28
obro’-e’tiborini, uning mintaqaviy va xalqaro masalalarda roli va
ahamiyatini mustahkamlab kelmoqda.
O’zbekistonning zamonaviy tashqi siyosati faol, tashabbuskor va
pragmatik tashqi siyosiy kurs olib borishni hamda yuzaga kelayotgan
xavf-xatarlarga o’z vaqtida va adekvat javob choralari orqali yechishni
talab etadigan XXI asrning o’ta shiddat bilan o’zgarib borayotgan
xalqaro-siyosiy voqeliklarini inobatga olgan holda qurilmoqda.
O’zbekiston Respublikasining tashqi siyosatining asosiy
maqsadlari
– bu davlat mustaqilligi
va suverenitetini yanada
mustahkamlashdan,
mamlakatning
xalqaro
munosabatlarning
to’laqonli sub’ekti sifatidagi o’rni va rolini yanada kuchaytirishdan,
hamda milliy va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, mamlakat
iqtisodining barqaror va tez sur’atlar bilan o’sishi, uning ochiq
demokratik davlat qurish yo’lidagi jadal siyosat olib borishi va
rivojlangan davlatlar safidan o’rin olishi uchun eng qulay sharoitlarni
yaratishdan iboratdir.
O’zbekiston o’z tashqi siyosatida quyidagi printsiplarga sodiq
bo’lib qolmoqda:
-
o’zining milliy manfaatlariga asoslangan ochiq,
pragmatik va
puxta o’ylangan tashqi siyosat olib borish;
-
teng huquqlilik va o’zaro manfaatdorlik, suverenitetni, hududiy
yaxlitlikni
hurmat
qilish,
chegaralarning
daxlsizligi
va
davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, munozarali masalalarni
tinch yo’l bilan hal etish, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid
qilmaslik.
Tashqi siyosiy faoliyat kontseptsiyasiga muvofiq, O’zbekiston
Respublikasi davlatning, xalqning oliy manfaatlariga, uning farovonligi
va xavfsizligiga, mamlakatni modernizatsiya
qilishning ustuvor
yo’nalishlariga, amaldagi milliy qonunchilik hamda qabul qilingan
xalqaro majburiyatlarga amal qilgan holda ittifoqlar tuzish,
hamdo’stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirish,
shuningdek ulardan chiqish huquqini o’zida saqlab qoladi.
O’zbekiston tinchliksevar siyosat yuritadi va harbiy-siyosiy
bloklarda ishtirok etmaydi, har qanday davlatlararo tuzilmalar harbiy-
siyosiy blokka aylangan taqdirda, ulardan chiqish huquqini o’zida
saqlab qoladi.
O’zbekiston Respublikasi qo’shni davlatlardagi qurolli
mojarolarga va keskinlik uchoqlariga
tortilishining oldini olish
29
yuzasidan siyosiy, iqtisodiy va boshqa chora-tadbirlarni ko’radi,
shuningdek o’z hududida xorijiy davlatlarning harbiy bazalari va
ob’ektlari joylashtirilishiga yo’l qo’ymaydi.
Konstitutsiyaga, «Mudofaa to’g’risida»gi Qonunga va Harbiy
doktrinaga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari faqat
davlat suvereniteti va mamlakat hududining yaxlitligini, aholining tinch
xayoti va xavfsizligini himoya qilish maqsadida tuziladi hamda
xorijdagi tinchlikparvarlik operatsiyalarida ishtirok etmaydi.
Bugungi kunda O’zbekistonning tashqi siyosatining asosiy
vazifalari quyidagilardan iborat:
-
siyosiy, savdo-iqtisodiy,
madaniy-gumanitar, ilmiy-texnikaviy va
boshqa sohalarda xalqaro hamkorlikni izchillik bilan rivojlantirish;
-
mamlakatimizda olib borilayotgan demokratik islohotlarni hamda
jamiyatni va iqtisodiyotni modernizatsiya qilishning jadal
jarayonlarini samarali amalga oshirish uchun mumkin qadar qulay
tashqi siyosiy shart-sharoitlarni shakllantirish;
-
Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni saqlash hamda
mustahkamlash, mintaqani xavfsizlik va barqaror taraqqiyot
zonasiga aylantirish, Afg’onistonda tinchlik va barqarorlikka
erishishga ko’maklashish;
-
jahonning yetakchi davlatlari va xalqaro tashkilotlar bilan strategik
hamkorlik
qilishning mutanosib, ko’p qirrali tizimini
shakllantirish, mintaqada geosiyosiy muvozanatni saqlab turish,
O’zbekistonning savdo, iqtisodiy, texnologik, transport va boshqa
aloqalarini keng diversifikatsiya qilish;
-
mavjud yoki yuzaga kelayotgan muammolarni o’z vaqtida hal etish
uchun
siyosiy
diplomatik
hamda
xalqaro
huquqiy
mexanizmlardan,
jumladan
preventiv
diplomatiya
chora-
tadbirlaridan foydalanish;
-
O’zbekistonning siyosiy va savdo-iqtisodiy sohadagi ishonchli,
mas’uliyatli sherik sifatidagi xalqaro nufuzini mustahkamlash,
mamlakatimizning tashqi dunyo uchun investitsion,
sayyohlik,
madaniy-tarixiy jozibadorligini kuchaytirish;
-
milliy iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga to’g’ridan-to’g’ri chet
el investitsiyalari va ilg’or texnologiyalarni jalb etish jarayonlarini
kuchaytirish uchun ikki tomonlama va ko’p tomonlama hamkorlik
mexanizmlaridan foydalanish va ularni rivojlantirish;
30
-
O’zbekistonning dunyoning yirik bozorlariga kafolatli chiqishini
ta’minlaydigan
ko’p
muqobilli
transport-kommunikatsiya
yo’laklarining tizimini shakllantirish va rivojlantirish;
-
xorijdagi O’zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik
shaxslarining huquq va manfaatlari
har tomonlama himoya
qilinishini ta’minlash.
Dostları ilə paylaş: