61
tovar savdosining kamida 60% to’g’ri keladi, bu esa mumkin qadar
qulaylik yaratish tamoyilining universallikdan
yiroqda ekanligidan
dalolat beradi.
GATT xalqaro savdoni tartibga solishning yagona maqbul
vositasi sifatida bojxona tariflarini tan oladi, ular esa takroriy (raunddan
bu raundga qarab) kamaytirilmoqda. Hozirgi vaqtda ularning o'rtacha
darajasi 3-5%. Biroq, notarif himoya vositalaridan (kvotalar, eksport va
import litsenziyalari, soliq imtiyozlari) foydalanishga ruxsat beruvchi
istisnolar mavjud. Ularga qishloq xo'jaligi
ishlab chiqarishini,
mintaqaviy rivojlanish va yordam dasturlarini amalga oshirishni
tartibga solish dasturlarini qo’llash holatlarini kiritish mumkin.
GATT savdo erkinligini cheklashga olib kelishi mumkin bo’lgan
harakatlar (qarorlar) yuzaga kelganda bir tomonlama harakatlardan voz
kechish va muzokaralar va maslahat berish foydasiga qaror qabul qilish
tamoyilini o'z ichiga oladi.
GATT o'z qarorlarini ushbu bitimning barcha a’zolari ishtirok
etgan muzokaralar-raundlarda qabul qilgan.
GATT doirasida tashkil
etilgan xalqaro muzokaralar "raundlar" deb nomlangan. (6.2.- jadval)
(6.2.- jadval)
Dostları ilə paylaş: