144
Litsenziya shartnomasi
– xalqaro savdo bitimi bo'lib, unga muvofiq
kashfiyot egasi texnologiyaga bo‘lgan egalik huquqini xaridorga
muayyan chegara va shartlarda foydalanish uchun beradi.
London klubi
– xususiy sektorga kiruvchi xo'jalik
subyektlarining
tashqi qarzlarini tartibga solish bilan shug‘ullanuvchi xalqaro klub.
Mehnat taqsimoti
– tarixan belgilangan ijtimoiy mehnat tizimi bo'lib,
u jamiyatning rivojlanish jarayonidagi faoliyatning sifat jihatdan
tabaqalashuvi natijasida shakllanadi.
Ochiq iqtisodiyot
– tashqi iqtisodiy aloqalari rivojlangan,
milliy
iqtisodiyot ning nisbiy ustunliklariga tayanib, jahon xo‘jaligi tizimiga
integratsiyalashib boruvchi iqtisodiyot.
Omilli xizmatlar
– ishlab chiqarish omillarining
xalqaro harakati
natijasida yuzaga keluvchi xizmatlar.
Omil bo‘lmagan xizmatlar
–
ularga transport, turizm va boshqa
nomoliyaviy xizmatlar kiradi.
Osiyo taraqqiyot banki (OTB)
— 1966-yilda tashkil topgan bo‘lib,
maqsadi qit’aning rivojlanayotgan
mamlakatlariga iqtisodiy
rivojlanishda ko‘maklashish, hududiy hamkorlikni rag‘batlantirish,
a’zo-mamlakatlarga texnik yordam ko'rsatish va ularning iqtisodiy
siyosatini muvofiqlashtirishdan iborat.
Proteksionizm
– tarif va notarif instrumentlarni qollash yo'li bilan
ichki bozornii xorijiy raqobatdan himoya qilishning davlat siyosati.
Dostları ilə paylaş: