Buxoro davlat universiteti raxmatullayeva f. M., Abdulloyev a. J., Giyazova n. B., Narzullayeva g. S



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/93
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210759
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   93
12740 2 A33B8B49E6EAD09463E261CBFE4E14A01B14D4D4

Xalqaro iqtisodiy munosabatlar 

 
jahon iqtisodiyoti sub'ektlari 
o'rtasida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlarning ko'p bosqichli 
majmuidir. 
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar ikki asosiy qismdan, ya'ni, 
xalqaro iqtisodiy munosabatlarning o'zi va uni amalga oshirish 
mexanizmidan iboratdir. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar o'z ichiga 
alohida 
mamlakatlarni, 
ularning 
mintaqaviy 
birlashmalarini, 
shuningdek alohida korxonalarning (transmilliy korporasiyalarni) 
jahon xo'jaligi tizimidagi bir-biriga qarama-qarshi bo'lgan iqtisodiy 
munosabatlarining majmuini oladi. 
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar (XIM) tizimiga quyidagilar 
kiradi: 
1 xalqaro mehnat taqsimoti 
2 xalqaro tovar va xizmatlar savdosi 
3 xalqaro kapital va xorijiy investisiyalar harakati 
4 xalqaro ishchi kuchi migrasiyasi 
5 xalqaro valyuta-moliya va kredit munosabatlari 
6 xalqaro iqtisodiy integrasiya. 


38 
An'anaviy tarzda xalqaro tovarlar, xizmatlar va intellektual mulk 
savdosi alohida shakl sifatida ajratiladi. Ishlab chiqarish omillarining 
harakati xalqaro iqtisodiy munosabatlarning xalqaro kapital harakati, 
xalqaro ishchi kuchi migrasiyasi, texnologiyalarni xalqaro uzatish kabi 
shakllari asosida yotadi. 
Kapital, mehnat va texnologiyadan tashqari boshqa iqtisodiy 
resurslardan biri hisoblangan tabiiy resurslar harakatchan emasligi bois, 
jahon xo'jalik aloqalarida qazib chiqarilgan va ular asosida 
tayyorlangan mahsulotlarning xalqaro savdosi orqali qatnashadi. 
Tadbirkorlik qobiliyati omili esa, odatda, kapital, ishchi kuchi va 
texnologiyalar bilan birgalikda harakatlanadi, shu sababdan xalqaro 
iqtisodiy munosabatlarning alohida shakli sifatida qatnashmaydi. 
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning keyingi shakli xalqaro 
valyuta-kredit va moliya munosabatlari xalqaro savdo hamda ishlab 
chiqarish omillarining xalqaro harakati hosilasi hisoblansa-da, jahon 
xo'jaligida alohida ahamiyatga ega mustaqil iqgisodiy munosabatlar 
sifatida tan olingan. 
Jahon xo’jaligi, zamonaviy holatiga erishgunicha, uzoq 
rivojlanish yo'lidan o'tdi. Jahon iqtisodiyotining davriyligini 
yoritishdagi turli tuman qarashlarga e'tibor qaratish lozim. Jahon 
xo’jaligining shakllanishi va rivojlanishi sohasidagi ayrim 
tadqiqotchilar uning paydo bo’lishini Rim imperiyasining davriga 
ishora qiladilar. Bir qator mualliflar jahon xo'jaligining kelib chiqishini 
buyuk geografik kashfiyotlar davri va XV–XVII asrlarda kapitalning 
dastlabki to'planishi bilan bog'lashadi, ya’ni bu davrda bir qator 
rivojlangan g'arbiy Yevropa davlatlari (Angliya, Ispaniya, Portugaliya) 
Osiyo, Amerika va Afrika hududlarini o’z ta’sirlari ostiga oldi. 
Metropoliya va koloniyalar o'rtasida yaqin bozor munosabatlarining 
shakllanishi yuzaga keldi. Asta-sekin xalqaro tovar ayirboshlash va 
eksport qilinadigan kapital hajmi
 
o'sib bordi. 
Iqtisodchilarning aksariyati zamonaviy jahon iqtisodiyoti XIX–
XX asrlar bo’sag’asida shakllangan deb hisoblashadi. Bu vaqtga kelib, 
Yevropaning yetakchi mamlakatlarida, shuningdek, AQSh, Rossiya va 
Yaponiyada 
iqtisodiyotning 
sanoat 
va 
agrar 
tarmoqlarini 
mexanizatsiyalash va elektrlashtirishga olib kelgan dastlabki ikki ilmiy-
texnik inqilob sodir bo’ldi. Ushbu mamlakatlarda ishlab chiqarish va 
kapital kontsentratsiyasining jarayoni tezlashdi, monopoliyalar hosil 
bo'ldi (kelajakdagi sanoat va moliya korporatsiyalarining prototipi). 


39 
Konveyer ishlab chiqarishning, texnik yangiliklarning joriy etilishi 
ichki va tashqi bozorlarga tovar yetkazib berishning o'sishiga olib keldi. 
Tez sur'atlarda bozor infratuzilmasi o'zining asosiy bo’g’inlari bo’lgan 
kredit va moliya institutlari, fond birjalari, sug'urta kompaniyalari bilan 
rivojlandi. Dunyoning yetakchi davlatlarining iqtisodiy qudratining 
kuchayishi ular o'rtasidagi raqobatning keskin tus olishiga, hududiy 
ekspansiyaga (kengayishga) olib keldi. Qarama-qarshi tomonlarning 
ittifoq bloklari hosil bo’ldi. Shunday qilib, zamonaviy jahon xo’jaligi 
shakllanishining birinchi bosqichi XIX asrning so'nggi choragi – 1913 
yilni qamrab oladi. 
Ikkinchi 
bosqichda 
(1914-1945) 
mustamlakachi 
kuchlar 
o'rtasidagi jahon tovar bozorlari va tabiiy resurslar uchun kurash juda 
yuqori darajaga yetdi va ikkita jahon urushiga olib keldi. Dunyoning 
siyosiy xaritasida katta o'zgarishlar ro'y berdi: mustamlakachi 
imperiyalarning qulashi, masalan, Usmonlilar imperiyasi; dunyodagi 
birinchi ma’muriy-buyruqbozlik xo'jaligiga ega davlatning SSSRning 
paydo bo’lishi. G'arbning yetakchi mamlakatlarida iqtisodiyotni davlat 
tomonidan tartibga solishning oshish tendentsiyasi kuzatildi. Bu, 
ayniqsa, iqtisodiy va harbiy notinchliklar davrida sezilarli bo’ldi. 
Uchinchi bosqich – 1940-1980 yillar xo’jalik yuritishning bozor 
iqtisodiyoti shakli mavjud va mavjud bo’lmagan davlatlarning 
to'qnashuvi bilan tavsiflanadi. 1960 yillarning boshida mustamlaka 
tizimining butkul parchalanishi sodir bo'ldi. Rivojlanayotgan 
mamlakatlarning katta guruhi avtarkiyani (izolyatsiyani) yengib, 
xalqaro iqtisodiy munosabatlarga kirishdi. 1970 yillarda jahon 
xo’jaligida yetakchi mavqega AQSh, G'arbiy Yevropaning bir qator 
davlatlari va Yaponiya chiqdi. Janubi-Sharqiy Osiyodagi yangi sanoat 
mamlakatlari (Gonkong, Koreya Respublikasi, Singapur) va yaqin 
Sharqdagi neft qazib chiqaruvchi davlatlarning (BAA, Saudiya 
Arabistoni) iqtisodiyoti jadal rivojlana boshlagan. 
Ushbu davrda jahon iqtisodiyotining rivojlanishidagi asosiy 
tendentsiyalar: baynalmilallashuv, milliy iqtisodiyotlarning yanada 
yaqinlashishi va o'zaro ta'sirida va transmilliylashuv – transmilliy 
korporatsiyalarning (TMK) rolining kuchayish jarayonida namoyon 
bo’ladi. 
To'rtinchi bosqich 1990 yillarning boshidan boshlab hozirgi 
kungacha davom etmoqda. Eng muhim voqea – Markaziy va Sharqiy 
Yevropa, Osiyo davlatlarining bozor iqtisodiyotiga o’tishidir. 


40 
Dunyoning yetakchi davlatlari iqtisodiy rivojlanishning yangi 
bosqichiga – postindustrial, axborot-texnologiya jamiyatiga kirishdi. 
Rivojlanayotgan mamlakatlar orasida Braziliya, Hindiston, Xitoy, 
Meksika, Turkiya, Janubiy Afrikaning iqtisodiy taraqqiyotini alohida 
qayd etish lozim. Bosqichning asosiy tendentsiyalari:

iqtisodiyotni 
liberallashtirish
yoki iqtisodiy faoliyatni davlat 
tomonidan tartibga solishni kamaytirish jarayoni,

integratsiya 
yoki mamlakatlarning qit'a ittifoqlari - Yevropa Ittifoqi, 
NAFTA va boshqalar ichida siyosiy-iqtisodiy birlashuvi,

globallashuv
, mamlakatlar, mintaqalar o'z chegaralaridan tashqarida 
iqtisodiy faollikka intilishi, bozorlarni birlashtirish jarayoni.
Zamonaviy davr jahon valyuta-moliyaviy, xom-ashyo, iqtisodiy 
inqirozlarning ortishi bilan tavsiflanadi. Davlatlarning ajralib ketishiga 
olib keladigan geosiyosatning kuchayishi sharoitida insoniyatning 
global muammolarini birgalikda hal qilishning yo'llarini topish qiyin. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin