Nazorat savollari:
1.
Tarif va savdo bo'yicha bosh bitimni (GATT) tashkil etish
zaruriyati nimada?
2.
GATT/JST doirasida amalga oshirilgan muzokaralarda asosiy
e'tibor nimaga qaratilgan?
3.
GATT/JST doirasida amalga oshirilgan muzokaralar bosqichlarini
sanab o’ting.
4.
GATT/JST doirasida amalga oshirilgan muzokaralarning qaysi
bosqichida muhim qarorlar qabul qilingan?
7-MAVZU. TASHQI SAVDO VA UNI BOSHQARISH
7.1. Tashqi savdoning mohiyati, rivojlanish bosqichlari va uning
modellari
7.2. Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning iqtisodiy usullari
7.3. Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning ma'muriy (tarifsiz)
chora-tadbirlari
Tayanch iboralar:
notarif usullar, kvotalash, lisenziyalash,
eksportni ixtiyoriy cheklash, subsidiyalar.
65
7.1. Tashqi savdoning mohiyati, rivojlanish bosqichlari va uning
modellari
Ma’lumki, XVI-XIX asrlar davomida buyuk geografik
kashfiyotlar, sanoat to‘ntarilishi va yaxlit milliy davlatlarning vujudga
kelishi tashqi savdo operatsiyalari hajmi va nomenklaturasini sezilarli
kengayishiga sabab bo‘ldi. Shu sababli ham xalqaro savdo
nazariyalarini o‘rganishga katta e’tibor qaratildi. Klassik siyosiy
iqtisodning asoschilaridan biri A. Smit o‘zining “Xalqlar boyligining
tabiyati va sabablari to‘g‘risida tadqiqotlar” deb nomlangan mashhur
kitobida mamlakatlar o‘rtasidagi savdoning nazariy modelini
yaratishga katta e’tibor qaratadi, mamlakatlar geografik joylashuvining
har xilligi natijasida u yoki bu tovarlarni ishlab chiqarish xarajatlari bir
xil bo‘lmasligi tufayli yuzaga keladigan xalqaro mehnat taqsimoti bu
modelning asosini tashkil etadi.
Buyuk iqtisodchi ilgari surgan tamoyilda ratsional fikrga
tayanuvchi xo‘jalik sub’ektining maqsadga muvofiq muomala
tamoyillari tashqi savdo sohasiga ko‘chiriladi: tadbirkor o‘z
mamlakatidagiga nisbatan past narxda xorijdan tovar sotib olar ekan,
o‘z mamlakatida ma’lum ustunliklar natijasida ishlab chiqarish arzon
tushadigan tovar tayyorlashni maqsad qiladi. Bunday vaziyatda
davlatning xalqaro savdodagi roli eng kam darajaga pasaydi, tovarlar
oqimini esa, bozordagi “ko‘rinmas qo‘l”, ya’ni raqobat belgilaydi.
Shunday qilib, mehnat taqsimoti va mamlakatlarning o‘zlari
mutlaq ustunlikka ega bo‘lgan tovarlarni ishlab chiqarishga
ixtisoslashuvi, keyinchalik, esa, ya’ni ichki ehtiyojlari qondirilgandan
so‘ng, bu tovarlarni boshqa mamlakatlarda kam sarf harajatlarga ega
bo‘lgan tovarlarga ayirboshlash o‘zaro savdo qiluvchi mamlakatlarga
resurslarni tejash hisobiga xarajatlarni qisqartirish imkonini beradi.
Demak, mamlakatlarni kamroq xarajatlar bilan biror bir mahsulot
ishlab chiqarishga ixtisoslashuvi shu mamlakat uchun qo’shimcha
foyda keltiradi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning an’anaviy va eng
rivojlangan ko‘rinishi tashqi savdo hisoblanadi. Xalqaro iqtisodiy
munosabatlar umumiy hajmining 80 % i savdoga to‘g‘ri keladi.
Har qanday mamlakat uchun tashqi savdoning roli nihoyatda
muhimdir. J. Saksning fikricha, “Dunyodagi har qanday davlatning
iqtisodiy muvaffaqiyati tashqi savdoda ko’rinadi. Hozirgi davrgacha
66
hech bir mamlakat jahon iqtisodiy tizimidan ajragan holda, sog‘lom
iqtisodiyot hosil qila olgani yo‘q”
1
.
Tashqi savdo xalqaro mehnat taqsimoti asosida paydo bo‘ladigan
turli davlatlar tovar ishlab chiqaruvchilari o‘rtasidagi aloqalarning bir
shakli bo‘lib, u mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro iqtisodiy bog‘liqlikni
namoyon qiladi.
Mamlakatlar iqtisodiyotidagi axborot texnologiyalar inqilobi
ta’siri ostida ro‘y berayotgan tarkibiy o‘zgarishlar, sanoat ishlab
chiqarishining ixtisoslashuvi va birlashuvi (kooperatsiya) milliy
xo‘jaliklarning o‘zaro hamkorligini kuchaytirmoqda. Bu esa, xalqaro
savdoning faollashuviga imkon yaratmoqda. Shu bilan birga xalqaro
savdo ishlab chiqarishga nisbatan, tezroq o‘smoqda. Tashqi savdo
aylanmasini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, jahonda ishlab chiqarish 10
% ga ko‘payganda jahon savdosi 25-30 % ga o‘sib borayotganini
kuzatish mumkin
2
.
“Tashqi savdo” deganda bir mamlakatning boshqa mamlakat
bilan haq to‘lanadigan olib kirish, ya’ni, import va haq to‘lanadigan olib
chiqish, ya’ni, eksportdan iborat savdosi nazarda tutiladi.
Tashqi savdo faoliyati tovar ixtisoslashuviga ko‘ra tayyor
mahsulotlar savdosi, mashina va uskunalar savdosi, xom-ashyo savdosi
va xizmatlar savdosiga bo‘linadi.
Dunyodagi barcha mamlakatlarning haq to‘lanadigan tovar
aylanmasining yig‘indisi xalqaro savdo deb ataladi.
Tashqi savdo tushunchasining tor doiradagi ma’nosi ham mavjud
bo’lib, masalan, sanoati rivojlangan mamlakatlarning tovar aylanmasi
yig’indisi, rivojlanayotgan va qoloq mamlakatlar tovar aylanmasi
yig’indisi va h.k.
Barcha davlatlar oldida tashqi savdo bo’yicha o’z milliy siyosatini
tanlash muammosi yuzaga keladi va bu mavzudagi tortishuvlar ikki asr
mobaynida davom etib kelmoqda.
Jahon
xo‘jalik
tizimida
globallashuv
jarayonlarining
chuqurlashuvi natijasida milliy iqtisodiyotlarning bir-biriga bog‘liqligi
ortib, tashqi iqtisodiy faoliyat barqaror iqtisodiy o‘sishni
ta’minlashning muhim omiliga aylanib bormoqda. Bunday sharoitda
1
Международная экономика - Алексей Киреев, часть - I, Москва, 2000 г. – 325 с.
2
Trade and Development Report, 2008, UN ва UNCTAD Handbook of Statistics, 2008 уil
ma’lumotlari.
67
alohida olingan mamlakat faqat o‘z ichki imkoniyatlariga tayanib
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotda biror bir jiddiy natijalarga erishishi
mushkul hisoblanadi.
Garchi so‘nggi yillarda xalqaro iqtisodiy aloqalarda tovar
eksportiga nisbatan investisiyalarni bevosita xorijga chiqarish yuqori
sur’atlarda o‘sayotgan bo‘lsa-da, jami jahon xo‘jalik aloqalarining 4/5
qismi xalqaro savdo hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu, eng avvalo, xalqaro
savdoning milliy iqtisodiyotdagi ahamiyati va xalqaro iqtisodiy
aloqalardagi o‘rni bilan izohlanadi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy iqtisodiyot rivojlanishiga quyidagi
yo‘nalishlarda ta’sir ko‘rsatadi:
-
milliy iqtisodiyotning resurslar bazasi kengayadi;
-
milliy xo‘jaliklarda takror ishlab chiqarish jarayonlari
intensivlashadi: ommaviy ishlab chiqarishni tashkil etish uchun
imkoniyat yuzaga keladi, uskunalarning yuklanganlik darajasi
oshadi, yangi texnika va texnologiyalarni joriy etish samaradorligi
o‘sadi;
-
jamg‘arish va sanoatlashuv imkoniyatlari kengayadi, iqtisodiy
o‘sish sur’atlari jadallashadi, tabiiy va mehnat resurslaridan
foydalanish samaradorligi oshadi, pirovard natijada mehnat
unumdorligining o‘sishi yuz berib, kishilar daromadlari ko‘payadi;
-
eksport hajmining o‘sishi yangi ish o‘rinlarining barpo etilishiga
olib keladi;
-
mamlakatning xalqaro ixtisoslashuv darajasi ortadi va h.k.
Xalqaro savdoning xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida tutgan
o‘rni esa quyidagilar bilan belgilanadi:
Dostları ilə paylaş: |