yuqori tovarlar ro'yxati milliy guruhlashlarda yanada kattaroq bo'lshi
mumkin. Masalan, AQShda ularga biotexnologiya, yangi materiallar,
atom reaktorlari, qurol-yarog'larning alohida turlari ham kiritiladi.
Jahon
tovarlar
bozori
ishtirokchilari
o'rtasidagi
o'zaro
munosabatlar xarakteriga ko'ra
yopiq, ochiq, preferentsial bozorlarga
bo'linadi.
Xalqaro savdo qatnashchilarini, birinchi navbatda, tovar bozorlari
kon'yunkturasi qiziqtiradi. Zamonaviy dunyoda, bozor raqobati tobora
kuchayib borayotgan bir vaqtda, tijoratda muvaffaqiyatga erishishning
eng muhim sharti – kon'yunktura omillarining o'zaro ta'sirini tahlil
qilish asosida tovarning talab va taklif nisbatlarini doimiy aniqlashdir.
Odatda, quyidagi omillar guruhini asosiy omillar qatoriga kiritish
mumkin:
-
doimiy va o'zgaruvchan;
-
tsiklik va notsiklik;
-
bozor rivojlanishini rag'batlantiruvchi va cheklovchi omillar;
-
amal qilish muddati bo’yicha farq qiluvchi omillar.
Misol uchun, notsiklik xarakterdagi doimiy faol omillarga davlat
tomonidan monopoliyaning tartibga solinishi keltirish mumkin. Qator
sohalardagi (ayniqsa, qishloq xo'jaligi sohasida) ishlab chiqarish va
iste'molning mavsumiyligi kabi omillar tsiklik omillarga kiradi.
Tsikllar, ma'lumki, turli xil xarakter va davomiylikka ega: katta, qisqa
– ishlab chiqarish, mavsumiy, biologik va boshqalar.
Davomiyligi bo'yicha kon'yunkturani tashkil etuvchi omillar
qisqa muddatli – bir necha haftadan bir yilgacha, o'rta muddatli – odatda
besh yilgacha va uzoq muddatli deb tasniflanishi mumkin.
Kon'yunkturani tashkil etuvchi ba’zi omillar ikkitomonlama namoyon
bo'lishi bilan ajralib turadi: bir tomondan ular doimiy faoliyat
ko'rsatishi mumkin, ikkinchidan, ular davriy (tsiklik) xarakterga ega.
Ilmiy-texnik taraqqoyot (ITT) alohida mamlakatlar va umuman
jahon iqtisodiyotining iqtisodiy rivojlanishiga doimiy ta’sir qiladi.
Biroq, bu omilning doimiy ta'siridan tashqari, uning ta'sirining
tsiklikligi ham namoyon bo'ladi, chunki bilim, texnologiya, ishlab
chiqarilgan mahsulotlar doimo takomillashib boradi va ma'lum bir
bosqichda sifatli sakrash yoki ilmiy-texnik inqilob (ITI) sodir bo’ladi.
Bozorni rivojlantirishni rag'batlantiruvchi yoki cheklovchi
omillar, birinchi navbatda, savdo siyosati vositalarini, masalan, biror bir
49
mahsulotni eksport qilishni qo'llab-quvvatlash choralarini yoki savdo
urushlarini o'z ichiga oladi.