38
An'anaviy tarzda xalqaro tovarlar, xizmatlar va intellektual mulk
savdosi alohida shakl sifatida ajratiladi. Ishlab chiqarish omillarining
harakati xalqaro iqtisodiy munosabatlarning xalqaro kapital harakati,
xalqaro ishchi kuchi migrasiyasi, texnologiyalarni xalqaro uzatish kabi
shakllari asosida yotadi.
Kapital, mehnat va texnologiyadan tashqari boshqa iqtisodiy
resurslardan biri hisoblangan tabiiy resurslar harakatchan emasligi bois,
jahon xo'jalik aloqalarida qazib
chiqarilgan va ular asosida
tayyorlangan mahsulotlarning xalqaro savdosi orqali qatnashadi.
Tadbirkorlik qobiliyati omili esa, odatda, kapital, ishchi kuchi va
texnologiyalar bilan birgalikda harakatlanadi, shu sababdan xalqaro
iqtisodiy munosabatlarning alohida shakli sifatida qatnashmaydi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning keyingi shakli xalqaro
valyuta-kredit va moliya munosabatlari xalqaro savdo hamda ishlab
chiqarish omillarining xalqaro harakati hosilasi hisoblansa-da,
jahon
xo'jaligida alohida ahamiyatga ega mustaqil iqgisodiy munosabatlar
sifatida tan olingan.
Jahon xo’jaligi, zamonaviy holatiga erishgunicha, uzoq
rivojlanish yo'lidan o'tdi. Jahon iqtisodiyotining davriyligini
yoritishdagi turli tuman qarashlarga e'tibor qaratish lozim. Jahon
xo’jaligining shakllanishi va rivojlanishi sohasidagi ayrim
tadqiqotchilar uning paydo bo’lishini Rim imperiyasining davriga
ishora qiladilar. Bir qator mualliflar jahon xo'jaligining kelib chiqishini
buyuk geografik kashfiyotlar davri va XV–XVII asrlarda kapitalning
dastlabki to'planishi bilan bog'lashadi, ya’ni
bu davrda bir qator
rivojlangan g'arbiy Yevropa davlatlari (Angliya, Ispaniya, Portugaliya)
Osiyo, Amerika va Afrika hududlarini o’z ta’sirlari ostiga oldi.
Metropoliya va koloniyalar o'rtasida yaqin bozor munosabatlarining
shakllanishi yuzaga keldi. Asta-sekin xalqaro tovar ayirboshlash va
eksport qilinadigan kapital hajmi
o'sib bordi.
Iqtisodchilarning aksariyati zamonaviy jahon iqtisodiyoti XIX–
XX asrlar bo’sag’asida shakllangan deb hisoblashadi. Bu vaqtga kelib,
Yevropaning yetakchi mamlakatlarida, shuningdek, AQSh, Rossiya va
Yaponiyada
iqtisodiyotning
sanoat
va
agrar
tarmoqlarini
mexanizatsiyalash va elektrlashtirishga olib kelgan dastlabki ikki ilmiy-
texnik inqilob sodir bo’ldi. Ushbu mamlakatlarda ishlab chiqarish va
kapital kontsentratsiyasining jarayoni tezlashdi, monopoliyalar hosil
bo'ldi (kelajakdagi sanoat va moliya korporatsiyalarining prototipi).
39
Konveyer ishlab chiqarishning, texnik yangiliklarning joriy etilishi
ichki va tashqi bozorlarga tovar yetkazib berishning o'sishiga olib keldi.
Tez sur'atlarda bozor infratuzilmasi o'zining asosiy bo’g’inlari bo’lgan
kredit va moliya institutlari, fond birjalari, sug'urta kompaniyalari bilan
rivojlandi. Dunyoning yetakchi davlatlarining
iqtisodiy qudratining
kuchayishi ular o'rtasidagi raqobatning keskin tus olishiga, hududiy
ekspansiyaga (kengayishga) olib keldi. Qarama-qarshi tomonlarning
ittifoq bloklari hosil bo’ldi. Shunday qilib, zamonaviy jahon xo’jaligi
shakllanishining birinchi bosqichi XIX asrning so'nggi choragi – 1913
yilni qamrab oladi.
Ikkinchi
bosqichda
(1914-1945)
mustamlakachi
kuchlar
o'rtasidagi jahon tovar bozorlari va tabiiy resurslar uchun kurash juda
yuqori darajaga yetdi va ikkita jahon urushiga olib keldi. Dunyoning
siyosiy xaritasida katta o'zgarishlar ro'y berdi: mustamlakachi
imperiyalarning qulashi, masalan, Usmonlilar imperiyasi; dunyodagi
birinchi ma’muriy-buyruqbozlik xo'jaligiga ega davlatning SSSRning
paydo bo’lishi. G'arbning yetakchi mamlakatlarida iqtisodiyotni davlat
tomonidan tartibga solishning oshish tendentsiyasi kuzatildi. Bu,
ayniqsa, iqtisodiy va harbiy notinchliklar davrida sezilarli bo’ldi.
Uchinchi bosqich – 1940-1980 yillar xo’jalik yuritishning bozor
iqtisodiyoti shakli mavjud va mavjud bo’lmagan
davlatlarning
to'qnashuvi bilan tavsiflanadi. 1960 yillarning boshida mustamlaka
tizimining butkul parchalanishi sodir bo'ldi. Rivojlanayotgan
mamlakatlarning katta guruhi avtarkiyani (izolyatsiyani) yengib,
xalqaro iqtisodiy munosabatlarga kirishdi. 1970 yillarda jahon
xo’jaligida yetakchi mavqega AQSh, G'arbiy Yevropaning bir qator
davlatlari va Yaponiya chiqdi. Janubi-Sharqiy Osiyodagi yangi sanoat
mamlakatlari (Gonkong, Koreya Respublikasi, Singapur) va yaqin
Sharqdagi neft qazib chiqaruvchi davlatlarning (BAA,
Saudiya
Arabistoni) iqtisodiyoti jadal rivojlana boshlagan.
Ushbu davrda jahon iqtisodiyotining rivojlanishidagi asosiy
tendentsiyalar: baynalmilallashuv, milliy iqtisodiyotlarning yanada
yaqinlashishi va o'zaro ta'sirida va transmilliylashuv – transmilliy
korporatsiyalarning (TMK) rolining kuchayish jarayonida namoyon
bo’ladi.
To'rtinchi bosqich 1990 yillarning boshidan boshlab hozirgi
kungacha davom etmoqda. Eng muhim voqea – Markaziy va Sharqiy
Yevropa, Osiyo davlatlarining bozor iqtisodiyotiga o’tishidir.
40
Dunyoning yetakchi davlatlari iqtisodiy rivojlanishning yangi
bosqichiga –
postindustrial, axborot-texnologiya jamiyatiga kirishdi.
Rivojlanayotgan mamlakatlar orasida Braziliya, Hindiston, Xitoy,
Meksika, Turkiya, Janubiy Afrikaning iqtisodiy taraqqiyotini alohida
qayd etish lozim. Bosqichning asosiy tendentsiyalari:
•
iqtisodiyotni
liberallashtirish
yoki iqtisodiy faoliyatni davlat
tomonidan tartibga solishni kamaytirish jarayoni,
•
integratsiya
yoki mamlakatlarning qit'a ittifoqlari - Yevropa Ittifoqi,
NAFTA va boshqalar ichida siyosiy-iqtisodiy birlashuvi,
•
globallashuv
, mamlakatlar, mintaqalar o'z chegaralaridan tashqarida
iqtisodiy faollikka intilishi, bozorlarni birlashtirish jarayoni.
Zamonaviy
davr jahon valyuta-moliyaviy, xom-ashyo, iqtisodiy
inqirozlarning ortishi bilan tavsiflanadi. Davlatlarning ajralib ketishiga
olib keladigan geosiyosatning kuchayishi sharoitida insoniyatning
global muammolarini birgalikda hal qilishning yo'llarini topish qiyin.
Dostları ilə paylaş: