47
Jahon bozori
– xalqaro mehnat taqsimotida ishtirok etish bilan
oʻzaro bogʻlangan mamlakatlar oʻrtasidagi barqaror tovar-pul
munosabatlari tizimi.
Jahon tovar bozorida yuz berayotgan
jarayonlarga ham xalqaro
savdoga ta'sir ko’rsatadigan bir xil omillar ta’sir ko’rsatadi:
-
jahon iqtisodiy aloqalarining globallashuvi;
-
ilmiy-texnik taraqqiyot yutuqlaridan foydalangan holda
ehtiyojlarning yangi tarkibining shakllanishi;
-
davlatlarning tashqi savdo
siyosati;
-
dunyodagi siyosiy jarayonlar;
-
ishlab chiqarish va kapitalning davomiy konsentratsiyasi;
-
integratsion tuzilmalar va xalqaro savdo tashkilotlarining savdo-
iqtisodiy munosabatlarni tartibga solish masalalariga ta'siri.
Jahon bozorlarida kuchayib borayotgan raqobat va jahon narxlari,
talab va taklifning o’zgarishi ta’siri ostida, jahon iqtisodiy aloqalarini
xalqarolashtirish va globallashuvi jahon iqtisodiyotida ro'y berayotgan
jarayonlarga bevosita ta'sir ko'rsatadi: milliy va jahon narxlarining
yaqinlashuviga, tovarlar va xizmatlarni sotishdagi tashqi savdo
to'siqlarini bartaraf etishga, tashqi savdo faoliyatini yuritish qoidalarini
unifikatsiyalashtirishga yordam beradi.
Zamonaviy jahon tovar bozorida mahsulotlarning xilma-xilligi,
sifati va ishonchliligi tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Yangi
axborot texnologiyalarini ishlab chiqarishga keng joriy etish elektron
birjalar (shu jumladan tovar), internet-yetkazib berish kabi yangi savdo
shakllarining paydo bo'lishiga yordam berdi.
Jahon tovar bozorining tuzilmasi hisobiga yangi turdagi
tovarlarning paydo bo’lishi va mavjud bozorlardan mahsulotni sotish
hajmi jadal o'sib borayotgan segmentlarning
ajralishi hisobiga
muntazam o'zgarib turadi. Misol uchun, mashina va uskunalar
bozorining nomenklaturasidan qurilish mashinalari va uskunalarini
ijaraga
olish jahon bozori, qadoqlash uskunalarining jahon bozori va
boshqalar paydo bo’ldi. Tarkibiy qismlaridan biri ilmiy-texnik
mahsulotlar bozori bo'lgan fan sig’imkorligi yuqpori bo’lgan
mahsulotlarning jahon bozori shakllandi.
Fan sig’imkorligi yuqori tovarlar bozori ham o'ziga xos
xususiyatlarga ega. IHTT tasnifiga muvofiq fan sig'imkorligi yuqori
tovarlarga quyidagi to'rtta tarmoqqa tegishli tovarlar kiradi:
aerokosmos, farmasievtika, kompyuter
va ofis jihozlari ishlab
48
chiqarish, kommunikasiyaning elektron vositalari. Fan sig’imkorligi
Dostları ilə paylaş: