Eksport – tovarlami xorijga olib chiqib ketishni ko‘zda tutuvchi
tovarlar savdosi.
Eksportga yo‘naltirilgan siyosat – ayrim tovarlami tashqi bozorga
chiqarish uchun ushbu tovarlami ishlab chiqarishga ixtisoslashish
(Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari).
Eksportga yo‘naltirilgan iqtisodiy rivojlanish modeli – milliy
iqtisodiyotning ustun darajada tashqi bozorga, iqtisodiyotning
eksportga yo ‘naltirilganligini ta’minlashga qaratilgan iqtisodiy
rivojlanish modeli.
Erkin iqtisodiy zonalar – shunday geografik hududki, ularda
mamlakatda qabul qilingan normal xo'jalik faoliyat yuritishi tartibiga
qaraganda nisbatan imtiyozli soliq to‘lash tartibi joriy etiladi.
Erkin savdo siyosati – tashqi savdodagi to‘siqlami minimallashtirish
siyosati.
Eksportni ixtiyoriy cheklash – rasmiy davlatlararo yoki tovar
eksportiga norasmiy kvota belgilash to‘g‘risida savdodagi hamkor
tomonidan savdoni cheklash yoki eksportni kengaytirmaslik
to‘g‘risidagi majburiyatiga asoslangan eksportni miqdor jihatidan
cheklash.
Eksportni kreditlash – tashqi savdoning notarif moliyaviy metodi
bo‘lib, davlat tomonidan milliy firmalar eksportini rivojlantirish uchun
moliyaviy rag'batlantirishni ko‘zda tutadi.
Eng qulay savdo rejimini yaratish – bu xalqaro savdo
shartnomalarida qat’iy belgilangan shart bo‘lib, shartnoma tuzuvchi
shartnomalarining bir-biriga barcha huquq, afzallik va imtiyozlami
taqdim etish ko‘zda tutilgan bo'lib, ushbu mamlakatlar yoki uchinchi
davlat ulardan foydalanilishi mumkin.
Emigratsiya – mehnatga layoqatli aholining mamlakat hududidan
ko‘chib ketishi.
Erkin konvertirlanadigan valuta – har qanday xorijiy valutaga erkin
va cheklanmagan miqdorda ayirboshlanadigan valuta.