Buxoro davlat universiteti raxmatullayeva f. M., Abdulloyev a. J., Giyazova n. B., Narzullayeva g. S



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/93
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210759
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   93
12740 2 A33B8B49E6EAD09463E261CBFE4E14A01B14D4D4

Yevropa Ittifoqi (YeI).
1950 yilda birlashma shakllanishining 
boshlanishi va 1951 yilning Parij shartnomasiga ko’ra (Parijda tuzilgan) 
6 ta Yevropa davlatlarini o'z ichiga olgan Ko'mir va po'latning Yevropa 
Ittifoqi yaratilgan. 1957 yilda Rim shartnomasiga ko’ra tashkilot 
Yevropa iqtisodiy hamjamiyatiga aylantirildi va 1992 yildan buyon esa 
Yevropa Ittifoqi degan nom oldi. 
NAFTA – AQSh, Kanada va Meksika o'rtasidagi Shimoliy 
Amerika erkin savdo uyushmasi (1994 y.). 
ASEAN – 1967 yilda tashkil etilgan Osiyo-tinch okeani Ittifoqi. 
Bu Osiyo-tinch okeani mintaqasining 10 davlatlarini o'z ichiga oladi. 
Jahon savdo tashkiloti (JST) BMT tizimining ixtisoslashtirilgan 
muassasasi bo’lib, uning faoliyati orqali butun jahon savdosining 9/10 
qismini tartibga solinadi. Tashkilot 1995 yilda GATSning (General 
Agreement on Trade in Services, Xizmatlar savdosi bo'yicha umumiy 
bitim) vorisi sifatida tashkil etilgan.
 


43 
4.3. Xalqaro mehnat taqsimoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar
 
Ma'lumki, butun jahon iqtisodiyoti, jahon bozori, xalqaro 
iqtisodiy munosabatlar milliy iqtisodiyotlarning o'zaro bog'liqligining 
chuqurlashuvi 
va 
takror 
ishlab 
chiqarish 
jarayonining 
baynalmilallashuvi natijasida xalqaro mehnat taqsimoti asosida 
shakllangan. Tovarlar, xizmatlar, texnologiyalar xalqaro almashinuvi, 
kapital va mehnatning xalqaro harakati butun dunyo iqtisodiyoti va 
uning sub'ektlari – alohida mamlakatlarning yanada rivojlanishiga olib 
keladi. 
Mehnat taqsimoti – tarixiy ijtimoiy mehnat tizimi. Jamiyat 
rivojlanishi jarayonida mehnat faoliyatining sifat jihatidan farqlanishi 
tufayli yuzaga kelgan. Mehnat taqsimoti turli shakllarda mavjud 
bo’ladi. 
Xalqaro mehnat taqsimoti ishlab chiqarish jarayonini shunday 
tashklillashtiradiki unda turli mamlakatlarning korxonalari muayyan 
texnologik jarayonlarga, muayyan tovarlar va xizmatlarni ishlab 
chiqarishga ixtisoslashadi va ularni o’zaro almashadi.
Xalqaro mehnat taqsimotining mohiyati ishlab chiqarish 
jarayonini ajratish va birlashtirishning dialektik birligida namoyon 
bo'ladi. Ishlab chiqarish jarayoni bir tomondan, turli xil mehnat 
faoliyatlarini ajratish va ixtisoslashtirishni, ikkinchi tomondan, ularning 
hamkorligi va o'zaro ta'sirini o'z ichiga oladi. Boshqacha qilib aytganda, 
mehnat taqsimoti nafaqat ajratish jarayoni, balki mehnatni, ayniqsa, 
jahon miqyosida, birlashtirish usuli sifatida ham namoyon bo'ladi. 
Xalqaro mehnat taqsimotining ahamiyati jahon iqtisodiyotida 
kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda 
uning ortib borayotgan roli bilan belgilanadi. Buning sababi shundaki, 
xalqaro mehnat taqsimoti birinchi navbatda ushbu jarayonlarning o'zaro 
bog'liqligini ta’minlaydi, ikkinchidan, tegishli xalqaro tarmoq va 
mintaqaviy-tarmoq nisbatlarini shakllantiradi. 
Har bir milliy iqtisodiyot xalqaro mehnat taqsimotidan yutadi. 
Jahon bozoriga mamlakatning milliy ishlab chiqarish xarajatlari jahon 
narxidan past bo'lgan mahsulotlari chiqarilib va milliy ishlab chiqarish 
xarajatlari jahon narxidan yuqori bo'lgan mahsulotlar import qilinadi. 
Xarajatlarga kelsak, ular asosan uchta asosiy ishlab chiqarish omilining 
qiymati – mehnat (ish haqi darajasi), kapital (foiz), yer va tabiiy 
resurslar (yer rentasi) bilan belgilanadi. 


44 
Shunday qilib, xalqaro almashinuv jarayonida xalqaro mehnat 
taqsimotining afzalliklarini amalga oshirish har qanday mamlakatni 
qulay sharoitlarda, birinchi navbatda, eksport qilinadigan tovarlar va 
xizmatlarning xalqaro va ichki narxlari o'rtasidagi farqni olish va 
ikkinchidan, arzon importdan foydalanib, qimmatbaho milliy ishlab 
chiqarishdan voz kechish evaziga ichki xarajatlarni tejash imkonini 
beradi. 
Xalqaro mehnat taqsimotini tarixan va mantiqan ravishda 3 turga 
ajratiladi: 
1)
umumiy XMT – xalq xo'jaligining ishlab chiqarish sohalari va 
tarmoqlari bo'yicha (tarmoq ixtisoslashuvi). Bundan esa eksport 
qiluvchi mamlakatlarni industrial, xomashyo yetkazib beruvchi, 
agrar va boshqalarga bo’linishi kelig chiqadi; 
2)
xususiy XMT – tayyor mahsulot va xizmatlarning ayrim 
turlari bo'yicha (predmetli) ixtisoslashuv; 
3)
Detal 
boʻyicha 
ixtisoslashish 
–texnologik 
jarayon 
bosqichlarida individual qismlar, ularning komponentlarini ishlab 
chiqarish bo'yicha ixtisoslashuv. Bu eng murakkab, ammo istiqbolli 
ixtisoslashuv turi, chunki u o'sib borayotgan darajada milliy 
iqtisodiyotlarning umumiy, alohida korporatsiyalar va firmalarning 
o'zaro ta'sirini belgilaydi. 
Xalqaro ixtisoslashuv va ishlab chiqarish kooperatsiyasining 
kengayishi xalqaro mehnat taqsimoti rivojlanishining asosiy yo'nalishi 
bo’lib, uning mohiyatini ifodalaydi.
Xalqaro hamkorlikning ob'ektiv asoslari ishlab chiqarish 
kuchlarining o'sib borayotgan rivojlanish darajasi va mustaqil 
korxonalar o'rtasida barqaror samarali aloqalarni o’rnatishdan iborat.
Ushbu jarayon mamlakat ichida yoki xalqaro maydonda sodir bo’lishi 
mumkin. 
Shunday qilib, xalqaro ixtisoslashuv va xalqaro kooperatsiyani 
ishlab chiqarish munosabatlarining shakli sifatida keng tarqalishi 
sheriklar o'rtasida barqaror va uzoq muddatli aloqalarga bog'liq bo'lib, 
bu sheriklarga ishlab chiqarish va muomala xarajatlarini, ya'ni ishlab 
chiqarilayotgan mahsulotning tannarxini tejashga yordam beradi. 
Ishlab chiqarish xarajatlarining pasayishi mahsulot, firma, 
mamlakat jahon bozorlarida raqobatbardoshligini oshirishga olib keladi 
va bu o'z navbatida xalqaro mehnat taqsimotini zamonaviy xalqaro 


45 
iqtisodiy 
munosabatlarni 
rivojlantirishning 
zarur 
elementiga 
aylantiradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin