50
-
umumiy iqtisodiy (mahsulot turi, ishlab chiqarish va sotilishiga
bo’gliq bo’lmagan holda ta’sir ko'rsatadi);
-
maxsus
iqtisodiy
(muayyan
mahsulotning
o'ziga
xos
xususiyatlari, ishlab chiqarish va sotish shartlari bilan
belgilanadi);
-
o'ziga xos (tovarlar va xizmatlarning
ayrim turlariga nisbatan
amal qiladi);
-
maxsus (davlat tomonidan tartibga solish vositalari, valyuta
kursining o’zgarishi);
-
iqtisodiy, siyosiy, harbiy.
Jahon bozorining narxi xalqaro qiymatga va jahon bozoridagi
yetakchi eksport qiluvchi mamlakatlarning xarajatlariga asoslanadi.
Ichki narxlar, aksincha, milliy xarajatlarga asoslanadi va milliy ishlab
chiqaruvchilarning xarajatlarini aks ettiradi. Xalqaro savdoning narxi
jahon va ichki
bozorlarning turli hajmlari, ularning faoliyat yuritish
shartlari, shuningdek, boshqa narx-navo omillari tufayli ichki
narxlardan farq qiladi. Odatda, jahon narxi ichki narxdan past bo’ladi,
chunki ichki narxlarni shakllantirishga ta'sir qiladigan, milliy bozorni
xorijiy yetkazib beruvchilardan iqtisodiy jihatdan himoya qiladigan va
natijada raqobatni yumshatadigan bir qator vositalar (bojlar, soliqlar va
boshqalar) mavjud. Jahon va ichki narxlar o'rtasidagi farq 1/3
gacha
bo'lishi mumkin. Shu bilan birga, tayyor mahsulotlar narxlari yuqoriroq
bo’ladi, bu esa tayyor mahsulotni import qilishda tarif va tarifsiz
to'siqlarning yuqori darajasi bilan bog’liq.
Qayta ishlash sanoati mahsulotlarining jahon narxlari asosida
yirik ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning eksport bahosi yotadi.
Ushbu narxlar to'liq xarajatlar yoki to'g'ridan-to'g'ri xarajatlar usuli
orqali aniqlanadi:
To'liq xarajatlar usuli – bu usul asosida bahoning aniqlanishi
ishlab chiqarishning to'liq
xarajatlari, kutilayotgan daromad,
mahsulotni to'liq sotilishi va ishlab chiqarish quvvatining 75-85%
ishlatilishini hisobga olish yotadi.
To'g'ridan-to'g'ri xarajatlar usuli – barcha xarajatlar ustama va
bevosita xarajatlarga bo'linib, asosan o'zgaruvchan xarajatlarni o’z
ichiga oladi.
Alohida shartnomalar asosida – yetkazib beriluvchi ma'lum bir
tovar turi va xizmat narxlari aynan shu xildagi tovar turi va xizmat
narxlarining jahon bozoridagi darajasidan farq qilishi mumkin. Bu holat
51
tovarning o'ziga xos sifat belgilari, tovarni yuklash va to'lovi,
yuklangan
turkumning
(partiyasi)
hajmi,
har
ikki
tomon
munosabatlarining xarakteri bilan bog'liq holda tuzilgan shartnomaning
o'ziga xos talablari bilan izohlanadi.
Xalqaro savdoda narxlar turlarining ko'pligi
tayyor mahsulotlar
bozori shart-sharoitlarining har xil ekanligini aks ettiradi, mana
shunday sharoitda oldi-sotdi aktlari tuziladi. Kuzatuvlar jahon
narxining o'zgarib turish tendentsiyasi ana shu shart-sharoitlarga ham
bog'liq ekanligini ko'rsatadi. Tovarning tashqi savdo narxini asoslash;
aniqlash va kelishib olishda kelishuvning o'ziga xos tomonlarini
belgilab beruvchi tabiati haqida aniq tushuncha, tasavvurga ega bo'lish
kerak. Misol uchun, texnologik-mashina mahsulotlari, murakkab texnik
tovarlar savdosini olib ko'raylik, bu savdo ishlab chiqaruvchi - sotuvchi
va iste’molchi - xaridorning bevosita ishtirokida o'tkazilib, tovarni
yetkazib berishning barcha shart-sharoitlari kelishib olinadi.
Dostları ilə paylaş: