ro'y berayotgan 
jarayonlarga bevosita ta'sir ko'rsatadi: milliy va jahon narxlarining 
yaqinlashuviga, tovarlar va xizmatlarni sotishdagi tashqi savdo 
to'siqlarini bartaraf etishga, tashqi savdo faoliyatini yuritish qoidalarini 
unifikatsiyalashtirishga yordam beradi. 
Zamonaviy jahon tovar bozorida mahsulotlarning xilma-xilligi, 
sifati va ishonchliligi tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Yangi 
axborot texnologiyalarini ishlab chiqarishga keng joriy etish elektron 
birjalar (shu jumladan tovar), internet-yetkazib berish kabi yangi savdo 
shakllarining paydo bo'lishiga yordam berdi. 
Jahon tovar bozorining tuzilmasi hisobiga yangi turdagi 
tovarlarning paydo bo’lishi va mavjud bozorlardan mahsulotni sotish 
hajmi jadal o'sib borayotgan segmentlarning ajralishi hisobiga 
muntazam o'zgarib turadi. Misol uchun, mashina va uskunalar 
bozorining nomenklaturasidan qurilish mashinalari va uskunalarini 
ijaraga olish jahon bozori, qadoqlash uskunalarining jahon bozori va 
boshqalar paydo bo’ldi. Tarkibiy qismlaridan biri ilmiy-texnik 
mahsulotlar bozori bo'lgan fan sig’imkorligi yuqpori bo’lgan 
mahsulotlarning jahon bozori shakllandi.
Fan sig’imkorligi yuqori tovarlar bozori ham o'ziga xos 
xususiyatlarga ega. IHTT tasnifiga muvofiq fan sig'imkorligi yuqori 
tovarlarga quyidagi to'rtta tarmoqqa tegishli tovarlar kiradi: 
aerokosmos, farmasievtika, kompyuter va ofis jihozlari ishlab 


48 
chiqarish, kommunikasiyaning elektron vositalari. Fan sig’imkorligi 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin