31
rahbarlikni, qonunlar va Oliy Majlisning boshqa qarorlari, O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari
ijrosini ta'minlaydi.
Vazirlar Mahkamasi O’zbekiston Respublikasining hukumati
bo’lib, davlat boshqaruv organlari va ular tuzadigan xo’jalikni
boshqarish
organlariga rahbarlik qiladi, ularning kelishilgan faoliyatini
ta'minlaydi. Vazirlar Mahkamasi O’zbekiston Respublikasi tasarrufiga
taalluqli bo’lgan davlat va jamiyatni boshqarishning barcha
masalalarini hal qilishga huquqlidir.
Vazirlar Mahkamasi o’z vakolatlari doirasida:
-
iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy jarayonlarni boshqaradi,
erkin
tadbirkorlik uchun shart-sharoitlarni yaratadi;
-
xo’jalik yuritishning yangi shakllari – kontsernlar, konsortsiumlar,
tarmoqlararo birlashmalar, uyushmalarni barpo etish va
mustahkamlashga yordam beradi, ularning faoliyatini yo’naltiradi
va
muvofiqlashtiradi;
-
boshqarish tarkibini takomillashtirsh to’g’risidagi takliflarni ishlab
chiqadi;
-
respublika byudjetini, shuningdek O’zbekiston Respublikasini
iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish prognozlari va eng muhim
dasturlarini ishlab chiqish va hamda ijro
etishni tashkil etadi;
-
O’zbekiston Respublikasining chet ellardagi va xalqaro
tashkilotlardagi
vakilligini
ta'minlaydi,
hukumatlararo
shartnomalar va kelishuvlar tuzadi
-
tashqi iqgisodiy faoliyat sohasidagi rahbarlikni amalga oshiradi.
Dostları ilə paylaş: