Nazorat savollari
1.
Tashqi savdo va uning funktsiyalarining mohiyatini va ma'nosini
oching.
2.
Tashqi iqtisodiy faoliyat sub'ektlari va ob'ektlarini sanab o’ting.
3.
Mamlakatning tashqi iqtisodiy kompleksini tavsiflang.
4.
Tashqi iqtisodiy faoliyat shakllari va turlarini sanab o’ting.
24
5.
Tashqi iqtisodiy faoliyat, tashqi iqtisodiy aloqalar tushunchalarini
izohlang.
3-MAVZU. TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI
BOSHQARISH VA TARTIBGA SOLISH
3.1. Tashqi iqtisodiy siyosatning asosiy turlari tavsifi
3.2. O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy siyosatining mohiyati,
qoidalari va maqsadlari
3.3. O’zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarish
organlari tizimi va huquqiy maqomi
Tayanch iboralar: tashqi iqtisodiy siyosat, tashqi iqtisodiy
faoliyat, proteksionizm, erkin savdo, modernizatsiya, globallashuv,
integratsiya
3.1. Tashqi iqtisodiy siyosatning asosiy turlari tavsifi
Davlatning tashqi iqtisodiy siyosati
–
bu o'z salohiyatini (siyosiy,
iqtisodiy, harbiy, ijtimoiy, ekologik va h.k.) mustahkamlash va jahon
iqtisodiyotida samarali ishtirok etish uchun tashqi iqtisodiy aloqalarni
shakllantirish va ulardan foydalanish bo'yicha davlatning maqsadli
faoliyati. Davlatning tashqi iqtisodiy siyosati ko’p jihatdan to'lov
balansining holatiga bog’liq.
Mamlakatning tashqi iqtisodiy siyosati
–
bu mamlakat
iqtisodiyotining jahon bozorida muayyan ustunliklarga erishishga va
ayni paytda ichki bozorni xorijiy tovarlarning raqobatidan himoya
qilishga qaratilgan, barcha tadbirlar tizimini o'z ichiga olgan keng
ko'lamli faoliyat. Bundan kelib chiqadiki, bu davlatning nafaqat tashqi
balki ichki siyosatining eng muhim bo’g’inidir. Aynan ichki siyosat
tashqi iqtisodiy siyosatning samaradorligini belgilaydi.
Tashqi iqtisodiy aloqalarni davlat tomonidan faol tartibga solish
davlat tashqi iqtisodiy siyosatining asosiy maqsadi hisoblanadi.
Tashqi iqtisodiy siyosat keng ma'noda
–
bu jahon iqtisodiyotining
boshqa sub'ektlari (davlatlar, biznes, xalqaro tashkilotlar) bilan
25
iqtisodiy munosabatlarni shakllantirish va tartibga solishga qaratilgan
davlat faoliyati; tor ma’noda tovar va xizmatlarni eksport qilish, xorijiy
investitsiyalarni jalb qilish, kapitalni chet elga olib chiqish, tashqi
kreditlar, xalqaro iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish, boshqa
davlatlarga iqtisodiy yordam ko'rsatish sohasidagi davlat siyosatidir.
Tashqi iqtisodiy siyosatning asosiy tarkibiy qismlari
–
tashqi
savdo siyosati (eksport va import siyosatini o’z ichiga oladi), chet el
investisiyalarini jalb etish va xorijdagi milliy sarmoya qo'yilmalarini
tartibga solish soһasidagi siyosat, valyuta siyosati. Bundan tashqari,
alohida olingan davlatlar va mintaqalar bilan tashqi iqtisodiy
operasiyalarni jo’g’rofiy jiһatdan muvozanatlashtirish vazifalari ham
tashqi iqtisodiy siyosatni hal etadiki, bu hol mamlakatning iqtisodiy
xavfsizligini ta'minlash bilan bog’lig.
Tashqi iqtisodiy siyosat
–
davlatning tashqi iqtisodiy aloqalarini
tartibga solish va ishlab chiqarish omillarining xalqaro taqsimlanishida
mamlakat ishtirokini maqbullashtirish rejimini belgilashga doir bir
maqsadga yo'naltirilgan faoliyatidir.
Tashqi iqtisodiy siyosatni tahlil qilishda nazariyada ham,
amaliyotda ham asosiy ko’rsatkichlar sifatida soha va yo’nalishlar
qo’llaniladi. Davlatning tashqi iqtisodiy siyosatini amalga oshirish
sohalarining eng keng tarqalgan tasnifi bu ularning savdo (tovarlar va
xizmatlar eksporti va importi) va moliyaviy (xorijiy investitsiyalarini
jalb qilish, sarmoyani eksport qilishni nazorat qilish, tashqi kreditlar
berish) sohalarga bo'linishi hisoblanadi. Xalqaro iqtisodiy loyihalarni
amalga oshirish va tashqi iqtisodiy yordam ko'rsatish alohida ko'rib
chiqilishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, tashqi savdo siyosatidan
tashqari, tashqi iqtisodiy siyosat makroiqtisodiy siyosatning uchta
yo'nalishi bo'yicha o'zini namoyon qiladi: pul-kredit, valyuta va fiskal.
Tashqi iqtisodiy siyosatning mazmuni va yo'nalishlari geosiyosiy,
geoiqtisodiy va boshqa omillar majmuiga, shuningdek, milliy
iqtisodiyotni rivojlantirish, mamlakatlarning integratsiyasiga bog’liq.
Tashqi iqtisodiy siyosatning mamlakatning umumiy xalqaro va
ichki siyosati bilan uyg’un aloqasi jahon xo'jaligining murakkab
koordinata tizimida milliy va jahon iqtisodiyotining o'sib borayotgan
o'zaro ta'siri bilan kuchaymoqda. Tashqi iqtisodiy siyosatni
shakllantirishda mamlakatning o'lchami, uning kuch-qudrati va
dunyodagi ta'siri katta ahamiyatga ega. Jahon xo’jaligi aloqalaridagi
yangi tendentsiyalar milliy iqtisodiyotlarni xalqaro miqyosda takror
26
ishlab chiqarish bo’g’inlariga jalb qilishni belgilaydi, bu esa ularni
global iqtisodiy kompleksning tarkibiy qismlariga aylantiradi. Jahon
iqtisodiyoti baynalmilallashuvining yangi bosqichi va xalqaro iqtisodiy
munosabatlar yangi iqtisodiy chegaralarni yaratib, yangi strategik
maqsadlar va integratsiya tuzilmalari sxemalarini shakllantirib
dunyoning siyosiy xaritasini o’zgartiradi. Global iqtisodiy tizimda
ayniqsa moliya-kredit va axborot tuzilmalari alohida o'rin tutadi.
Tashqi iqtisodiy siyosatning yo'nalishlari va shakllari
Tashqi iqtisodiy siyosatning har bir yo'nalishining mazmuni –
ob'ekt va ishlatiladigan vositalarning natijasidir:
•
tashqi savdo siyosati – davlatning tovarlar va xizmatlarni eksport va
import qilish sohasidagi harakatlarini qamrab oladi va bojxona
bojlari, tariflari, tarifsiz cheklovlar (eksport va import kvotalari) kabi
vositalardan foydalanishini, shuningdek, tashqi savdo sohasidagi
moliyaviy operatsiyalarini (eksportni kreditlash, eksport kreditlarini
kafolatlash va b.) nazarda tutadi;
•
pul-kredit siyosati – bu davlatning pul muomalasi va bank tizimini
kreditlash sohasidagi harakatlari bo’lib, narxlarning o'sishini
cheklash va to'lov balansini tenglashtirishga qaratilgan va ochiq
bozor operatsiyalari (moliyaviy bozorlarda davlat qimmatli
qog'ozlarini sotish / sotib olish), minimal zahira normasi, hisob
stavkasi va boshqalar kabi vositalardan foydalanishni nazarda tutadi;
•
valyuta siyosati – valyuta munosabatlari sohasida (shu jumladan,
xalqaro miqyosda) davlat tomonidan amalga oshiriladigan
shuningdek, valyuta kursi rejimi, valyuta zahiralari, valyuta
bozorlaridagi aralashuvlar, valyuta cheklovlari, valyuta nazorati,
valyutani subsidiyalash kabi vositalardan foydalanishni nazarda
tutadigan chora-tadbirlar majmui;
•
fiskal siyosat – davlatning soliqqa tortish va davlat byudjeti
sohasidagi faoliyati, shu jumladan tashqi bozorlarda mahalliy ishlab
chiqaruvchilarning
raqobatbardoshligini
oshirishni
(masalan,
imtiyozli kreditlash va/yoki soliq imtiyozlari hisobidan) va
boshqalarni nazarda tutadi.
Amalda tashqi iqtisodiy siyosatni amalga oshirish yuqorida sanab
o'tilgan yo'nalishlar bo'yicha alohida amalga oshirilmaydi, balki
belgilangan vositalardan foydalanish o'zaro bog'liqdir.
Shu bilan birga, tashqi iqtisodiy sohada davlat tomonidan qanday
vosita qo’llanilmasin, tashqi iqtisodiy chora-tadbirlarni amalga
27
oshirishning faqat ikkita strategiyasi yoki shakllari mavjud:
protektsionizm (masalan: import tovarlarga soliqlar joriy etish va
mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlarga ularni kamaytirish va b.) yoki
erkin iqtisodiy munosabatlar (savdo munosabatlarida, moliyaviy
bozorlarda, mehnat bozorida to'siqlarni kamaytirish yoki bartaraf etish).
Protektsionizmning ijobiy tomonlari mahalliy ishlab chiqarishni
rag'batlantirish va savdo balansini tenglashtirish, ikkinchisi esa
raqobatning o'sishi va ichki bozorda mahsulot turlarini kengayishini o'z
ichiga oladi. Protektsionizmning kamchiliklari, odatda, milliy
iqtisodiyotning samaradorligi va raqobatbardoshligining pasayishi,
tashqi iqtisodiy o'zgarishlarga nisbatan zaiflik hisoblanadi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishning hozirgi
bosqichida davlatlar asosan egiluvchan tashqi iqtisodiy siyosatni
amalga oshirishga intilmoqda. Ya’ni egiluvchan tashqi iqtisodiy siyosat
ikkala strategiya: protektsionizm va tashqi maydonda iqtisodiy
munosabatlarni liberallashtirishning kombinatsiyasini nazarda tutadi.
Balans va ulardan foydalanish darajasi jahon xo’jaligining turli
sektorlarida va jahon bozorlarida yuzaga keladigan kon'yunktura,
shuningdek tashqi iqtisodiy sohada davlatlar tomonidan qo'llaniladigan
chora-tadbirlar va shakllarni optimallashtirishning nazariy vositalari
nuqtai nazaridan belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: |