Reja: Saudiya arabistonining iqtisodiyoti



Yüklə 43,72 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü43,72 Kb.
#209571
SAUDIYA ARABISTONINING IQTISODIY GEOGRAFIK O\'RNI TABIIY RESURSLARI AHOLISI VA XO\'JALIGI


SAUDIYA ARABISTONINING IQTISODIY GEOGRAFIK O'RNI TABIIY RESURSLARI AHOLISI VA XO'JALIGI
Reja:
1.Saudiya arabistonining iqtisodiyoti
2. Saudiya arabistonining tabiiy resurslari va ahlosi
3. Saudiya arabistonining xo’jalidi

Saudiya Arabistoni— mutlaq teokratik monarxiya. Davlat boshligʻi — podshoh, ayni vaqtda bosh vazir va qurolli kuchlar oliy bosh qoʻmondoni hamdir. U hukumat (Vazirlar Mahkamasi)ni tuzadi. 1992-yil 1 martda podshoh farmoni bilan 4 yillik muddatga Shoʻro (Maslahat) Kengashi tashkil etilgan. 1997-yilda Shoʻro Kengashi aʼzolarining soni 60 kishidan 90 kishiga yetkazildi. Podshoh Shoʻro Kengashini tarqatib yuborishi va kayta tuzishi mumkin. Podshoh vazirlarni tayinlash, hukumatni tarkatib yuborish va yangidan tuzish vakolatiga ega. Hukumat, asosan, podshoh oila aʼzolaridan tuziladi.


Siyosiy partiya va kasaba uyushmalari faoliyati rasman man etilgan.
Tabiati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Saudiya Arabistonijanubi-gʻarbda Qizil dengiz, shimoli-sharqda Hind okeanining Fors qoʻltigʻi bilan oʻralgan. Qirgʻoklari koʻp joyda past, qumloq, baʼzan qingʻirqiyshiq. Saudiya Arabistoni koʻp qismini (1 million km² ga yaqinini) choʻl tashkil qiladi. Platosimon tekisliklar keng tarqalgan (gʻarbga tomon 1000–1300 m ga, sharqqa tomon 200–300 m gacha pasayib boradi). Yer yuzasi quruq daryo vodiylari bilan sezilarsezilmas boʻlinib turadi. Mamlakatning kattagina qismini lavali maydonlar, toshloq choʻllar (homadalar) tashkil qiladi. Qumli choʻllarning eng yiriklari — Nefud, Dahna. RubʼulXolishshx shimoliy qismi barxanlar (200 m balandliklikkacha), tizmali doʻng qumliklardan iborat. Zinasimon qir koʻp. Gʻarbda Qizil dengizga parallel holda bal. 2500–3000 m boʻlgan Hijoz va Asir togʻlari choʻzilib ketgan. Fors qoʻltigʻining sohili boʻylab ayrim joylari botqokdik yoki shoʻrxok qatlam bilan qoplangan AlXasaʼ pasttekisligi joylashgan (kengligi 150 km gacha).
Gʻarbda Afrika — Arabiston platformasi fundamentining turtib chiqqan yeri — NubiyaArabiston qalqoni joylashgan boʻlib, u arxey — quyi proterozoy davrlariga mansub gneys va migmatitlar, shuningdek, yuqori proterozoyga oid geosinklinal choʻkindi komplekslaridan (qalinligi 10 km dan ortiq) iborat. Yuqori va quyi proterozoy davriga oid intruziyalar keng rivojlangan: shimoli-sharqiy yoʻnalishda qalqon jinslari platforma qoplamasining qatlamlari ostiga choʻkkan, bu jinslar vend va paleozoydan boshlanib, mezozoy va paleogenni oʻz ichiga oladi. Fors qoʻltigʻining yon bagʻri boʻylab Mesopotamiya chekka egilmasining neogen davriga mansub qalin molasslari rivojlangan boʻlib, uning janubiy chekkasida yirik neft konlari joylashgan. RubʼulXoli sineklizasi ikkinchi neft mintaqasi hisoblanadi. Qalqonning tokembriy davri jinslari orasida temir, xrom, mis, qoʻrgʻoshin, pyx, oltin rudalari, nodir yer elementlari, berilliy va qalay konlari bor.
Iklimi shimolda subtropik, janubda tropik, quruq, keskin kontinental. Yozi juda issiq, qishi iliq. ArRiyodda iyulning oʻrtacha temperaturasi 33°, yanvarda 14°, eng yuqori temperatura 48°, mamlakatning janubda 54° va undan yuqori boʻlishi mumkin. Sohilda bu vaqtda namlik deyarli 100% ga yetadi. Shimolida baʼzan temperatura — 11° gacha pasayadi. Yogʻin miqdori deyarli hamma joyda 100 mm dan kam (yogʻin markaziy hududlarda bahorda, shimoliy hududlarda qishda, janubda yezda nisbatan koʻproq boʻladi), togʻlarda yiliga 400 mm ga yetadi. RubʼulXoli qumli choʻl va boshqa ayrim hududlarda oʻn yillab yogʻingarchilik boʻlmaydi. Asir viloyatidagi togʻlarda yogʻin yiliga 25,5 mm ni tashkil etadi. Jan.ning issiq samum shamoli bahor va yozning boshlarida qum boʻronlariga sabab boʻladi.
Muntazam oqib turadigan daryolar yoʻq. Suv uch xil yoʻl bilan: quduqlar, yomgʻir yoki suv toshqini vaqtida hovuzlarga yigʻish va maxsus moslamalar yordamida dengiz suvini chuchuklashtirish orkali olinadi. Saudiya Arabistonida dunyoda eng koʻp chuchuk suv (dunyoda olinayotgan chuchuk suvning 30%) ishlab chiqariladi. Yomgʻir va toshqin suvlaridan toʻliq foydalanish maqsadida 186 ta damba va umumiy hajmi 775 mln.3 boʻlgan hovuzlar kurilgan. Sizot suvlar ehtiyojning 1/3 qismini qondiradi. Tuprogʻi oddiy choʻl tuprogʻidan iborat, hududining katta qismida tuproq qatlami oʻrnini tuz qoplami egallaydi. Shimolida dagʻal subtropik boʻz tuproq, janubda shoʻr tuproq va oʻtloqshoʻrxok tuproqlar mavjud.
Oʻsimligi, asosan, choʻl va chala choʻl oʻsimliklaridan iborat. Ayrim joylarda oq saksovul, yantoq, toshloq choʻllarda lishayniklar, lavali maydonlarda shuvoq, astragal, vodiy oʻzanlarida yakkaterak, akatsiyalar, shoʻr yerlarda yulgʻun, suv boʻylarida va shoʻrroq joylarda galofitlar oʻsadi. Koʻchib yuruvchi qumli choʻllarda deyarli oʻsimlik oʻsmaydi. Namgarchilik koʻp boʻlgan yillari va bahor paytida koʻproq efemer oʻsimliklar oʻsadi. Janubidagi togʻlarda savanna koʻp. Oʻrmon va yaylovlar xukumat tomonidan muhofaza qilinadi. Oʻrmonlar S.A.ning janubi-gʻarbiy qismida joylashgan va 2,29 mln. gektar maydonni egallaydi. Koʻchuvchi qumlardan saklash uchun tabiiy himoya chizigʻini shakllantirish maqsadida daraxtlar ekiladi. Har yili koʻchat ekish xaftaligi oʻtkaziladi. Hayvonlardan boʻri, chiyaboʻri, sirtlon, tulki, qulon, kiyik, gʻizol, daman, quyon, arab yoʻlbarsi, tuyaqushlar uchraydi. Koʻpgina kemiruvchilar, sudraluvchilar va qushlar yashaydi. Saudiya Arabistoni chigirtkalar makoni hisoblanadi. Qizil dengizda turli xil baliq, toshbaqa va boshqa dengiz hayvonlari uchraydi. Dengiz va quruklikda yovvoyi tabiatni muhofaza qilish va rivojlantirish maqsadida Tabiatni muhofaza qilish hamda rivojlantirish milliy qoʻmitasi tomonidan umumiy maydoni 90 ming km² boʻlgan 15 qoʻriqxona va Asir milliy bogʻi tashkil etilgan.
Aholisining 90% ini arablar tashkil qiladi. Hindlar, misrliklar va pokistonliklar, bir necha yuz ming eronlik, fillipinlik, bangladeshlik, yamanlik, indonez, sudanlik, suriyalik, iordaniyalik va boshqa ham yashaydi. S.A.da 200—800 ming oʻzbek istiqomat qiladi, deb hisoblanadi. Yirik qabila birlashmalari — unayza va shammar; qabilalar — harb, mutayr, huzayl, kaxtan, juhayna, muahib, shararat, manasir, banu asad, tanuh, quraysh, banu shaybon. Rasmiy til — arab tili; ingliz tili ham keng tapqalgan. Davlat dini — islom. Islom dinining muqaddas ziyoratgoh shaharlari — Makka va Madina Saudiya Arabistoni dadir. Har yili bu shaxdrlarda 2 mln. dan ortiq musulmon xaj va umra safarida boʻladi. Shahar aholisi 80,2%. Yirik shaharlari — Ar-Riyod, Jidda, Makka, Madina.
Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Saudiya Arabistoni hududida qadimdan (mil. av. 2 ming yillik) koʻchmanchi arab qabilalari yashab kelgan. Mil. 7-asrda Arabiston yarim orolning gʻarbiy qismi (Hijoz)da islom paydo boʻlib, poytaxti Madina shahri boʻlgan ilk musulmon teokratik davlati — Arab xalifaligi yuzaga keldi. 7—8-asrlarda S.A. hududining koʻp qismi Ummaviylar, 8-asrning 2-yarmi — 9-asrlarda Abbosiylar xalifaligiga qaragan. 10—12-astlarda Arabiston yarim orolning bir qismida mustaqil amirlik, sultonliklar paydo boʻlgan. Xijoz Fotimiylar, soʻngra Ayyubiylar, 13-asrning oʻrtalari va 16-asrning boshlarida mamluklarga qaram boʻlgan. Hijozning iqtisodiy va diniy-siyosiy jihatdan mavqei yuqoriligi tufayli xalifalar bu yerda oʻz hukmronliklarini saqlab qolishga urinishgan. 16-asr boshlarida Hijozni Usmonli turklar oʻz tasarrufiga olgan. 18-asr ga kelib Najdda vahhobiylik diniy-siyosiy oqimi paydo boʻldi. Najd oʻzining nisbatan mustaqilligi bilan ajralib turgan. Najd amirliklaridan biri Diriya xokimi Muhammad ibn Saud (Saudiylar sulolasi boshligʻi) 1745-yil Arabistonni vahhobiylik shiori ostida birlashtirishga harakat qildi. 19-asrning boshlariga kelib Arabistonning talay qismi Saudiylar davlatiga birlashtirildi. Bu davlat — birinchi Saudiylar davlati (1745—1811) hisoblanadi. 1811 — 18 yillarda Arabiston yarim orolning koʻp qismi Misr poshosi Muhammad Ali qoʻshinlari tomonidan egallab olindi va Saudiylar davlati parchalab yuborildi. 1843-yil Faysal ibn Turki boshchiligida saudiylar mahalliy qabilalar koʻmagida Najdni ikkinchi marta egallashdi. ArRiyod shahri poytaxtga aylantirildi. Barpo etilgan davlat — saudiilarning ikkinchi davlati hisoblanadi (1843—65). 1840-yildan soʻng ham Hijoz turklar qoʻlida qolaverdi. 19-asrning 2-yarmida vahhobiylar davlati Shammar hukmdori boʻlgan Rashidiylar tomonidan bosib olindi. 1902-yil amir Ibn Saud Kuvayt hukmdori Muborak yordamida ArRiyodni egallab, Rashidiylarga zarba berdi, keyinchalik Najdda Saudiylar hukmronligini tikladi. Abdulaziz ibn Abdurahmon (Ibn Saud) Ol Saudlarning uchinchi davlatiga asos soldi (1902-yildan). Mustamlakachilik maqsadlarini koʻzlagan Buyuk Britaniya 1915-yil dekabrda Angliya — Saudiya bitimining imzolanishiga erishdi. Bitimga muvofiq, Buyuk Britaniya Najd mustaqilligini tan olib, Ibn Saudga subsidiya, qurolyarogʻ bilan yordam beradigan boʻldi. Biroq Najdni Turkiyaga qarshi urushtirishga muyassar boʻlmadi. Ayni vaqtda (1915) Misrdagi ingliz komissari MakMagon bilan Makka (Hijoz) sharifi Husayn oʻrtasidagi maxfiy yozishmalar natijasida bir bitimga kelishilib, unga muvofiq, Husayn arablarni Turkiyaga karshi otlantirishga vaʼda berdi. Buning evaziga Buyuk Britaniya Husayn boshchiligidagi boʻlajak arab davlatining mustaqilligini tan olmoqchi boʻldi. 1916-yil Husaynning oʻgʻli amir Faysal qoʻshinlari ingliz razvedkachisi T. E. Lourens rahbarligida Turkiyaga qarshi harbiy harakat boshladi. 1918-yil Husayn "arablar podshosi" degan unvonni oldi. Lekin Antanta davlatlari uni faqat Hijoz podshosi deb tan olishdi. Birinchi jahon urushi tugagach, Ibn Saud Arabistonni birlashtirishni davom ettiraverdi. 1920-yil u Asirning bir qismi ustidan hukmronlik oʻrnatdi (Asirning hammasi 1930-yil boʻysundirildi). 1921-yil Shammarni boʻysundirdi. Yangi davlatning kuchayishini xohlamagan Buyuk Britaniya 1922-yil oʻzining gumashtalari (sharif Husaynning oʻgʻillari) — Iroq qiroli Faysal va Movarourduniya (Transiordaniya) amiri Abdullohni Ibn Saud davlatiga qarshi chiqishga undadi. Saudiylar magʻlubiyatga uchradilar va bu Ibn Saudni 1922-yil Uqayrada Iroq bilan Kuvayt oʻrtasidagi chegarani belgilash haqidagi shartnomani imzolashga majbur etdi.
Natijada chegara, yaʼni betaraf mintaqa barpo etiddi. 1924—25 yillarda Ibn Saud Hijozni Najdga qoʻshib oldi. Birinketin Toif, Makka, Jidda va Madina qoʻlga kiritildi. 1926-yil yanvarda u oʻzini Hijoz podshosi, Najd va boshqa qoʻshib olingan viloyatlarning sultoni deb eʼlon qildi. 1927-yil Buyuk Britaniya yangi Saudiylar davlatini tan olishga majbur boʻldi. 1932-yildan boshlab mamlakat S.A. Podshohligi deb ataladigan boʻldi. 1934-yil S.A. va Yaman oʻrtasida boʻlib oʻtgan va Yamanning magʻlubiyati bilan tugagan urush natijasida S. A. Asir, Jizana va Najdning bir qismini oʻz tarkibiga kiritdi.
Ikkinchi jahon urushi davri (1939—45)da S.A. Germaniya (1941) va Italiya (1942) bilan diplomatik aloqani uzdi, ammo urushda qatnashmadi. Urush oxiriga kelib S.A.da AQSH taʼsiri kuchaya boshladi. 1943-yil AQSH Saudiya Arabistoni bilan diplomatik aloqa oʻrnatdi va S.A. ga lendliz (biror shart bilan qarz berish) qonunini joriy etdi. AQShning ARAM KO neft kompaniyasi 1972-yilga qadar neft qazib olish ishlarini bajarib keldi. 1962-yil Saud amaldagi hokimiyatni amir Faysalga topshirishga, 1964-yil 2-noyabrda esa Faysal foydasiga taxtdan voz kechishga majbur boʻddi. Faysal hukumati xalq xoʻjaligi (yangi sanoat korxonalarini barpo etish va hokazo), xalq taʼlimi sohasida bir qancha islohotlar oʻtkazdi. 1960-yillarning 2-yarmidan S.A. tashqi siyosati 2 xil yoʻnalishda boʻldi. Bir tomondan musulmon davlatlari tashkiloti — Islom paktini tuzib (1966), kommunizmga qarshi harakatni qoʻllab-quvvatlagan boʻlsa, ikkinchi tomondan Isroil agressiyasiga duchor boʻlgan arab mamlakatlari (Misr, Suriya va Iordaniya)ga moliyaviy yordam bera boshladi. 1973-yilgi Yaqin Sharkdagi harbiy tanglik paytida S.A. oʻz qoʻshinlari bilan arab mamlakatlari tomonida turib urushda qatnashdi va Misr hamda Suriyaga qaytarib olmaslik sharti bilan moliyaviy yordam berdi; Isroilni quvvatlayotgan mamlakatlar — AQSH, Gollandiyaga neft sotishni vaqtincha toʻxtatib qoʻydi. 1974-yil oktabr oyida Rabotda boʻlib oʻtgan arab mamlakatlari rahbarlarining konferensiyasida S.A. Falastin Ozodlik tashkilotini tan oldi. 1975-yil 25 martda podshox. Faysal oʻldirilgach, uning oʻrniga Xolid ibn Abdulaziz podshoh boʻddi. 1982-yil iyunda PodshohXolid bin Abdulaziz vafotidan keyin uning oʻrniga Faxd bin Abdulaziz taxtga oʻtirdi. S.A. — 1945-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1992-yil fev,da oʻrnatgan. Milliy bayrami — 23-sentabr — Podshohlik eʼlon qilingan kun (1932).
Xoʻjaligi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Iqtisodiyotining asosi — neft va gaz sanoati. Ikkinchi jahon urushiga qadar S.A. xoʻjaligida chorvachilik ustun boʻlgan. Urushdan keyin neft qazib olish va eksport qilish hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻldi. Neft va neft mahsulotlaridan keladigan daromad 5 yillik rejalar doirasida sanoatni rivojlantirishga katta mablagʻ ajratish imkonini berdi. Yalpi ichki mahsulotda sanoat ulushi 53%, qishloq xoʻjaligi ulushi 6%, xizmat koʻrsatish tarmogʻi ulushi 41% ni tashkil etadi. Saudiya Arabistoni yalpi xdjmining 35% xususiy sektorga toʻgʻri keladi.
Sanoati[tahrir | manbasini tahrirlash]
S.A. neft zaxiralari boʻyicha dunyoda 1-oʻrinda (35,8 mlrd. tonna), neft qazib chiqarish boʻyicha 2oʻrinda (AQShdan keyin) turadi. Neftning 95% "Saudi ARAM KO" milliy kompaniyasi tomonidan qazib chiqariladi. S.A.da kuniga 7,5 mln. barrel (2002-yil 308 mln. tonna) neft qazib olinadi. Gaz zaxiralari boʻyicha dunyoda 4oʻrinni egallasada, uni qazib olish boʻyicha Yaqin Sharqda loʻrinda turadi. 1960-yillarning oxiridan neft kimyosi sanoati keng rivojlandi. Metallurgiya (Jidda), qogʻoz (Dammom), oziq-ovqat (Makkadagi yog zavodi, konditer fabrikasi, ArRiyoddagi sabzavot konservalari va Jiddadagi meva sharbati ishlab chiqaradigan fabrika hamda Hufuf va Madinadagi xurmoni qayta ishlash fabrikasi), toʻqimachilik, qurilish materiallari sanoati ham rivojlangan. Jidda, Dammom va ArRiyodda sement zavodlari, Dahronda oynashisha zavodi bor. Bu korxonalarning koʻpchiligi toʻliq yoki qisman (70%cha) "Sabik" davlat konserniga karashli va u tomonidan nazorat qilinadi. Yiliga oʻrtacha 66,8 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi. S.A.da hunarmandchilik, shu jumladan, zargarlik korxonalari salmokli oʻrin egallaydi.
Qishloq xoʻjaligi bundan chorak asr muqaddam iqtisodiyotning eng qoloqtarmogʻi hisoblangan. 1990-yillardan u juda tez surʼatlar bilan rivojlandi va daromadli tarmoklardan biriga aylandi. Ekin ekiladigan umumiy maydon 1990-yillarningoxirida 1,8 mln. gektarga yetdi. Asosiy qishloq xoʻjaligi ekini — gʻalla, sholi. Xurmo, kofe, uzum, mandarin, banan, sabzavot va mevali oʻsimliklar ham oʻstiriladi. Koʻchmanchi chorvachilik rivojlangan: tuya, qoʻy, echki, qoramol, shuningdek, tovuq boqiladi. Baliqovlash bilan shugʻullaniladi. Yiliga oʻrtacha 698 ming t sut mahsulotlari ishlab chiqariladi. Mamlakat oʻz aholisini asosiy oziqovqat mahsulotlari bilan toʻliq taʼminlaydi. Dengizdan marvarid va marjon olinadi. Har yili Makka va Madinaga keluvchi 2 mln.dan ortiq ziyoratchiga xizmat koʻrsatiladi.
Temir yoʻllar uz. 1400 km ni tashkil etadi. Eng yirik temir yoʻl yoʻnalishlari Dammom— Dahron—ArRiyod (562 km), Hufuf—ArRiyod (322 km). Avtomobil yoʻllari uz. 159 ming km, undan 100 ming km asfaltlangan; neft quvuri uz. — 3,7 ming km. S.A. Yaqin Sharqda eng kuchli dengiz flotiga ega. Mamlakatdagi asosiy dengiz portlari: Jidda, Yanbo, Jizon, RasTannura, Dammom, Jubayl, Daba va boshqa Mamlakatdagi 25 aeroportdan 3 tasi xalqaro aeroportdir. Havo aloqasi "SaudiArabiyen erlayns" aviakompaniyasi orqali amalga oshiriladi. Xalqaro aeroportlari Dahron, Jidda va ArRiyodda.
S.A. chetga, asosan, neft va neft mahsulotlari, bugʻdoy, xurmo chiqaradi. Chetdan mashina jihozlari, avtomobil, isteʼmol mollari, transport vositalari, metall, toʻqimachilik buyumlari, qurolyarogʻ oladi. Asosan, Yaponiya, AQSH, Buyuk Britaniya, Koreya Respublikasi, Singapur, Fransiya, Germaniya bilan savdo qiladi. Pul birligi — S.A. riyoli.

Saudiya Arabistoni Arabiston yarim orolining deyarli ⅔ qismini va Qizil dengiz hamda Fors ko‘rfazidagi sohilbo‘yi orollarini o‘z ichiga oladi. Shimolda Iordaniya (728km), Iroq (814km), Quvayt (222km) bilan, janubda Yaman (1458km) bilan, janubi-sharqda Ummon (676km) va BAA (457km) bilan, sharqda Qatar (60km) bilan chegaradosh. G‘arbda Qizil dengiz va Akaba ko‘rfazi suvlari bilan, sharqda Fors ko‘rfazi suvlari bilan yuvilib turadi. Sohilbo‘yining uzunligi 2640km. Janubda va janubi-sharqda chegaralari aniq o‘rnatilinmaganligi tufayli hududi 1.750.000km².dan 2.200.000km².gacha deb belgilangan. Poytaxti Ar-Riyod shahri.


Saudiya Arabistoni relyefiga ko‘ra bir nechta qismlarga ajratiladi: Tixama pasttekisligi, Xijoz va Asir tog‘ tizmalari, ichki cho‘l yassitog‘lik hududi-Najd, Shammar yassitog‘ligi, Katta Nefud, Al-Hamad, Rub-al-Xali, Kichik Nefud cho‘llari, sharqiy sohilbo‘yi pasttekisligi-Al-Xasa.
Mamlakatning eng chekka g‘arbida Qizil dengiz va Xijoz tog‘ tizmasi oralig‘ida dengiz bo‘yi qumli cho‘l pasttekisligi Tixama joylashgan. Tixamaning kengligi janubda 70km.ga, shimolda esa Akaba ko‘rfazida 7km.gacha kamayadi.
Arab ko‘rfazidan to Yaman respublikasigacha Xijoz tog‘ tizmasi va uning janubda davomi bo‘lgan Asir tog‘ tizmasi cho‘zilgan. Xijoz tog‘i­ning balandligi turlicha, o‘rtacha balandligi 1500m, eng baland nuqtasi 2580m.ga yetadi. Janubiy qismida tog‘ tizmalarining balandligi 800-1000m.dan oshmaydi. Biroq janubiy Makkada tog‘larning balandligi keskin ko‘tariladi, Asirda 3000m.gacha yetadi. Eng baland cho‘qisi Saud tog‘i 3133m.Bu yerda ba’zi bir cho‘qqilar qishda qor bilan qoplanadi.
Markaziy yassitog‘lik Najd dengiz sathidan 600-900m.gacha ko‘ta­rilib boradi va asta-sekin shimoli-sharqiy yo‘nalishda pasayib boradi.
Shammar tog‘i Najdning shimoli-g‘arbiy chekkasida ko‘tarilib boradi, u uzunligi deyarli teng bo‘lgan ikkita Aja va Salma tizmalardan tashkil topgan. Bu tizmalar orasida shimoliy Najdda aholi zich joylashgan hosildor tekislik Botina yotadi.
Katta Nefud cho‘li(Qizil cho‘l) Shammar tog‘idan shimoli-g‘arbda joylashgan. Maydoni 670000km². Cho‘lda balandligi 100m.ga yetuvchi dyunalar hosil bo‘lgan. Cho‘l uchun varonkasimmon jarliklar-fuljilar hosdir. Varonkalarning chuqurligi 240m.ga yetadi. Fuljilar ostida quduqlar va kichik vohalar uchraydi.
Toshloq cho‘l Al-Xamad Katta Nefuddan shimolda joylashgan. Iroq chegarasiga yaqin Al-Xamad chuqur vodiylar bilan bo‘lingan. Shuning uchun bu yer Al-Vadiyan deb ataladi.
Rub-al-Xali cho‘li katta cho‘kmada joylashgan. Cho‘lning uzunligi janubi-g‘arbdan shimoli-sharqqa 1200km.ga, kengligi 650km.gacha cho‘­zilgan. Rub-al-Xali relyefida qumli qir va dyunalar ustun turadi. Cho‘lning janubi-g‘arbiy qismi-bu butunlay hayotsiz kenglikdir.
Kichik Nefud qumli cho‘li ichki Arabistonning markaziy qismini egallab, uzunasiga 1200km.ga, kengligi 20km.dan 100km.gacha yetadi. To‘lqinsimon qum qatorlari orasida tor tekisliklar cho‘zilgan, ulardan mahalliy ko‘chmanchilar yaylov sifatida foydalanishadi.
Fors ko‘rfazi sohili bo‘yida Al-Xasa pasttekisligi cho‘zilgan, u janubda Rub-al-Xali cho‘li bilan kesishadi.Al-Xasaning shimoli-sharqiy qismi dashtdan iborat bo‘lib, o‘simliklar bilan mustahkamlangan uncha baland bo‘lmagan qum qatorlari cho‘zilgan. Janubiy qismi-bu to‘lqinsimon qum dengizidir. Fors ko‘rfazi sohilining hamma qismi uchun pasttekisliklar hos bo‘lib, ular sho‘rhoklar-sabxa bilan qoplangan.
Mamlakat hududida boy neft zahirasi konlari topilgan. Mavjudligi isbotlangan umumdunyo neft zahiralarining 26% (262,7mld.barrel) va tabiiy gaz zahiralarining 3,7% Saudiya hududlarida joylashgan. Hozir­gacha kashf etilgan neft zahiralari bo‘yicha mamlakat dunyoda birinchi, gaz bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinni egallaydi.Shuningdek temir rudasi, mis, oltin konlari ham bor.
Mamlakatning umumiy aholisi 28,6mln. kishidan ortiq. Ortacha zichlik 1km²da 10 kishi. Aholisining 90%i arablar va barbarlar, 10%i afroosiyoliklar. Davlat tili arab tili. Mamlakatning deyarli 100% aholisi islom diniga e’tiqod qiladi(sunniylar). Tug‘ilish har 1000 kishiga 29,34, o‘lim har 1000 kishiga 5,94. O‘rtacha umr ko‘rish erkaklarda - 66,4 yosh, ayollarda - 69,8 yosh. Yosh tarkibi: 0-14 yoshgacha - 42,52%, 15-64 yoshgacha -54,8%, 65 yoshdan kattalar - 2.68%. IAA -7mln.kishi, shundan qishloq xo‘jaligida 12%, sanoatda -25%, xizmat ko‘rsatishda - 63%. 15-65 yoshgacha bo‘lgan aholining 35%i xorijliklar.
Saudiya Arabistoni Podshohligi asosli ravishda dunyodagi eng yirik neft ishlab chiqaruvchi davlatlardan hisob­lanadi, Hozirgacha kashf etilgan neft zaxiralari bo‘yicha mamlakat dunyoda birinchi, gaz bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinni egallaydi. Mavjudligi isbotlangan umumdunyo neft zaxiralarining-26%i(262,7mld barrel) va tabiiy gaz zahiralarining-3,7%i (6,544trl.m³) Saudiya hududlarida joylashgan.
So‘nggi o‘n yillikda SAP qishloq xo‘jaligi juda tez sur’atlar bilan rivojlandi va mamlakatdagi eng unumdor iqtisodiy sektorlardan biriga aylandi. Davlat o‘z tasarrufidagi qishloq xo‘jaligi sektorini zamonaviy texnologiyaning fermerlik va sug‘orish jihozlari, shuningdek, hayvonot va baliq resurslarini rivojlantirish vositalari bilan ta’minlashga alohida ahamiyat berayotgani bu sohalarda katta yutuqlarga erishishni ta’minlamoqda.
Davlat tomonidan amalga oshirilgan tadbirlar natijasida 1975-yilda Saudiya Arabistoning haydaladigan yerlari 150 000 akrdan oshmagan bo‘lsa, 1985-yilga kelib bu ko‘rsatkich 2 300 000 akrga yetdi.
Bunday siyosatning mantiqiy natijasi sifatida 1980-yillarga kelib, SAP eng muhim qishloq xo‘jaligi mahsulotlaridan hisoblangan don (asosan, bug‘doy) mustaqilligiga erishdi. 1975-yilda bor-yo‘g‘i 3 ming tonna bug‘doy yetishtirilgan bo‘lsa, 1985-yilga kelib, Saudiya Arabistonida 1 700 000 tonna bug‘doy yetishtirildi. Bu ko‘rsatkich aksariyat maydoni cho‘ldan iborat bo‘lgan mamlakat uchun astronomik o‘sish bo‘ldi.
Saudiya qishloq xo‘jaligining muhim tarmoqlaridan biri xurmo yetishtirishdir. Xurmo Podshohlikda yetishtiriladigan eng qadimiy qishloq xo‘jalik mahsuloti hisoblanadi. Hozirda xurmo eksporti bo‘yicha SAP dunyodagi eng ilg‘or mamlakatlardandir. Bundan tashqari, SAP Xalqaro oziq-ovvqat dasturi orqali ocharchilik sodir bo‘lgan mamlaktlarga beg‘raz yordam sifatida xurmo yetkazib beradi.
Bog‘dorchilik Al-Xasa, At-Toif, Asir vohalarida rivojlangan. Unda o‘rik, shaftoli, olma, nok, bodom, anor, anjir, banan, uzum, apelsin, limon yetishtiriladi.
Saudiya Arabistonida turli xil sabzavotlar, jumladan karom, pomodor, baqlajon, sabzi, loviya, qalampir, chesnok, qovoq, shurin kartoshka (batat), rediska yetishtiriladi. Kartoshka mahalliy ehtiyojlarni qondirish va, hatto qo‘shni davlatlarga eksport qilish uchun yetishtiriladi. Poliz mahsulot­laridan qovun va tarvuz yetishtiriladi.
Chorvachilik qishloq xo‘jaligining yana bir muhim tarmog‘ini tashkil etadi. 1985-yilda sut va sut mahsulotlarini yetishtirishda mahalliy bozorni to‘la ta`minlash bilan bir qatorda, ularni qisman qo‘shni davlatlarga eksport qilishga erishildi.
1985-yilda tuxum bilan ta’minlashda to‘la mustaqillikka erishildi. Ehtiyijdan ortiqcha tuxum qo‘shni davlatlarga eksport qilina boshlandi. Parranda go‘shtini ishlab chiqarish bo‘yicha Podshohlik hozirda mahalliy talabning 60%ini qondirmoqda.
Baliqchilik SAP xalq xo‘jaligining eng qadimiy tarmoqlaridan hisoblanadi. Mamlakatda sarmoyasi 100mln. saudiya riyoliga (taxminan 27 mln. $ AQSH) teng bo‘lgan “Saudi Fishing Kompani” davlat aksionerlik uyushmasi tuzilgan. “Saudi Fishing Kompani” o‘z baliqchilik flotiga ega bo‘lib, u turli xil baliq va krevetkalarni mahalliy ehtiyoj va eksport uchun yetkazib bermoqda.
Saudiya Arabistoni hukumati tomonidan fermerlarni subsidiyalar bilan ta’minlash bo‘yicha maxsus dasturlar qabul qilingan. Jumladan, fermer­larga foizsiz qarzlar berish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, mazkur sektorga qilinayotgan investitsiyalar miqdorini uzluksiz oshib borishini ta’min­lamoqda. Qishloq xo‘jaligi mashinalari va asbob-uskunalar importi, shu­ning­dek, urug‘lar, o‘g‘it va yem-xashak uchun zarur xarajatlarning 50%ini davlat o‘z zimmasiga olgani ham ushbu tarmoqning tez rivojlanishiga yordam bermoqda. Shu bilan bir qatorda, davlat hashoratlrga qarshi dorilar va sersut sigirlarni chet eldan keltirish uchun sarflanadigan mablag‘larga o‘z hissasini qo‘shadi. Saudiya qishloq xo‘jaligi banki va boshqa davlat trast jamg‘armalari qishloq xo‘jaligi loyihalarini mablag‘ bilan ta’minlash uchun foizsiz kreditlar berishni yo‘lga qo‘ygan.
Hukumat fermerlar va qishloq xo‘jaligi shirkatlariga unumdor yerlarni bepul taklif etadi. Bug‘doy va xurmo narxlariga nisbatan subsidiya qilish siyosatini olib boradi.
Qishloq xo‘jaligining rivojlanishida xususiy sektorning ro‘li katta. U, davlat korporatsiyalari bilan bir qatorda, qishloq xo‘jalik shirkatlarini tuzish va faoliyat ko‘rsatishi uchun yaratilgan qulay sharoitlardan keng foydalanib kelmoqda.
Yüklə 43,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin