41
-
jahon xo’jaligi institutlari – xalqaro
iqtisodiy tashkilotlar va
integration birlashmalar.
Milliy iqtisodiyotlar jahon iqtisodiyotining asosiy sub'ekti
sanaladi. Dunyoda 180 dan ortiq davlat mavjud. Iqtisodiy
rivojlanishning turli ko'rsatkichlariga ega bo'lgan ko'plab davlatlar
orasida muhim xususiyatlarga ko'ra tasniflanadigan
turli mamlakatlar
guruhlarini ajratib ko’rsatiladi.
Transmilliy korporatsiyalar (TMK) – dunyodagi eng yirik
kompaniyalar, faoliyat sohasini xalqaro miqyosda olib boruvchi, ammo
tashkil topgan mamlakatida milliy kapitalga ega hisoblanadi.
XXI asrning boshlarida dunyoda 70 mingga yaqin TMK va 850
ming filiallari bor edi. 50 mingga yaqin bosh-kompaniyalar rivojlangan
mamlakatlarda joylashgan. Jahon ishlab chiqarishining 50% va dunyo
tashqi savdosining 2/3 qismi TMK ulushiga to'g'ri keladi. Birinchi
o'ntalikda turuvchi dunyoning eng yirik
TMK larining kapitallashuvi
bir necha yuz ming dollarni tashkil etadi.
Transmilliy korporatsiyalar mezonlari:
1)
Transmilliy korporatsiyalar faoliyat yuritadigan mamlakatlar soni;
2)
Transmilliy korporatsiyalar ishlab chiqarish quvvatlari joylashgan
mamlakatlar soni;
3)
korporatsiya hajmi;
4)
daromad va sotishdagi xorijiy operatsiyalarning ulushi;
5)
bir necha mamlakatlarda aktsiyalarga ega bo'lish;
6)
xodimlarning xalqaro tarkibi.
Kompaniyaning ma'lumotlariga
asoslanib, transmilliylashuv
indeksi – kompaniyaning xorijiy aktivlarining umumiy aktivlari
hajmiga nisbati o’rtacha qiymati – hisoblab chiqiladi.
Zamonaviy
transmilliy
korporatsiyalarning
xususiyatlari
quyidagilardan iborat:
•
TMK ning yirik o’lchamlari. Ular bir
necha milliard dollarlik
aylanmaga ega yirik sanoat-moliya komplekslari bilan ifodalanadi;
•
TNKning roli. Bu korporativ manfaatlar mujassamlashgan
iqtisodiyot tarmoqlarining muhim ahamiyati bilan belgilanadi.
Bular ilmiy va texnik taraqqiyot bilan bog'liq ilg'or ilmiy-intensiv
qayta
ishlash
tarmoqlari:
avtomobil,
elektron,
kimyo,
farmatsevtika va boshqalar hisoblanadi.
Transmilliy korporatsiyalar rivojlanishida bir nechta bosqichni
ajratib ko’rsatish mumkin:
42
1)
XIX asrning oxiri va Birinchi jahon urushi boshlanishi. Ushbu
davrda rivojlanayotgan mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan
kartellar va sindikatlar ko’paydi va asosan xom ashyo ishlab
chiqarish bilan shug'ullandi;
2)
Birinchi jahon urushi – Ikkinchi jahon urushi oralig’idagi davr.
Ushbu davrda asosan harbiy ehtiyojlarni
qondirish uchun trestlar
hukmron edi;
3)
Ikkinchi jahon urushidan keyin va mustamlakachilik tizimining
parchalanishigacha bo’lgan davr. Ushbu bosqichda zamonaviy
qayta ishlab chiqarish sanoatida
konsern va konglomeratlar
ustunlik qildi;
4)
XX asrning 70-80 yillari va XXI asrning boshlanishi. Ko'p tarmoqli
konsernlar TMKning asosiy shakliga aylanadi.
Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar – bu jahon xo’jaligi institutlari
bo’lib, ularning roli so'nggi o'n yilliklarda ayniqsa oshdi.
Xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning aksariyati nodavlat bo’lib, ular
taxminan 3000 taga yaqin. Ular orasida JST, XVF, OECD va boshqalar
kabi mashhur tashkilotlar mavjud. Tashkilotlarning yana bir guruhi –
davlatlararo, ular 400 ga yaqin. Ular orasida Evropa Ittifoqi, NAFTA,
ASEAN va boshqalar bor.
Dunyoning eng muhim integratsiya birlashmalari – jahon
iqtisodiyoti sub’ektlarini ajratib ko’rsatish mumkin.
Dostları ilə paylaş: