Buxoro davlat universiteti raxmatullayeva f. M., Abdulloyev a. J., Giyazova n. B., Narzullayeva g. S


Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/93
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210759
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   93
12740 2 A33B8B49E6EAD09463E261CBFE4E14A01B14D4D4

 
Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi 
 
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 28 yanvardagi №5643 
raqamli "Investisiya va tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini 
takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoniga muvofiq 
Investisiyalar bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Davlat qo'mitasi va 
Tashqi savdo vazirligini qo'shish yo'li bilan O'zbekiston Respublikasi 
Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi tashkil etildi. 
Vazirlik davlatning chet el investisiyalarini, birinchi navbatda 
to'g'ridan-to'g'ri investisiyalarni jalb etishni muvofiqlashtirish, xalqaro 
moliya institutlari (boshqaruv ofislari) va chet el hukumatga qarashli 
moliya tashkilotlari bilan hamkorlik qilishda davlatning yagona 
investisiya siyosatini amalga oshirish, shuningdek tashqi savdo va 
xalqaro iqtisodiy hamkorlik sohasida yagona davlat siyosatini 
shakllantirish hamda muvofiqlashtirish bo'yicha vakolatli davlat organi 
hisoblanadi. 
O'zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi 
quyidagi asosiy strategik vazifalarni va yo'nalishlarni hayotga joriy 
etadi: 
-
Davlat taraqqiyot dasturi va investisiya dasturini, shuningdek sohaviy 
va hududiy investisiya dasturlarini ishlab chiqishni muvofiqlashtirish 
hamda samarali amalga oshirishni ta'minlash bo'yicha davlatning 
yagona investisiya siyosatini hayotga tadbiq etish


35 
-
chet el investisiyasini jalb qilish bo'yicha ishlarni muvofiqlashtirish, 
xalqaro iqtisodiy va moliya institutlari bilan, xorijiy hukumatga 
qarashli moliya tashkilotlari bilan ikki tomonlama va ko'p tomonlama 
formatda o'zaro samarali hamkorlik qilish; 
-
davlat organlari va tashkilotlari, O'zbekiston Respublikasining 
xalqaro va chet el moliya va iqtisodiy institutlaridagi doimiy vakillari 
faoliyatini, shuningdek tashqi ishlar vazirligining O'zbekiston 
Respublikasining xorijiy davlatlardagi muaassasalarida tashqi 
iqtisodiy faoliyat masalalari bilan shug'ullanayotgan xodimlari bilan 
birgalikda muvofiqlashtirish; 
-
O'zbekiston Respublikasining investisiyaviy hamkorlik masalalari 
bo'yicha xalqaro shartnomalarni tayyorlashi, kelishuv va imzolashida 
ishtirok etish; 
-
investorlar bilan doimiy o'zaro qarama-qarshi aloqani ta'minlash, 
investisiyalarini jalb qilishda hududlarni va mahalliy kompaniyalarni 
qo'llab-quvvatlash, investisiyaviy takliflarni ishlab chiqishni 
tashkillashtirish; 
-
tashqi savdoda yagona davlat siyosatini amalga oshirish, eksportni 
qo'llab-quvvatlash 
Milliy 
tizimlarning 
samarali 
faoliyatini 
ta'minlash, tashqi savdoni tartibga solish sohasida davlat organlari va 
tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish; 
-
savdoda tarifli va tarifsiz tartibga solish choralarni qo'llash bilan 
bog'liq tadbirlarni muvofiqlashtirish, shuningdek elektron savdo 
ishlarini takomillashtirish; 
-
O'zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar bilan savdo 
hamkorliklarini kengaytirish va mustahkamlash, tovarlar, ishlar va 
xizmatlar eksportini qo'llab-quvvatlash; 
-
O'zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo'lish 
jarayonini va boshqa ko'p tomonli iqtisodiy tashkilotlar bilan 
hamkorliklarini muvofiqlashtirish; 
-
ulgurji 
va 
birja 
savdolarini 
tartibga 
solish 
masalalarini 
muvofiqlashtirish, bozor holatini tahlil qilish va monitoringini 
yuritish va marketing tadqiqotlarini olib borish va tovarlar narxlari 
haqida ma'lumotlarni tahlil qilish; 
-
tashqi savdo infratuzilmalarini rivojlantirish masalalarini ilgari 
surish, jumladan tranzit imkoniyatlari darajasini oshirish, lagistika va 
transport yo'laklarini yanada takomillashtirish, shuningdek eksport 
yo'nalishlarini diversifikasiya qilish. 


36 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin