Nazorat savollari
1.
Fanning predmetini tushuntiring.
2.
Fanning ob'ektlarini ta'riflang.
3.
Fanning boshqa iqtisodiy fanlar bilan aloqasi nimadan iborat?
4.
Fanning tadqiqot usullarini ayting.
18
5.
Statistik guruhlash usulining mazmunini tushuntiring.
6.
Monografik usul nimadan iborat?
7.
Matematik-modellashtirish qanday usul?
8.
Fanning maqsadi va asosiy vazifalari nimalardan iborat?
9.
Fanning mazmuni nimadan iborat?
2-MAVZU. TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNING
NAZARIY, HUQUQIY VA TASHKILIY ASOSLARI
2.1. Tashqi iqtisodiy aloqalar tushunchasi, mohiyati va tasnifi
2.2. O’zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatning huquqiy
bazasi
Tayanch iboralar: tashqi iqtisodiy aloqalar, tashqi iqtisodiy
faoliyat, tashqi iqtisodiy operatsiyalar, tashqi iqtisodiy bitim, xalqaro
mehnat taqsimoti
2.1. Tashqi iqtisodiy aloqalar tushunchasi, mohiyati va tasnifi
Har bir mamlakatning tashqi iqtisodiy faoliyati uning iqtisodiy
o'sishining muhim shartidir. Bu, ayniqsa, xalqaro iqtisodiy integratsiya,
transmilliylashuv, xalqaro mehnat taqsimoti, jahon iqtisodiyotining
globallashuvi sharoitida dolzarbdir.
"Tashqi iqtisodiy aloqalar" va "tashqi iqtisodiy faoliyat»
tushunchalarini farqlash kerak.
Korxonalarning tashqi iqtisodiy faoliyati bu – xalqaro ishlab
chiqarish va ilmiy-texnikaviy hamkorlik, mahsulotlarni eksport va
import qilish, korxonaning tashqi bozorga chiqishi bilan bog'liq
iqtisodiy faoliyat sohasidir. Bu faoliyat mamlakatning tashqi iqtisodiy
aloqalarini amalga oshirishni anglatadi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni uning funktsiyalari kategoriya sifatida
tavsiflaydi:
1) xalqaro iqtisodiy almashinuvni tashkil etish va unga xizmat
ko'rsatish – xalqaro mehnat taqsimoti jarayonida (bundan buyon
19
matnda – XMT deb yuritiladi) olingan mahsulotlarni iste'molchiga
yetkazish;
2) XMT mahsulotlarining iste'mol qiymatini xalqaro e'tirof etish
– tovar-pul munosabatlari harakatining bajarilishi – XMT mahsulotini
pulga almashtirish, natijada almashtirilayotgan mahsulotdagi iste'mol
qiymati xalqaro e'tirofga sazovor bo'ladi;
3) xalqaro pul muomalasini tashkil etish – xalqaro hisob-kitoblar
jarayonida pulning harakati uchun shart-sharoitlar yaratish.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish tashqi iqtisodiy
aloqalarni amalga oshirish shaklida namoyon bo’ladi.
Tashqi iqtisodiy aloqalar – iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida
davlatlar va ularning sub'ektlarining xalqaro hamkorligining turli
shakllarining kompleks tizimi.
Tashqi iqtisodiy aloqalar kategoriya sifatida – davlatlar va
mamlakatlarning iqtisodiy sub'ektlari o'rtasida resurslar harakatida
yuzaga
keladigan
iqtisodiy
munosabatlar
tizimidir.
Ushbu
munosabatlar davlatning iqtisodiy hayotining barcha sohalarini,
birinchi navbatda, ishlab chiqarish, savdo, investitsiya va moliyaviy
sohalarni qamrab oladi.
Binobarin, tashqi iqtisodiy aloqalar bir aniq mamlakatning boshqa
mamlakatlar bilan xalqaro mehnat taqsimoti, fan va ishlab chiqarishni
ixtisoslashtirish hamda boshqa omillarga asoslangan ishlab chiqarish,
savdo, siyosiy va boshqa xil munosabatlaridir.
Tashqi iqtisodiy aloqalar shakli bu aloqaning mavjudligi,
muayyan aloqa mohiyatining tashqi ko’rinishi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatning tuzilmaviy birligi tashqi iqtisodiy
operatsiya hisoblanadi.
Tashqi iqtisodiy operatsiya – savdo, investitsiya yoki boshqa
iqtisodiy bitimlarni tayyorlash, tuzish va amalga oshirish bo'yicha turli
mamlakat kontragentlarining harakatlar majmui.
Tashqi iqtisodiy operatsiyalar quyidagi asosiy yo'nalishlar
bo'yicha amalga oshirilishi mumkin:
1) savdo (eksport-import operatsiyalari, shu jumladan reeksport
va reimport, qarshi savdo operatsiyalari va boshqalar.);
2)
texnologiyalar
transferi
(litsenziya
va
franchayzing
shartnomalari, muhandislik, reinjiniring, konsalting va boshqalar.);
3) investitsiyalar (chet el kapitali ishtirokidagi qo'shma
korxonalar, erkin iqtisodiy zonalar doirasida investitsiyalar).
20
Tashqi iqtisodiy bitim – xorijiy kontragentlar bilan huquqiy
munosabatlarni o'rnatish, o'zgartirish yoki tugatishga qaratilgan
harakatlar.
Tashqi iqtisodiy faoliyat tashqi iqtisodiy aloqalardan farqli
o'laroq, eksport-import bitimlari uchun tovar nomenklaturasini
tanlashda, qiymat va narx belgilashda, etkazib berish hajmi va
muddatini aniqlashda to'liq mustaqil bo'lgan ishlab chiqarish
tuzilmalari (firmalar, tashkilotlar, korxonalar) darajasida amalga
oshiriladi. Tashqi iqtisodiy faoliyatni xo’jalik sub'ektining muayyan
tashqi iqtisodiy funktsiyalari majmuasi sifatida ifodalash mumkin.
Tashqi iqtisodiy faoliyat sub'ektlari
–
xorijiy sheriklar bilan tashqi
iqtisodiy operatsiyalarni mustaqil ravishda amalga oshiradigan xo'jalik
faoliyati sub’ektlari.
Tashqi iqtisodiy faoliyatning moddiy asosi mamlakat,
mintaqaning tashqi iqtisodiy majmuasi hisoblanadi.
Mamlakatning tashqi iqtisodiy majmuasi
–
eksport mahsulotlarini
ishlab chiqaruvchi va sotuvchi, shuningdek import tovarlarini sotib
olib, qayta ishlovchi, tashqi iqtisodiy faoliyatning boshqa shakllarini
amalga oshiruvchi tarmoqlar, tarmoqosti, birlashmalar, korxonalar,
firmalar, kooperativlar, tashkilotlar, hamda tashqi savdo faoliyatini
amalga oshirishga ko’maklashadigan davlat va jamoat tuzilmalari
majmui.
Mamlakatning tashqi iqtisodiy majmuasi bo’g’inlari:
1. Tashqi iqtisodiy faoliyat masalalari bilan shug'ullanuvchi
davlat organlari.
2. Eksport mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi va import
mahsulotlarini iste'mol qiluvchi iqtisodiy komplekslar, tarmoqlar,
kichik tarmoqlar, korxonalar.
3. Eksport-import operatsiyalarini amalga oshiruvchi xo'jalik
yurituvchi subyektlar.
4. Tashqi iqtisodiy faoliyatga ko'maklashuvchi tashkilotlar -
tashqi iqtisodiy faoliyat infratuzilmasi:
-
axborot-maslahat tuzilmalari;
-
kredit-bank tizimi;
-
sug'urta kompaniyalari;
-
tovar bozorlarii;
-
ulgurji vositachilik firmalari;
-
transport va ekspeditsiya xizmatlari.
21
5. Savdo-iqtisodiy masalalar bilan shug'ullanadigan xorijiy
muassasalar.
Dostları ilə paylaş: |