54
6-MAVZU. XALQARO TOVAR SAVDOSI VA UNI
BOSHQARISH
6.1. Xalqaro iqtisodiy munosobatlar tizimida
xalqaro savdo
6.2. Xalqaro savdo, uning dinamikasi va tarkibi
6.3.Tashqi savdo siyosati. Xalqaro
savdoni tartibga solish
Tayanch iboralar: xalqaro iqtisodiy munosobatlar, xalqaro
savdo, tashqi savdo, tashqi savdo balansi, tashqi savdo aylanmasi
6.1. Xalqaro iqtisodiy munosobatlar tizimida xalqaro savdo
Turli mamlakatlar o'rtasida tovarlar va
xizmatlarni sotib olish va
sotish jarayonini ifodalovchi xalqaro savdo xalqaro iqtisodiy
munosabatlarning (XIM) tarixiy jihatdan ilk shakli hisoblanadi.
Xalqaro savdo - dunyodagi barcha mamlakatlarning tashqi
savdosidan kelib chiqadigan xalqaro tovar-pul munosabatlari tizimi, bu
turli davlat-milliy xoʻjaliklari oʻrtasidagi
tovar va xizmatlarning
ayirboshlash jarayonidir.
Savdoning paydo bo'lishi mehnatning ijtimoiy taqsimoti va tovar-
pul munosabatlarining rivojlanishi bilan bog'liq. Qadimgi va o'rta
asrlarda savdogarlar tomonidan amalga oshirilgan tashqi savdo ustunlik
qildi. Kech o'rta asrlarda (XV–XVII asrlar) jahon bozorining
shakllanishi bilan xalqaro savdo, savdo kapitali rivojlandi.
Xalqaro
savdoning
rivojlanishi
yangi
zamon
jahon
iqtisodiyotini
rivojlantirishning muhim omillaridan biridir. Xalqaro savdo atamasini
birinchi marta XII asrda italiyalik iqtisodchi Antonio Margaretti
"Italiyaning shimolidagi xalqlarning hokimiyati» iqtisodiy risolasida
qo’llagan.
Mamlakatlarning xalqaro savdoda ishtirok etishining afzalliklari:
•
milliy xo'jaliklarda takror ishlab
chiqarish jarayonining
jadallashuvi
ixtisoslashuvning
kuchayishi,
ommaviy
ishlab
chiqarishning paydo bo'lishi va rivojlanishi uchun imkoniyatning
yaratilishi, yangi texnologiyalarni joriy etish samaradorligini oshirish
natijasidir;
55
•
uskunalarning
ish
yuki
darajasini
oshirish,
eksport
mahsulotlarini yetkazib berishni ko'paytirish
ish bilan bandlikni
oshishiga olib keladi;
•
xalqaro raqobat korxonalarni takomillashtirish zaruratini keltirib
chiqaradi;
•
eksport daromadlaridan kelgan tushum sanoatni rivojlantirishga
yo’naltirilgan kapitalni yig'ish manbai bo'lib xizmat qiladi.
Zamonaviy xalqaro tovarlar va xizmatlar savdosi xalqaro iqtisodiy
munosabatlar tizimida markaziy o'rinni egallaydi. Xalqaro savdo har
qanday
milliy
iqtisodiyot,
birinchi
navbatda,
jahon
savdo
munosabatlarida faol ishtirok etishdan qo'shimcha foyda oladigan ochiq
iqtisodiyot davlatlarini rivojlantirish uchun zarurdir.
Tovarlar va
xizmatlar xalqaro savdosi tufayli mamlakatlarning ilmiy-texnik, ishlab
chiqarish,
texnologik,
moliyaviy
o'zaro
bog'liqligi
mustahkamlanmoqda.
Xalqaro savdo ikki asosiy turga bo'linadi: tashqi savdo va jahon
savdosi.
Dostları ilə paylaş: