Buxoro davlat universiteti raxmatullayeva f. M., Abdulloyev a. J., Giyazova n. B., Narzullayeva g. S



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/93
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210759
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   93
12740 2 A33B8B49E6EAD09463E261CBFE4E14A01B14D4D4

Nazorat savollari 
1.
Tashqi savdo va uning funktsiyalarining mohiyatini va ma'nosini 
oching. 
2.
Tashqi iqtisodiy faoliyat sub'ektlari va ob'ektlarini sanab o’ting. 
3.
Mamlakatning tashqi iqtisodiy kompleksini tavsiflang. 
4.
Tashqi iqtisodiy faoliyat shakllari va turlarini sanab o’ting. 


24 
5.
Tashqi iqtisodiy faoliyat, tashqi iqtisodiy aloqalar tushunchalarini 
izohlang. 
 
 
 
3-MAVZU. TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI 
BOSHQARISH VA TARTIBGA SOLISH 
 
3.1. Tashqi iqtisodiy siyosatning asosiy turlari tavsifi 
3.2. O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy siyosatining mohiyati, 
qoidalari va maqsadlari
3.3. O’zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarish 
organlari tizimi va huquqiy maqomi 
 
Tayanch iboralar: tashqi iqtisodiy siyosat, tashqi iqtisodiy 
faoliyat, proteksionizm, erkin savdo, modernizatsiya, globallashuv, 
integratsiya 
 
3.1. Tashqi iqtisodiy siyosatning asosiy turlari tavsifi 
Davlatning tashqi iqtisodiy siyosati 

bu o'z salohiyatini (siyosiy, 
iqtisodiy, harbiy, ijtimoiy, ekologik va h.k.) mustahkamlash va jahon 
iqtisodiyotida samarali ishtirok etish uchun tashqi iqtisodiy aloqalarni 
shakllantirish va ulardan foydalanish bo'yicha davlatning maqsadli 
faoliyati. Davlatning tashqi iqtisodiy siyosati ko’p jihatdan to'lov 
balansining holatiga bog’liq. 
Mamlakatning tashqi iqtisodiy siyosati 
– 
bu mamlakat 
iqtisodiyotining jahon bozorida muayyan ustunliklarga erishishga va 
ayni paytda ichki bozorni xorijiy tovarlarning raqobatidan himoya 
qilishga qaratilgan, barcha tadbirlar tizimini o'z ichiga olgan keng 
ko'lamli faoliyat. Bundan kelib chiqadiki, bu davlatning nafaqat tashqi 
balki ichki siyosatining eng muhim bo’g’inidir. Aynan ichki siyosat 
tashqi iqtisodiy siyosatning samaradorligini belgilaydi. 
Tashqi iqtisodiy aloqalarni davlat tomonidan faol tartibga solish 
davlat tashqi iqtisodiy siyosatining asosiy maqsadi hisoblanadi. 
Tashqi iqtisodiy siyosat keng ma'noda 

bu jahon iqtisodiyotining 
boshqa sub'ektlari (davlatlar, biznes, xalqaro tashkilotlar) bilan 


25 
iqtisodiy munosabatlarni shakllantirish va tartibga solishga qaratilgan 
davlat faoliyati; tor ma’noda tovar va xizmatlarni eksport qilish, xorijiy 
investitsiyalarni jalb qilish, kapitalni chet elga olib chiqish, tashqi 
kreditlar, xalqaro iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish, boshqa 
davlatlarga iqtisodiy yordam ko'rsatish sohasidagi davlat siyosatidir. 
Tashqi iqtisodiy siyosatning asosiy tarkibiy qismlari 

tashqi 
savdo siyosati (eksport va import siyosatini o’z ichiga oladi), chet el 
investisiyalarini jalb etish va xorijdagi milliy sarmoya qo'yilmalarini 
tartibga solish soһasidagi siyosat, valyuta siyosati. Bundan tashqari, 
alohida olingan davlatlar va mintaqalar bilan tashqi iqtisodiy 
operasiyalarni jo’g’rofiy jiһatdan muvozanatlashtirish vazifalari ham 
tashqi iqtisodiy siyosatni hal etadiki, bu hol mamlakatning iqtisodiy 
xavfsizligini ta'minlash bilan bog’lig. 
Tashqi iqtisodiy siyosat 

davlatning tashqi iqtisodiy aloqalarini 
tartibga solish va ishlab chiqarish omillarining xalqaro taqsimlanishida 
mamlakat ishtirokini maqbullashtirish rejimini belgilashga doir bir 
maqsadga yo'naltirilgan faoliyatidir. 
Tashqi iqtisodiy siyosatni tahlil qilishda nazariyada ham, 
amaliyotda ham asosiy ko’rsatkichlar sifatida soha va yo’nalishlar 
qo’llaniladi. Davlatning tashqi iqtisodiy siyosatini amalga oshirish 
sohalarining eng keng tarqalgan tasnifi bu ularning savdo (tovarlar va 
xizmatlar eksporti va importi) va moliyaviy (xorijiy investitsiyalarini 
jalb qilish, sarmoyani eksport qilishni nazorat qilish, tashqi kreditlar 
berish) sohalarga bo'linishi hisoblanadi. Xalqaro iqtisodiy loyihalarni 
amalga oshirish va tashqi iqtisodiy yordam ko'rsatish alohida ko'rib 
chiqilishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, tashqi savdo siyosatidan 
tashqari, tashqi iqtisodiy siyosat makroiqtisodiy siyosatning uchta 
yo'nalishi bo'yicha o'zini namoyon qiladi: pul-kredit, valyuta va fiskal. 
Tashqi iqtisodiy siyosatning mazmuni va yo'nalishlari geosiyosiy, 
geoiqtisodiy va boshqa omillar majmuiga, shuningdek, milliy 
iqtisodiyotni rivojlantirish, mamlakatlarning integratsiyasiga bog’liq. 
Tashqi iqtisodiy siyosatning mamlakatning umumiy xalqaro va 
ichki siyosati bilan uyg’un aloqasi jahon xo'jaligining murakkab 
koordinata tizimida milliy va jahon iqtisodiyotining o'sib borayotgan 
o'zaro ta'siri bilan kuchaymoqda. Tashqi iqtisodiy siyosatni 
shakllantirishda mamlakatning o'lchami, uning kuch-qudrati va 
dunyodagi ta'siri katta ahamiyatga ega. Jahon xo’jaligi aloqalaridagi 
yangi tendentsiyalar milliy iqtisodiyotlarni xalqaro miqyosda takror 


26 
ishlab chiqarish bo’g’inlariga jalb qilishni belgilaydi, bu esa ularni 
global iqtisodiy kompleksning tarkibiy qismlariga aylantiradi. Jahon 
iqtisodiyoti baynalmilallashuvining yangi bosqichi va xalqaro iqtisodiy 
munosabatlar yangi iqtisodiy chegaralarni yaratib, yangi strategik 
maqsadlar va integratsiya tuzilmalari sxemalarini shakllantirib 
dunyoning siyosiy xaritasini o’zgartiradi. Global iqtisodiy tizimda 
ayniqsa moliya-kredit va axborot tuzilmalari alohida o'rin tutadi. 
 
Tashqi iqtisodiy siyosatning yo'nalishlari va shakllari 
Tashqi iqtisodiy siyosatning har bir yo'nalishining mazmuni – 
ob'ekt va ishlatiladigan vositalarning natijasidir: 

tashqi savdo siyosati – davlatning tovarlar va xizmatlarni eksport va 
import qilish sohasidagi harakatlarini qamrab oladi va bojxona 
bojlari, tariflari, tarifsiz cheklovlar (eksport va import kvotalari) kabi 
vositalardan foydalanishini, shuningdek, tashqi savdo sohasidagi 
moliyaviy operatsiyalarini (eksportni kreditlash, eksport kreditlarini 
kafolatlash va b.) nazarda tutadi; 

pul-kredit siyosati – bu davlatning pul muomalasi va bank tizimini 
kreditlash sohasidagi harakatlari bo’lib, narxlarning o'sishini 
cheklash va to'lov balansini tenglashtirishga qaratilgan va ochiq 
bozor operatsiyalari (moliyaviy bozorlarda davlat qimmatli 
qog'ozlarini sotish / sotib olish), minimal zahira normasi, hisob 
stavkasi va boshqalar kabi vositalardan foydalanishni nazarda tutadi; 

valyuta siyosati – valyuta munosabatlari sohasida (shu jumladan, 
xalqaro miqyosda) davlat tomonidan amalga oshiriladigan 
shuningdek, valyuta kursi rejimi, valyuta zahiralari, valyuta 
bozorlaridagi aralashuvlar, valyuta cheklovlari, valyuta nazorati, 
valyutani subsidiyalash kabi vositalardan foydalanishni nazarda 
tutadigan chora-tadbirlar majmui; 

fiskal siyosat – davlatning soliqqa tortish va davlat byudjeti 
sohasidagi faoliyati, shu jumladan tashqi bozorlarda mahalliy ishlab 
chiqaruvchilarning 
raqobatbardoshligini 
oshirishni 
(masalan, 
imtiyozli kreditlash va/yoki soliq imtiyozlari hisobidan) va 
boshqalarni nazarda tutadi. 
Amalda tashqi iqtisodiy siyosatni amalga oshirish yuqorida sanab 
o'tilgan yo'nalishlar bo'yicha alohida amalga oshirilmaydi, balki 
belgilangan vositalardan foydalanish o'zaro bog'liqdir.
Shu bilan birga, tashqi iqtisodiy sohada davlat tomonidan qanday 
vosita qo’llanilmasin, tashqi iqtisodiy chora-tadbirlarni amalga 


27 
oshirishning faqat ikkita strategiyasi yoki shakllari mavjud: 
protektsionizm (masalan: import tovarlarga soliqlar joriy etish va 
mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlarga ularni kamaytirish va b.) yoki 
erkin iqtisodiy munosabatlar (savdo munosabatlarida, moliyaviy 
bozorlarda, mehnat bozorida to'siqlarni kamaytirish yoki bartaraf etish). 
Protektsionizmning ijobiy tomonlari mahalliy ishlab chiqarishni 
rag'batlantirish va savdo balansini tenglashtirish, ikkinchisi esa 
raqobatning o'sishi va ichki bozorda mahsulot turlarini kengayishini o'z 
ichiga oladi. Protektsionizmning kamchiliklari, odatda, milliy 
iqtisodiyotning samaradorligi va raqobatbardoshligining pasayishi, 
tashqi iqtisodiy o'zgarishlarga nisbatan zaiflik hisoblanadi. 
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishning hozirgi 
bosqichida davlatlar asosan egiluvchan tashqi iqtisodiy siyosatni 
amalga oshirishga intilmoqda. Ya’ni egiluvchan tashqi iqtisodiy siyosat 
ikkala strategiya: protektsionizm va tashqi maydonda iqtisodiy 
munosabatlarni liberallashtirishning kombinatsiyasini nazarda tutadi. 
Balans va ulardan foydalanish darajasi jahon xo’jaligining turli 
sektorlarida va jahon bozorlarida yuzaga keladigan kon'yunktura, 
shuningdek tashqi iqtisodiy sohada davlatlar tomonidan qo'llaniladigan 
chora-tadbirlar va shakllarni optimallashtirishning nazariy vositalari 
nuqtai nazaridan belgilanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin